“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2020, 05:58
ЎЗO‘Z

Prezident: «Davlat tiliga bo‘lgan e’tiborni mustaqillikka bo‘lgan e’tibor deb bilishimiz kerak»

21 okt, 20:09 1 183 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Prezident: «Davlat tiliga bo‘lgan e’tiborni mustaqillikka bo‘lgan e’tibor deb bilishimiz kerak» Yangi muhtasham «Kongress-xoll» saroyida 21 oktyabr kuni o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining o‘ttiz yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.

Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi.
Davlat rahbari yig‘ilganlarni, butun xalqimizni ushbu tarixiy sana bilan tabrikladi.

«Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri bo‘lgan o‘zbek tili xalqimiz uchun milliy o‘zligimiz va mustaqil davlatchilik timsoli, bebaho ma’naviy boylik, buyuk qadriyatdir. Kimda-kim o‘zbek tilining bor latofatini, jozibasi va ta’sir kuchini, cheksiz imkoniyatlarini his qilmoqchi bo‘lsa, munis onalarimizning allalarini, ming yillik dostonlarimizni, o‘lmas maqomlarimizni eshitsin, baxshi va hofizlarimizning sehrli qo‘shiqlariga quloq tutsin», - dedi Prezident.

O‘zbek tili turkiy tillar oilasiga mansub eng yirik tillardan biridir. Dunyo miqyosida bu tilda 50 millionga yaqin odam so‘zlashadi.

Mustabid tuzum davrida tilimizni yo‘qotishga ko‘p urinishlar bo‘lgan edi. Lekin xalqimiz o‘z ona tilini – milliy g‘ururini saqlab qoldi. Millatparvar ziyolilar, tilimiz fidoyilarining jonkuyarligi natijasida 1989 yil 21 oktyabr kuni qabul qilingan qonunga asosan, o‘zbek tili mamlakatimizda davlat tili maqomiga ega bo‘ldi.

Ushbu tarixiy sanadan o‘ttiz yil o‘tib bu borada yana bir qutlug‘ qadam qo‘yildi. Prezidentimiz 2019 yil 21 oktyabr kuni «O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» farmon qabul qildi. Unga binoan 21 oktyabr sanasi yurtimizda «O‘zbek tili bayrami kuni» deb belgilandi. Ona tilimiz fidoyilari, butun xalqimiz bu xushxabarni katta xursandchilik bilan qarshi oldi.

Prezident ona tilimizning davlat va jamiyat hayotidagi ta’siri va mavqeini yanada oshirish, «Davlat tili haqida»gi qonunni bugungi kun talablaridan kelib chiqib takomillashtirish zarurligini ta’kidladi. Bu boradagi dolzarb vazifalarni ko‘rsatib o‘tdi.

«Har birimiz davlat tiliga bo‘lgan e’tiborni mustaqillikka bo‘lgan e’tibor deb, davlat tiliga ehtirom va sadoqatni, ona vatanga ehtirom va sadoqat deb bilishimiz, shunday qarashni hayotimiz qoidasiga aylantirishimiz kerak. Bu olijanob harakatni barchamiz o‘zimizdan, o‘z oilamiz va jamoamizdan boshlashimiz, ona tilimizga, urf-odat va qadriyatlarimizga hurmat, Vatanga mehrimizni amaliy faoliyatda namoyon etishimiz kerak», dedi prezident.

Tantanali tadbirda deputat va senatorlar, hukumat a’zolari, davlat va jamoat arboblari, diplomatik korpus vakillari, tilshunos olimlar va pedagoglar, yoshlar ishtirok etdi.




 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Shavkat Mirziyoyev: «O‘zbek tilining latofati va jozibasini his qilmoqchi bo‘lganlar o‘lmas maqomlarimizni eshitsin» (video) 22 okt, 11:09
  • Prezident o‘zbek tili targ‘iboti haqida: «Internet imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish kerak» 22 okt, 09:37
  • Senat raisi: «O‘zbek tilining abgor holga tushishiga beparvoligimiz sabab bo‘lmoqda» 13 dek, 11:43
  • Prezident Shavkat Mirziyoyev yangi — 2017 yilga nom berdi 07 dek, 23:21
  • Shavkat Mirziyoyev: “Turkiya – birinchilardan bo‘lib O‘zbekiston mustaqilligini tan olgan davlat” 19 noya, 14:15
  • O‘zbekiston prezidenti O‘zbek tili va adabiyoti universitetini tashkil etish to‘g‘risidagi farmonini imzoladi 14 мая, 10:50
  • So'nggi yangiliklar
  • "Paxtakor" kichik "missiya"ni bajardi. Eronning "Shahr Xodro" klubi taslim etildi 24 sen, 00:59 262
  • Kasal bo‘lmaslik uchun amal qilish tavsiya qilinadigan 13 maslahat 24 sen, 00:10 193
  • «Al-Hilol» musobaqadan chetlatildi. «Paxtakor» va Aziz G‘aniyev jamoasi pley-offga yo‘l oldi 23 sen, 23:52 360
  • Elektoromobillar ommalashmayotganiga sabab bo‘layotgan omillar sanab o‘tildi 23 sen, 23:45 248
  • Pirlo Ronaldu yordamidan foydalanmasligini e’lon qildi 23 sen, 22:50 495
  • Saudiya Arabistoni oktabrdan umra safariga ruxsat berdi 23 sen, 22:25 245
  • Senat raisi: «Qonunlarimizda korrupsiogen holatlar mavjud» 23 sen, 21:48 240
  • Hamyonbop Xiaomi Mi 10T flagmani 30 sentabr kuni taqdim etiladi 23 sen, 21:28 208
  • Egalik huquqi bo‘lmagan fuqaro uydan chiqarildi 23 sen, 21:12 465
  • Xatlangan “EPICA“ qarzdorga qaytarildi 23 sen, 20:45 262
  • Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida chiqish qildi 23 sen, 20:31 364
  • Shamollashdan darak beruvchi, xayolingizga ham keltirmagan alomatlar 23 sen, 19:55 912
  • Bo‘limlar