“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 06:47
ЎЗO‘Z

NATOda Suriyadagi «Tinchlik bulog‘i» operatsiyasi bo‘yicha favqulodda shtab tashkil qilindi

20 okt, 23:39 2 668 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
NATOda Suriyadagi «Tinchlik bulog‘i» operatsiyasi bo‘yicha favqulodda shtab tashkil qilindi Foto: «Tvc.ru»
NATOda Turkiyaning Suriya shimoli-sharqidagi harbiy operatsiyasi va uning oqibatlarini o‘rganuvchi favqulodda inqiroz shtabi tashkil qilindi. Bu haqda Deutsche Welle'ga tayanib Daryo xabar berdi.

Ushbu tuzilma tarkibiga razvedka va xavfsizlik masalalari bo‘yicha ekspertlar, harbiy operatsiyalar bo‘yicha mutaxassislar hamda siyosiy maslahatchilar kiritilgan.

16 oktyabr, chorshanba kuni o‘tgan Shimoliy Atlantika ittifoqiga a’zo davlatlarning 29 nafar rais o‘rinbosari ishtirok etgan yig‘ilishda Turkiya alyans bo‘yicha hamkorlarini o‘z harbiy harakatlari va qochoqlar oqimi haqida xabardor qilib turishini va’da qilgandi. Shuningdek, yig‘ilishda Anqara vakili operatsiyaning noyabr birinchi yarmigacha davom ettirishini bildirgan. Ushbu ma’lumotlar 120 soat davomida o‘t ochishni to‘xtatib turish bo‘yicha kelishuvdan oldin berilgan.

9 oktyabrda Turkiya Suriya shimoli-sharqida «Suriya demokratik kuchlari», Kurdiston ishchi partiyasi va IShID jangarilariga qarshi «Tinchlik bulog‘i» operatsiyasining boshlanganini e’lon qilgan. AQSh ushbu harakatlarda ishtirok etmasligini bildirgan va o‘z qo‘shinini operatsiya o‘tadigan hududdan uzoqlashtirgan. Yevropa davlatlari, AQSh, Eron, Iroq, Misr, Kanada va boshqa mamlakatlar ushbu harakatlarni keskin qoralagan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • «Krokus»dagi terakt ishi bo‘yicha yana bir tojikistonlik qo‘lga olindi 27 apr, 06:03 0
  • Peskov: AQSH Ukrainadagi mojaroda bevosita ishtirok etmoqda 27 apr, 00:00 63
  • Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi 26 apr, 23:10 88
  • Timur Ivanov ishi. Qo‘lga olinganlar haqida hozirgacha nimalar ma’lum? 26 apr, 22:44 158
  • Qozog‘istonlik amaldor jamoat muhokamasiga 100 ta chelak olib keldi 26 apr, 22:18 238
  • Istanbulda terakt sodir etgan suriyalik ayol 1794 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi 26 apr, 20:24 119
  • So'nggi yangiliklar
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 15
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq Vetnamni mag‘lub etib yarim finalga yo‘l oldi 27 apr, 01:17 65
  • Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi 27 apr, 00:26 27
  • Husain Norchayev: Bugun imkoniyatlarimizdan foydalanib g‘alaba qozondik 27 apr, 00:22 51
  • Peskov: AQSH Ukrainadagi mojaroda bevosita ishtirok etmoqda 27 apr, 00:00 63
  • Timur Kapadze Saudiya Arabistoni ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng nimalar dedi? 26 apr, 23:36 155
  • Isroil Madrimov o‘z divizionida yengilmas Kroufordga “non” bermoqchimas! 26 apr, 23:30 64
  • Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi 26 apr, 23:10 88
  • Xose Venansio Lopes: "Himoyada ham, hujumda ham ajoyib harakat qila oldik" 26 apr, 22:53 94
  • Timur Ivanov ishi. Qo‘lga olinganlar haqida hozirgacha nimalar ma’lum? 26 apr, 22:44 158
  • Qozog‘istonlik amaldor jamoat muhokamasiga 100 ta chelak olib keldi 26 apr, 22:18 238
  • Tatyana Karimova va Pyotr Karimov o‘rtasidagi sud ishi davom etmoqda 26 apr, 21:47 180
  • Bo‘limlar