“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 20 2024, 07:30
ЎЗO‘Z

Oliy Majlis deputati: “Toshkentga ishlagani kelgan viloyatliklar topgan pulini faqat jarimalarni to‘lashga sarflashmoqda”

23 okt, 12:12 3 200 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Oliy Majlis deputati: “Toshkentga ishlagani kelgan viloyatliklar topgan pulini faqat jarimalarni to‘lashga sarflashmoqda” 22 oktyabr kuni parlament quyi palatasining navbatdagi majlisida O‘zbekiston ijtimoiy-siyosiy hayotiga doir bir qator qonun loyihalari muhokama qilindi.

Jumladan, «Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida»gi qonun loyihasi deputatlar o‘rtasida turli bahs-munozaralarni keltirib chiqardi, deb xabar berdi Kun.uz nashri.

Deputat Rasul Kusherbayev fikricha, qonun loyihasida aholini ish bilan ta’minlashdagi hozirgi real muammolar to‘la aks etmagan. Shu bois u Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Husanovga ayrim fikrlar bilan murojaat qildi.

«Janob vazir, 12 sentyabr kuni nomzodingizni Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri lavozimiga ma’qullashdan avval sizga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 223-moddasi (Pasport tizimi qoidalarini buzish-tah.) bo‘yicha joylarda juda ko‘p muammolar yig‘ilib qolgani, bu yo‘nalishda aholining davlatga va qonunlarga bo‘lgan salbiy fikri saqlanib qolayotgani hamda endilikda mavjud holatni yaxshilash uchun nima ish qilmoqchisiz, deya savol bergandim.

Siz esa vazirlikda qiladigan birinchi ishingiz shu yo‘nalishda bo‘lishini aytgandingiz.
Mana, aholini ish bilan ta’minlash yo‘nalishida yangi qonun qabul qilinmoqda, lekin unda holatni tuzatish maqsadida yozilgan biror jumlani topolmadim.

Qaytaraman, har kuni aynan shu modda asos qilinib, respublikaning turli hududlaridan Toshkentga ish izlab kelgan yuzlab kishilar avtobuslarni to‘ldirib IIB bo‘limlariga olib kelinadi va jarimaga tortiladi. Ular ishlagan pulini faqat jarimalarni to‘lashga sarflashmoqda.

Biz ular uchun amal qilish deyarli imkonsiz bo‘lgan qonunlarni yaratib qo‘yganmiz. Tasavvur qiling, Toshkentga ish izlab kelgan fuqaro turar-joy topishi, ma’lum to‘lovlar evaziga ro‘yxatdan o‘tishi kerak. Ro‘yxatdan o‘tishning o‘zi uchun esa qanchadan-qancha hujjat to‘ldiradi.

Biz bir hududdan ikkinchi hududga ishlash maqsadida ko‘chib o‘tayotgan fuqarolar uchun yangi, yengilroq tizim qilishimiz kerak, bizga yangi yechim kerak», – dedi Rasul Kusherbayev.

Deputatning qo‘shimcha qilishicha, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 223-moddasi – fuqarolarning erkinliklarini cheklash bilan birga, korrupsiyaga keng yo‘l ochib, yangidan-yangi qonunbuzarliklarga huquqiy asos bo‘lib qolmoqda.

«Ayrimlar bu moddaning buzilishi va undan keladigan jarima tushumlaridan manfaatdor bo‘lishi mumkin.

Janob vazir, agar haqiqatda odamlarni o‘ylasangiz, ikkala vazirlik (Ichki ishlar vazirligi nazarda tutilmoqda-tah.) eng avvalo shu masalaga yechim toping», – deb ta’kidladi Kusherbayev.

Uning so‘zlarini diqqat bilan eshitgan Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Husanov bu masalaning bugun muhokamaga qo‘yilgan «Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida»gi qonun bilan emas, boshqa bir qonun orqali tartibga solinishi kerakligini bildirdi.

Qonun loyihasi uchinchi o‘qishdan keyin ko‘pchilik deputatlar ovoziga ko‘ra qabul qilindi va ma’qullash uchun Senatga yuboriladigan bo‘ldi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ziroat Mirziyoyeva Farg‘onada maktab-internat o‘quvchilari bilan uchrashdi 19 apr, 20:36 70
  • Mijozning sochini uning xohishiga zid tarzda kalga olib tashlagan sartarosh 10 sutkaga qamaldi 19 apr, 20:29 250
  • Toshkentda bolalarning qo‘liga igna va “samorez” sanchgan o‘qituvchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi 19 apr, 16:48 97
  • Futzal. O‘zbekistonda o‘tadigan jahon chempionatining mezbon shaharlari bilan tanishing (video) 19 apr, 16:32 235
  • Toshkent viloyatida jahl ustida mijozining sochini kalga olib tashlagan sartarosh uzr so‘radi (video) 19 apr, 16:09 222
  • 2024-2025 o‘quv yilida boshqa hududlardan pedagoglar jalb etiladigan maktablar ro‘yxati tasdiqlandi 19 apr, 13:11 123
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSH Xitoyni Ukrainadagi urushni bilvosita avj oldirayotganlikda aybladi 20 apr, 07:00 0
  • Rossiyaning o‘ndan ortiq mintaqasida migrantlarning ayrim sohalarda ishlashi taqiqlandi 20 apr, 06:30 0
  • Armaniston chegara delimitatsiyasi natijasida 4 qishloqni Ozarboyjonga qaytardi 20 apr, 06:00 0
  • Janni Infantino: "Bu buyuk mamlakat – O‘zbekistondagi birinchi FIFA turniri bo‘ladi" 20 apr, 02:02 59
  • Abbosbek Fayzullayevning qachon Qatarga borishi aniq bo‘ldi! 20 apr, 01:59 100
  • A Seriya. Dastlab ikkita gol urgan "Kalyari" yakunda "Yuventus" bilan durang qayd etdi 20 apr, 01:52 156
  • Shomurodov kutilmagan ishga qo‘l urdi 20 apr, 01:16 329
  • Chasiv Yar ham xavf ostida. Bu shaharni yo‘qotmaslik Ukraina uchun nega bunchalik muhim? 19 apr, 23:23 189
  • Qirg‘iziston hukumati O‘zbekiston hududida joylashgan Barak eksklavi aholisini ko‘chirishni yakunladi 19 apr, 22:56 249
  • Germaniya va Polsha aviakompaniyalari Tel-Avivga reyslarni bekor qildi 19 apr, 22:30 52
  • «Ko‘z o‘ngimizdagi haqiqat». Alonso qaysi jamoani tanlagan? 19 apr, 22:00 97
  • Dubayda 50 dan ortiq O‘zbekiston fuqarolari qolib ketgani aniqlandi 19 apr, 21:30 117
  • Bo‘limlar