“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 23 2024, 21:47
ЎЗO‘Z

Bitiruvchilari oliy o‘quv yurtiga kira olmagan maktablar attestatsiya va akkreditatsiyadan o‘tkaziladi

27 okt, 18:21 3 026 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Bitiruvchilari oliy o‘quv yurtiga kira olmagan maktablar attestatsiya va akkreditatsiyadan o‘tkaziladi Poytaxtdagi 238-umumta’lim maktabida «Umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan o‘tkazish – ta’lim sifatini oshirishning muhim omili» mavzusida Respublika seminari o‘tkazildi. Seminar Xalq ta’limi vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi hamkorligida tashkil etildi.

Mazkur tadbirda Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov, Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘i Ulug‘bek Tashkenbayev, vazirlikning tegishli boshqarma hamda hududiy bo‘lim boshliqlari, shuningdek soha vakillari ishtirok etdi.

Seminarda asosiy e’tibor umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ta’lim sifatini oshirish masalasiga qaratildi.

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov bugungi kunga qadar umumta’lim maktablari faoliyatini baholash bo‘yicha yaxlit samarali tizim bo‘lmaganini, attestatsiyadan o‘tkazish jarayonini qog‘ozbozlikdan holi va adolatli ko‘rinishda tashkil etish lozimligini ta’kidladi.

Shuningdek, tadbirda YuNISEF ekspertlari bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalar haqida ma’lumot berildi.
Jumladan, kelgusida jahon tajribasidan kelib chiqib, muassasalarining bevosita o‘zini o‘zi baholashda ishtirok etishi aytib o‘tildi.

Sho‘’ba yig‘ilishlarida mutaxassislar tomonidan ta’lim muassasalarini ichki va tashqi attestatsiyadan o‘tkazish tartiblari muhokama qilindi.
Kelgusi o‘quv yilida bitiruvchilari oliy o‘quv yurtlariga kira olmagan 2,1 mingdan ziyod ta’lim muassasalari attestatsiya va akkreditatsiyadan o‘tkazilishi qayd etildi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Mutaxassis Toshkent havosini ifloslantiruvchi asosiy manbalar nima ekanini aytib o‘tdi 23 apr, 21:21 0
  • Bayonot: radar bo‘yicha yangilik noto‘g‘ri talqin qilinmoqda 23 apr, 20:38 1
  • Boysundagi ayanchli YTHda ayollar va bolalar halok bo‘ldi 23 apr, 20:18 1
  • Sudya iqrori: “Nikohni bekor qilish ishi odamni bezdiradi, ammo hayotning haqiqatlari oldida jimman” 23 apr, 19:33 7
  • Farg‘onada alimentdan qochgan ota quduqdan topildi 23 apr, 19:14 30
  • Andijonda bolalar aravachasiga yashirilgan minglab qo‘rg‘oshin o‘qlari to‘xtatib qolindi 23 apr, 18:32 43
  • So'nggi yangiliklar
  • Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi 23 apr, 20:53 0
  • Bayonot: radar bo‘yicha yangilik noto‘g‘ri talqin qilinmoqda 23 apr, 20:38 0
  • Boysundagi ayanchli YTHda ayollar va bolalar halok bo‘ldi 23 apr, 20:18 1
  • Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi» 23 apr, 20:00 2
  • Sudya iqrori: “Nikohni bekor qilish ishi odamni bezdiradi, ammo hayotning haqiqatlari oldida jimman” 23 apr, 19:33 6
  • Farg‘onada alimentdan qochgan ota quduqdan topildi 23 apr, 19:14 30
  • SSKA afsonasi Akinfeyev Fayzullayevga nega tanbeh berdi? 23 apr, 18:58 117
  • Andijonda bolalar aravachasiga yashirilgan minglab qo‘rg‘oshin o‘qlari to‘xtatib qolindi 23 apr, 18:32 41
  • Xitoyda poraxo‘r amaldorlarni qidirish bo‘yicha “Tulki ovi” operatsiyasi boshlandi 23 apr, 18:29 61
  • Botir Qodirov Shohjahon va Zohirshoh Jo‘rayevlarni nima uchun sudga bergani ma’lum bo‘ldi 23 apr, 18:26 150
  • Uzcard va Humo terminallari integratsiyasi test rejimida ishga tushirildi 23 apr, 16:31 45
  • O‘zbekiston va Britaniya TIV rahbarlari hamkorlik to‘g‘risida ikkita hujjat imzoladi 23 apr, 16:00 30
  • Bo‘limlar