“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 29 2024, 18:42
ЎЗO‘Z

Jek Ma bokschi Floyd Meyvezerni jangga chaqirdi

31 okt, 06:00 2 281 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Jek Ma bokschi Floyd Meyvezerni jangga chaqirdi Maning bu taklifi bildirilgan video filippinlik bokschi Menni Pakyaoning tvitterdagi sahifasida joylashtirilgan. Rolikda Ma Pakyao bilan birga boks zarbalarini mashq qilayotgani, so‘ngra filippinlik Meyvezerga yuzlanib, “Agar haqiqiy jangni istasang men bilan jang qil. Agar tomoshani istasang – do‘stim Jek Ma sen haqingda qayg‘uradi”, deb murojaat qilgan. Pakyao Meyvezerning The Money Team (Money - “pul” amerikalikning laqablaridan biri hisoblanadi) brendiga so‘z o‘yini qilib, “Mennining haqiqiy jamoasi” (The Real Manny Team) deb qo‘shib qo‘ygan.

Ma bunga javoban Meyvezer bilan jang qilishga tayyorligini tasdiqlagan. “Istalgan joyda, istalgan vaqtda”. Menni jamoasi tayyor”, deb aytgan milliarder.
Ta’kidlanishicha, ushbu video xitoylik milliarderning Xanchjoudagi uyida olingan.

Floyd Meyvezer o‘z faoliyatida o‘tkazgan 50 jangdan birortasida mag‘lub bo‘lmagan. U bir necha marotaba dunyoning eng katta haq oluvchi sportchilari reytingiga yetakchilik qilgan. Amerikalik sportchi 2017 yilda faoliyatini yakunlagan bo‘lsa-da, ba’zida tijoriy janglarda ishtirok etib turadi.

Pakyao esa bokschilik faoliyatini davom ettirmoqda va shu bilan birga o‘z davlati senatining sport bo‘yicha qo‘mitasiga boshchilik qilmoqda. U 2015 yilda Meyvezer bilan jang o‘tkazib, hakamlar qaroriga ko‘ra mag‘lub deb topilgan.

Ma ayni vaqtda 37,3 mlrd dollarlik boylik bilan Xitoyning eng boy odami hisoblanadi hamda dunyoning eng boy odamlari orasida 21-o‘rinni egallamoqda. U sentyabrda Alibaba Group kompaniyasi direktor kengashi raisi lavozimini o‘z ixtiyori bilan tark etgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Kanada maktablari ijtimoiy media gigantlarini sudga berdi 29 mar, 18:28 0
  • Tojikistonda «Krokus» hujumchilari bilan aloqadorlikda gumonlangan 9 kishi qo‘lga olindi 29 mar, 17:17 33
  • Olimlar qashshoqlik miyaning tez qarishiga sabab bo‘lishini aniqladilar 29 mar, 16:53 14
  • ISHID o‘z tarafdorlarini Isroilda hujumlar uyushtirishga chaqirdi 29 mar, 16:30 99
  • Rossiyada «Krokus»dagi terakt haqida izohlar uchun qo‘lga olishlar boshlandi 29 mar, 16:03 174
  • Xalqaro sud Isroilga majburiyat yukladi 29 mar, 15:40 57
  • So'nggi yangiliklar
  • Bosqinchilik va odam o‘g‘irlash bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lga olindi 29 mar, 17:37 13
  • Tojikistonda «Krokus» hujumchilari bilan aloqadorlikda gumonlangan 9 kishi qo‘lga olindi 29 mar, 17:17 33
  • Olimlar qashshoqlik miyaning tez qarishiga sabab bo‘lishini aniqladilar 29 mar, 16:53 14
  • ISHID o‘z tarafdorlarini Isroilda hujumlar uyushtirishga chaqirdi 29 mar, 16:30 99
  • Rossiyada «Krokus»dagi terakt haqida izohlar uchun qo‘lga olishlar boshlandi 29 mar, 16:03 174
  • Xalqaro sud Isroilga majburiyat yukladi 29 mar, 15:40 57
  • Fransiya razvedkasi markaziy osiyoliklarni kuzatishni kuchaytirmoqda 29 mar, 15:15 102
  • Putinning atrofidagilar Ukrainaning «Krokus»dagi teraktga aloqadorligiga ishonmayapti 29 mar, 14:48 174
  • O‘zbekiston — Gongkong futbol uchrashuvidan so‘ng uch kishiga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi 29 mar, 14:22 117
  • Hibsdan vaqtincha ozod etilgan Dani Alves tonggacha ziyofat uyushtirdi 29 mar, 14:01 168
  • Toshkentda xavfli holat sodir etib, qarama-qarshi harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 29 mar, 13:30 45
  • Muzliklarning erishi Yerning aylanish tezligini o‘zgartirmoqda 29 mar, 13:06 206
  • Bo‘limlar