“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 00:22
ЎЗO‘Z

«Nuroniy» jamg‘armasi vakili: «Dabdabali to‘y qilayotgan amaldorlarimizning tanobini ham bir tortib qo‘yish kerak»

17 okt, 23:42 2 692 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Nuroniy» jamg‘armasi vakili: «Dabdabali to‘y qilayotgan amaldorlarimizning tanobini ham bir tortib qo‘yish kerak» O‘zbekistonda dabdabali to‘ylar qilishda nafaqat boylar, balki amaldorlar ham salbiy namuna bo‘lmoqda. Bu fikr Yoshlar press-klubining to‘ylarni tartibga solish to‘g‘risidagi nizom muhokamasiga bag‘ishlangan navbatdagi anjumanida «Nuroniy» jamg‘armasi Respublika boshqaruvi bo‘limi mudiri Shavkat Mirolimov tomonidan bildirildi.

Shavkat Mirolimovning ta’kidlashicha, «pul topib aql topmaganlar» — dabdabali to‘y qilayotganlarning faqatgina bir toifasi. Buning ikkinchi toifasi esa amaldorlar hisoblanadi.

Hammamiz to‘ylarga boramiz, oshlarga boramiz. Nazar solib, o‘rganib, qarab yursam, dabdabali to‘ylarni o‘tkazayotganlarning hammasi ham pul topib aql topmagan boyvachchalar emas. Ayniqsa rahbarlarga yoqmaydigan bir gapimni aytmoqchiman.

Pul topib aql topmaganlar dabdabali to‘y qilayotganlarning bir toifasi bo‘lsa, amaldorlarimizning to‘ylari — shuning ikkinchi toifasidir. Vazirlarimiz, hokimlarimiz, katta maosh olib, katta daromadli joyda ishlaydigan amaldorlarimizning to‘ylari — 100 foizi desam adasharman — 99 foizi dabdabali bo‘lyapti.

Isrofgarchilik ko‘p bo‘lyapti shu joylarda. Menimcha, amaldorlarimizning ham tanobini bir tortib qo‘yishimiz kerak, hisob-kitobini qilishimiz kerak.


Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2018 yil martida bo‘lib o‘tgan videoselektorda dabdabali to‘ylarni qoralagan, ijro organlari rahbarlarining to‘y-marosimlarga borishini taqiqlagan edi.

«Hamma bir xil to‘y qiladi. Agar birorta rahbar — prokurormi, soliqchimi, hokimmi, chegarachimi — me’yordan chiqsa, o‘sha kuniyoq qamayman. Vazir yo bosh vazir o‘rinbosari 500 kishiga to‘y qilishga yetadigan maoshni qayerdan oladi? Hammasi o‘g‘rilik bu, tagini surishtirsak. O‘g‘rilik!», — degandi o‘shanda Prezident.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Tatyana Karimova va Pyotr Karimov o‘rtasidagi sud ishi davom etmoqda 26 apr, 21:47 111
  • Tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar va bukmekerlikka ruxsat berildi 26 apr, 20:39 71
  • Andijon va Qashqadaryoda yer maydonlarini noqonuniy sotish holatlariga chek qo‘yildi 26 apr, 18:08 37
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 224
  • Toshkent shahrida qaysi viloyat haydovchilari ko‘proq taksichilik qilmoqda? 26 apr, 13:03 230
  • O‘zbekiston AQSHning “kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”dan chiqarildi 26 apr, 10:49 152
  • So'nggi yangiliklar
  • Timur Kapadze Saudiya Arabistoni ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng nimalar dedi? 26 apr, 23:36 48
  • Isroil Madrimov o‘z divizionida yengilmas Kroufordga “non” bermoqchimas! 26 apr, 23:30 22
  • Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi 26 apr, 23:10 26
  • Xose Venansio Lopes: "Himoyada ham, hujumda ham ajoyib harakat qila oldik" 26 apr, 22:53 56
  • Timur Ivanov ishi. Qo‘lga olinganlar haqida hozirgacha nimalar ma’lum? 26 apr, 22:44 71
  • Qozog‘istonlik amaldor jamoat muhokamasiga 100 ta chelak olib keldi 26 apr, 22:18 154
  • Tatyana Karimova va Pyotr Karimov o‘rtasidagi sud ishi davom etmoqda 26 apr, 21:47 111
  • Futzal, Osiyo kubogi. Eron O‘zbekistonni mag‘lub etib, finalga yo‘l oldi 26 apr, 21:39 60
  • Dunyoning eng zo‘r bokschisi Krouford nega Madrimovni tanlaganini aytdi 26 apr, 21:28 160
  • U-23 Osiyo kubogi. O‘zbekiston final uchun Saudiyadan revansh oldi! (video) 26 apr, 21:20 217
  • Tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar va bukmekerlikka ruxsat berildi 26 apr, 20:39 71
  • Istanbulda terakt sodir etgan suriyalik ayol 1794 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi 26 apr, 20:24 90
  • Bo‘limlar