“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 19 2024, 04:55
ЎЗO‘Z

"Iste’dod". Professional boksning jozibasini ko‘rmoqchimisiz?

21 okt, 00:30 2 188 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
"Iste’dod". Professional boksning jozibasini ko‘rmoqchimisiz? Ba’zi sportchilar bo‘ladiki, o‘z yo‘nalishini san’at darajasiga olib chiqadi. Ular qanday natija ko‘rsatishidan qa’tiy nazar, har doim muxlislar yoqimtoyi bo‘lib qolaveradilar. Jumladan, boks olamida ham shunday charmqo‘lqop ustalari talaygina topiladi. Misol uchun, Muxammad Ali, Mayk Tayson, Roy Jons, Arturo Gatti bunday nomlarni uzoq davom ettirish mumkin.

Albatta, bu bokschilar tarixga aylanib ulgurgan. Hozirda ham ana shunday e’tibor qozonayotganlar yo‘q emas. Biz bugundan boshlab yangi "Iste’dod" ruknini yo‘lga qo‘ydik. Mazkur loyihada professional boks hamda MMA olamidagi yangi paydo bo‘layotgan yulduzlar haqida ma’lumotlar va ular ijrosidagi videorolikni taqdim etib boramiz.

Dastlabki qahramonimiz 25 yoshli britaniyalik Josh Kellidir. Uni boks olamida ikkinchi Lomachenko deb ham e’tirof etishadi. U yana 'Pretty Boy' ya’ni "Yoqimtoy bola" nomi bilan ham mashhur. Josh 1994 yil 7 martda Buyuk Britaniyaning Sanderlend shahrida tavallud topgan. Havaskor boksda 2013 yil Angliya chempioni, 2015 yil Yevropa o‘yinlari g‘olibi bo‘lgan. 2016 yilgi Rio Olimpiadasining 1/8 finalida qozog‘istonlik Daniyar Yeleussinovdan mag‘lubiyatga uchragan. Yana bir qozog‘istonlik bokschi Aslanbek Shimbergenovdan ham 2016 yil WSB seriyasida mag‘lub bo‘lgan edi. Kelli professional boksga 2017 yil qadam qo‘ydi. U yarim o‘rta, ya’ni 66.7 kg vazn toifasida faoliyat yuritadi.

Hozirda WBC reytingida 15 WBA da 11 o‘rinda qayd etilgan. Aynan ushbu vazn toifasida yurtdoshimiz Qudratullo Abduqahhorov ham o‘z janglarini o‘tkazishidan xabaringiz bor. Britaniyalik shovvoz ikki yil mobaynida 10 ta jang o‘tkazishga ulgurdi. Ularning 9 tasida g‘alaba qozonib, bir bora durang qayd etgan. G‘alabalarining 6 tasini nokaut evaziga qo‘lga kiritgan. Birgina durang joriy yilning birinchi iyunida Rey Robinson bilan bo‘lgan jangda qayd etilgandi.
Xullas, ushbu bokschini yaqin kelajak yulduzlaridan biri desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Uning janglaridan qisqa lavhalarni quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin: VIDEO

Manba: Sports.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Sharmandali mag‘lubiyatdan keyin “Barsa” o‘yinchilari o‘rtasida ziddiyat kelib chiqdi 18 apr, 23:12 260
  • Sensatsiya! U23 Osiyo Kubogi 2-turida Indoneziya Avstraliyani mag‘lubiyatga uchratdi 18 apr, 21:49 217
  • Futzal. Qirg‘izistonliklar amaldagi Osiyo chempionini mag‘lub etishdi 18 apr, 19:19 244
  • Kepaning 5 yil oldin ko‘rsatgan "hunari" bugun "Real"ni yarim finalga olib chiqmoqda 18 apr, 18:25 226
  • Gvardiola: «Man Siti» bugun har tomonlama ajoyib edi» 18 apr, 17:07 123
  • O‘zbekistonlik sportchi final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 18 apr, 15:18 68
  • So'nggi yangiliklar
  • Geosiyosiy ziddiyatlar: O‘zbekiston pozitsiyasi qanday bo‘lishi kerak? 19 apr, 00:12 94
  • Germaniyada ikki nafar rus josusi qo‘lga olindi 18 apr, 23:50 125
  • Rossiyaning "qashshoqlashayotgan" milliarderlari 18 apr, 23:30 205
  • Sharmandali mag‘lubiyatdan keyin “Barsa” o‘yinchilari o‘rtasida ziddiyat kelib chiqdi 18 apr, 23:12 260
  • O‘zbekiston va Tojikiston rahbarlari konsert tomosha qildilar 18 apr, 22:53 99
  • Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi 18 apr, 22:30 123
  • Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi 18 apr, 22:11 149
  • Sensatsiya! U23 Osiyo Kubogi 2-turida Indoneziya Avstraliyani mag‘lubiyatga uchratdi 18 apr, 21:49 217
  • Markaziy Osiyo davlatlari 2024 yil yozi uchun Amudaryo va Sirdaryo suvini taqsimlab oldi 18 apr, 21:45 196
  • Og‘abek Sobirov, Munojat Yo‘lchiyeva, Ozodbek Nazarbekov va Yulduz Usmonova «Tojikiston xalq hofizi» bo‘ldi 18 apr, 21:20 164
  • Qirg‘izistonda inson a’zolarini sotish bilan shug‘ullangan jinoiy guruh aniqlandi 18 apr, 21:07 218
  • Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon bayonot bilan chiqdilar 18 apr, 20:00 332
  • Bo‘limlar