“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 20 2024, 08:12
ЎЗO‘Z

Ijobat bo‘ladigan duo qanday bo‘ladi?

23 okt, 13:53 13 756 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ijobat bo‘ladigan duo qanday bo‘ladi? “Aslo yomon niyat qilmayman. Lekin istaganim hech qachon ro‘yobga chiqmaydi. Men ham istayman, atrofimdagilarning istagani bo‘ladi, mening istaganim bo‘lmaydi. Men ham faqat yaxshi niyat qilaman, yaxshi narsalarni o‘ylayman. Ko‘pdan beri so‘rayman, istayman, kutaman, lekin hech narsa o‘zgarmaydi! Endi istash, umid qilishning ma’nosi qolmadi. Duo qilganda ham ijobat bo‘lishiga ishonmayman. Chunki, ishonchim qolmadi. Hech narsa qilishni istamayman, baribir biror nimaga erisholmayman”…

Bu kabi savollarga ko‘p duch kelamiz. Umumiy javob qilishni ma’qul ko‘rdik.

Orzularingiz nima uchun ro‘yobga chiqmaganini haqida savolning javobi ichingizda. Maqsadga eltuvchi yo‘l (albatta, oqilona maqsad nazarda tutilyapti) chin ko‘ngildan duo qilib, maqsad uchun aql va azm bilan harakat qilishga bog‘liq.

Qachon insonning istagani amalga oshmaydi, qachonki, keragini bajarmasa, o‘z o‘rnida, aql, basirat, qat’iy harakat va duo bilan xayrli narsalarni so‘ray olmasa. Bularning barchasi ilm va farosatga taqaladi. Alloh ojiz qilib qo‘ygan mazlum boladek bo‘lmasak, yotgan joyimizda yig‘lash bilan hech narsa o‘zgarmaydi.

Atrofingizdagi istagan narsasiga erishayotganlar, agar imtihon sababli o‘tkinchi bir yutuq bo‘lmasa, mutlaqo o‘z harakati va ilmi bilan istaganlariga erishyapti. Bizdan talab etiladigani “Nega menda bo‘lmayapti?!” deb emas, “Men qayerda xato qilyapman” deya xatti-harakatlarimiz va duolarimizga diqqat qilishimizdir. Buning sababini Allohdan izlaganning ikki dunyosi zulmat bo‘ladi. Alloh insonga faqat harakatlariga yarasha olishini buyurgan. Mening hayotimda ham juda istasam-da, erisholmaganim bir dunyo orzularim bor.

Ishonchim komilki, sizning istaganingizdan ham ko‘p ular. Butun dunyoga xitob qilganim, lekin kuchim yetmagan, ojiz qolganim istaklar. Bo‘lmaydi, chunki harakatimda yetarli qobiliyatim yo‘q. Moddiy jihatdan imkoniyatim yo‘q, qalban ko‘rish farosatim, qat’iy harkatim, o‘zimni majburlashim yo‘q. Alloh sabablarga o‘z o‘rnida bosh urgan bandalariga munosibi bilan javob beradi. Shunday ekan, nega bu ishlar bo‘lmayapti, degan savollarga bosh qotirish bilan vaqtni yo‘qotmaslik kerak.

Inson avval erishganlariga qanoat qilib shukr va sabrni o‘rganishi kerak. Keyin bir necha qadam oldinga yurish uchun “Mening maqsadlarim nima? Bularni qanday aniqlashtiraman? Maqsadlarimga erishishning oqilona yo‘llari nima? Qilishim kerak bo‘lgan ishlarni bajarishdan qo‘rqsam ham, qo‘rquvimni qanday yengaman?” deya o‘ylamog‘i va shunga qarab harakat qilmog‘i lozim. Boshqalar haftada bir nechta kitob o‘qirkan, biz yilda bir-ikkita kitob o‘qishga erinishimiz, o‘qisak ham ishqiy sarguzashtlar tasvirlangan kitoblar bilan kifoyalanishimiz bugungi kundagi eng katta muammoimiz.

Hech kim o‘tirgan joyida istar-istamas harakat qilish bilan yaxshi natijaga erishishni umid qilmasin. Vaqtini behuda televizor tomoshasi bilan o‘tkazadigan, keragidan ortiq uyqu bilan ovunadigan odam “Nega men hech narsaga erishmayman” demasin. Bunday savolni berish uchun inson avvalo har bir soniyasidan oqilona va ehtiyotkorlik bilan foydalangan bo‘lishi kerak.
Tarjimon: Umida Adizova

Manba: Azon.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ozish uchun nonushtaning uchta oltin qoidasi 19 apr, 21:00 78
  • Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi 18 apr, 12:22 243
  • Yulduzlar parhezi: tez ozdiradigan uchta ziravor 17 apr, 17:00 134
  • Qulupnayning siz bilmagan 10 ta foydali xususiyati 17 apr, 07:41 153
  • Buni eng irodasizlar ham eplay oladi: Allen Karrning chekishni tashlashda yordam beruvchi “Kashandalikdan qutulishning oson yo‘li” kitobi o‘zbek tilida chop etildi 17 apr, 05:30 128
  • Olimlar keksalikda ham aql-idrokni saqlab qolishning oddiy usullarini aniqladi 16 apr, 21:24 134
  • So'nggi yangiliklar
  • Osiyo Kubogi. O‘zbekiston futzal terma jamoasi Iroqni yirik hisobda mag‘lub etdi (video) 20 apr, 07:57 0
  • Pokistonda qurolli hujum oqibatida “Tolibon” yetakchisiga yaqin shaxs o‘ldirildi 20 apr, 07:30 18
  • AQSH Xitoyni Ukrainadagi urushni bilvosita avj oldirayotganlikda aybladi 20 apr, 07:00 24
  • Rossiyaning o‘ndan ortiq mintaqasida migrantlarning ayrim sohalarda ishlashi taqiqlandi 20 apr, 06:30 49
  • Armaniston chegara delimitatsiyasi natijasida 4 qishloqni Ozarboyjonga qaytardi 20 apr, 06:00 42
  • Janni Infantino: "Bu buyuk mamlakat – O‘zbekistondagi birinchi FIFA turniri bo‘ladi" 20 apr, 02:02 115
  • Abbosbek Fayzullayevning qachon Qatarga borishi aniq bo‘ldi! 20 apr, 01:59 202
  • A Seriya. Dastlab ikkita gol urgan "Kalyari" yakunda "Yuventus" bilan durang qayd etdi 20 apr, 01:52 264
  • Shomurodov kutilmagan ishga qo‘l urdi 20 apr, 01:16 516
  • Chasiv Yar ham xavf ostida. Bu shaharni yo‘qotmaslik Ukraina uchun nega bunchalik muhim? 19 apr, 23:23 267
  • Qirg‘iziston hukumati O‘zbekiston hududida joylashgan Barak eksklavi aholisini ko‘chirishni yakunladi 19 apr, 22:56 334
  • Germaniya va Polsha aviakompaniyalari Tel-Avivga reyslarni bekor qildi 19 apr, 22:30 62
  • Bo‘limlar