“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 20 2024, 09:57
ЎЗO‘Z

Milliy gvardiya xodimlari ko‘prikdan o‘zini tashlagan yigitni qutqarishdi

29 okt, 21:53 3 648 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Milliy gvardiya xodimlari ko‘prikdan o‘zini tashlagan yigitni qutqarishdi Foto: @milliygvardiyauz_official
Milliy gvardiya Qo‘riqlash xizmati xodimlarining sergakligi tufayli bir insonning hayoti saqlab qolindi.

Joriy yilning 28 oktyabr kuni soat taxminan 15:30 larda Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida xizmat olib borayotgan O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Toshkent viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi xodimlari ushbu hududda joylashgan Chorbog‘-1 ko‘prigida noma’lum erkak kishi ko‘prik o‘rtasiga borganida harakatdan to‘xtab daryoga yuzlangani guvohi bo‘lishgan. Bu vaziyatdan shubhalangan xodimlar tezda fuqaro tomon harakatlanib, to‘xtatishlariga qaramay, fuqaro o‘zini ko‘prikdan suvga tashlagan.

Safdorlar I.Nosirov va B.Mirzaabdullayevlar zudlik bilan fuqaroni suvdan olib chiqib, unga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishgan. Hozirda ushbu fuqaro «chap oyoq suyagi yopiq sinishi» tashxisi bilan Bo‘stonliq tumani markaziy kasalxonasiga yotqizilgan.

Dastlabki surishtiruv ishlari davomida o‘zini suvga tashlagan shaxs Toshkent shahri Bektemir tumanida yashovchi 1999 yilda tug‘ilgan fuqaro G.R. ekanligi aniqlangan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda xorijga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi 20 apr, 08:26 0
  • Ziroat Mirziyoyeva Farg‘onada maktab-internat o‘quvchilari bilan uchrashdi 19 apr, 20:36 72
  • Mijozning sochini uning xohishiga zid tarzda kalga olib tashlagan sartarosh 10 sutkaga qamaldi 19 apr, 20:29 263
  • Toshkentda bolalarning qo‘liga igna va “samorez” sanchgan o‘qituvchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi 19 apr, 16:48 101
  • Futzal. O‘zbekistonda o‘tadigan jahon chempionatining mezbon shaharlari bilan tanishing (video) 19 apr, 16:32 237
  • Toshkent viloyatida jahl ustida mijozining sochini kalga olib tashlagan sartarosh uzr so‘radi (video) 19 apr, 16:09 227
  • So'nggi yangiliklar
  • “Yuventus” himoyasini titratib tashlagan Shomurodovning o‘yini qanday baholandi? 20 apr, 08:49 0
  • Toshkentda xorijga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi 20 apr, 08:26 0
  • Neymar ijtimoiy tarmoqlarda Mbappeni haqorat qildi 20 apr, 08:13 0
  • Osiyo Kubogi. O‘zbekiston futzal terma jamoasi Iroqni yirik hisobda mag‘lub etdi (video) 20 apr, 07:57 0
  • Pokistonda qurolli hujum oqibatida “Tolibon” yetakchisiga yaqin shaxs o‘ldirildi 20 apr, 07:30 18
  • AQSH Xitoyni Ukrainadagi urushni bilvosita avj oldirayotganlikda aybladi 20 apr, 07:00 25
  • Rossiyaning o‘ndan ortiq mintaqasida migrantlarning ayrim sohalarda ishlashi taqiqlandi 20 apr, 06:30 49
  • Armaniston chegara delimitatsiyasi natijasida 4 qishloqni Ozarboyjonga qaytardi 20 apr, 06:00 43
  • Janni Infantino: "Bu buyuk mamlakat – O‘zbekistondagi birinchi FIFA turniri bo‘ladi" 20 apr, 02:02 115
  • Abbosbek Fayzullayevning qachon Qatarga borishi aniq bo‘ldi! 20 apr, 01:59 202
  • A Seriya. Dastlab ikkita gol urgan "Kalyari" yakunda "Yuventus" bilan durang qayd etdi 20 apr, 01:52 264
  • Shomurodov kutilmagan ishga qo‘l urdi 20 apr, 01:16 517
  • Bo‘limlar