“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2024, 12:58
ЎЗO‘Z

Aql tishini nima uchun oldirish kerak?

23 okt, 17:47 5 551 ---
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Aql tishini nima uchun oldirish kerak? Foto: «Dentarus.com»
Aql tishi — «sakkizlik» qatoridagi sakkizinchi tish. Bizda ular 4 ta bo‘lib, 18 — 25 yoshlarda milklarni yorib chiqadi. Ba’zida umuman paydo bo‘lmasligi yoki yarmi chiqishi ham mumkin. Aql tishini nima uchun oldirish kerak degan savolga «Rambler» javob berdi.

Qariyb 80 foiz holatda aql tishlari yorib chiqqanda yiringli-yallig‘lanuvchi asoratga sabab bo‘ladi: bu inson hayoti uchun xavfli. Yorib chiqayotgan tish ustida shilliq qavatlardan iborat o‘ziga xos «kapyushon» paydo bo‘ladi: u yerda tish karashi va ovqat qoldiqlari to‘planib qoladi. Oqibatda eng xavfli yallig‘lanishlardan biri — perikoronit kelib chiqadi. Milkingizni kestirishingiz (kapyushonning shilliq qavatini kesib olish tashlashingiz) mumkin, biroq u tezda tiklanadi va davolash qiyinlashadi.

Aql tishi yorib chiqqach, noxush hislar paydo bo‘lgan zahoti stomatologga murojaat qiling: u rentgen qilib, tishni oldirishga zarurat bor-yo‘qligiga aniqlik kiritadi.

Agar «sakkizlik» noto‘g‘ri joylashgan bo‘lsa, qo‘shni tishlarga zarar yetkazadi: ularni markazga siljitadi. Buning oqibatida esa tishlam buzilib, tish qatori deformatsiyaga uchraydi.

Ko‘pincha aql tishlari qatordagi anomal anatomik holatga ega bo‘lib, tomoq, tish va lunjga tomon noto‘g‘ri o‘sa boshlaydi. Natijada og‘iz bo‘shlig‘i zararlanadi. Muntazam shikastlanishlardan paydo bo‘lgan yaralar tuzalishga ulgurmaydi va buning oqibatida surunkali shilliq qavat jarohatlari kelib chiqadi.

Hatto aql tishlari tekislanishi ham ularni oldirmaslik kerakligini anglatmaydi. Sakkizlik joylashuvi ularni yaxshilab tozalashga yo‘l qo‘ymaydi: ular chaynash jarayonida qatnashmaydi va ovqat qoldiqlari ularning atrofida yig‘iladi. Oqibatda bu kariyesni keltirib chiqaradi. Agar aql tishini oldirmaslikka qaror qilgan bo‘lsangiz, muntazam stomatologga ko‘rinib, u yerda kariyes bor-yo‘qligini tekshirib turing. Dard boshqa tishlarga ham tarqalishi mumkin.

Manba: Xabar.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Organizmda tromb hosil bo‘lganining 10 ta belgisi 24 apr, 07:22 168
  • Quruq yo‘talni yumshatishda yordam beradigan uchta xalqona usul 22 apr, 15:13 132
  • Qaysi odatlar saraton rivojlanishiga olib kelishi mumkin? 21 apr, 12:27 205
  • Nima uchun ba’zida vazn yo‘qotish haqidagi maqtovlar haqoratomuz deb qabul qilinadi? 20 apr, 23:08 58
  • Doimiy quloq bitishi va bosh og‘rig‘i nimadan dalolat beradi? 20 apr, 18:13 104
  • Sutni me’yordan ortiq iste’mol qilish yurak xurujiga sabab bo‘lishi mumkin 20 apr, 12:05 59
  • So'nggi yangiliklar
  • Toshkentda qalbaki 70 ming dollarning muomalaga kiritilishiga chek qo‘yildi 24 apr, 12:00 1
  • CNN: AQSHning Ukrainaga yangi harbiy yordami Yevropadagi omborlarda turibdi 24 apr, 11:33 1
  • Latviya O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha grant loyihasini boshlaydi 24 apr, 11:11 1
  • Erdo‘g‘on Isroil bosh vaziri Netanyaxuni Gitlerga qiyosladi 24 apr, 10:46 20
  • Devid Kemeron O‘zbekistonga nima maqsadda kelganini aytdi 24 apr, 10:23 61
  • Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi 24 apr, 10:02 33
  • Osiyo kubogi U23. O‘zbekiston chorakfinalga guruh peshqadami sifatida yo‘l oldi 24 apr, 09:37 55
  • Eshkak eshuvchilar Parij Olimpiadasiga 5 ta litsenziya qo‘lga kiritishdi 24 apr, 09:09 23
  • Rossiya mudofaa vazirining pora olgani aytilayotgan o‘rinbosari aslida kim? 24 apr, 08:40 273
  • Ogohlantirishning yangi rangli shkalasi taqdim etildi 24 apr, 08:13 24
  • Rossiya mudofaa vazirining o‘rinbosari hibsga olindi 24 apr, 07:50 172
  • Organizmda tromb hosil bo‘lganining 10 ta belgisi 24 apr, 07:22 168
  • Bo‘limlar