“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 17 2021, 02:08
ЎЗO‘Z

Almazbek Atamboyev ustidan sud jarayoni yopiq tartibda o‘tadi

17 okt, 06:35 1 459 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Almazbek Atamboyev ustidan sud jarayoni yopiq tartibda o‘tadi Qirg‘izistonda jinoiy avtoritet Aziz Batukayevning noqonuniy ozod etilishi bo‘yicha sud jarayoni jamoatchilik va OAV uchun yopiq tartibda o‘tadi. Bunday qarorni sud ishi bo‘yicha dastlabki tinglovda Bishkekning Pervomaysk tumani sudi qabul qilgan.

Batukayev ishi bo‘yicha ayblanuvchilardan biri Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atamboyev hisoblanadi. Undan tashqari, ushbu ish bo‘yicha yana 18 kishi sudlanuvchi sifatida o‘tib, ulardan 14 nafari tergov bilan bitimga borgan.

Ta’kidlanishicha, Batukayevning ozod etilishi ishida maxfiylashtirilgan tomlar mavjud bo‘lib, Atamboyevning himoyasi ulardan birini oshkor qilishni so‘ragan. Biroq sud bu iltimosni rad etgan.

Jinoiy ish bo‘yicha birinchi sud majlisi 15 noyabrga belgilangan.

Hozirda tergov izolyatorida hibsda ushlab turilgan Atamboyev sud jarayonini “o‘yin” deb atab, norozilik sifatida o‘z kamerasini tark etishdan bosh tortmoqda. Dastlabki tinglov uning ishtirokisiz o‘tgan.

2013 yilda Aziz Batukayev qotillik uchun jazoni o‘tayotgan turmadan og‘ir xastalikka uchragani vaji ostida ozod etilgan. Chechen millatiga mansub jinoiy avtoritet ozodlikka chiqqan kuniyoq xususiy samolyotda Chechenistonga uchib ketgan va hanuzgacha o‘sha yerda qolmoqda.

Tergovning fikricha, Batukayevning ozod etilishiga yolg‘on tashxis qo‘ygan shifokorlar, qarorni qabul qilgan sudya, prokurorlar va go‘yoki prezidentligi vaqtida Batukayevning ozod etilishi operatsiyasiga shaxsan ruxsat bergan Atamboyev aloqador bo‘lishi mumkin.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Almazbek Atamboyev yana bir jinoyatda gumon qilinmoqda 01 dek, 11:39
  • Almazbek Atamboyev sudga majburiy ravishda olib kelingani ma’lum qilindi 30 noya, 10:10
  • Almazbek Atamboyevning hibsda ushlab turilishi yana 2 oyga uzaytirildi 26 okt, 13:37
  • Almazbek Atamboyev sud jarayonida ishtirok etishdan bosh tortdi 13 okt, 09:16
  • Almazbek Atamboyevga “qonundagi o‘g‘ri” Aziz Batukayev ishi bo‘yicha ayblov qo‘yildi 05 okt, 12:05
  • Atamboyevning ishi bo‘yicha 20 ta ko‘chmas mulkdan hibs olindi 28 avg, 23:00
  • So'nggi yangiliklar
  • Prezident Chilonzor hokimi yolvorib vazifalarni bajarishga va’da bergani uchun uni ishdan bo‘shatmaganini aytdi 17 yanv, 00:23 445
  • Rossiyada plombalari olinmagan 26 yillik «Jiguli» yangi BMW X3 narxida sotuvga qo‘yildi (foto) 16 yanv, 23:50 374
  • B12 vitamini yetishmasligining ko‘zga tashlanmaydigan belgisi ma’lum bo‘ldi 16 yanv, 23:15 395
  • Eldor Shomurodov eng zo‘r murabbiy kimligini aytdi 16 yanv, 22:48 445
  • Piter Xyuistra: Yangi futbolchilar keladi, ammo... 16 yanv, 22:22 672
  • Eldor Shomurodov «Jenoa»dagi muvaffaqiyatli start haqida: «Men endigina yo‘lning boshidaman» 16 yanv, 21:50 673
  • «Qizim, senga aytaman, kelinim, sen eshit» — Jismoniy tarbiya va sport vazirligi antiqa bayonot berdi 16 yanv, 21:21 1 070
  • Pavel Durov 30 milliardlik sarmoyani rad etdi 16 yanv, 21:00 436
  • «Qamchiq» dovonida «Mercedes-Benz» yonib ketdi (foto) 16 yanv, 20:30 361
  • Lukashenko: «O‘tgan yil bizlarga niqob taqdi, biroq ayrimlarning yuzidagi niqobni sidirib tashladi» 16 yanv, 20:00 401
  • Otabekov: “COVID-19 ning yangi shtammi odamlarni xavotirga solyapti – u bolalarda ko‘p uchramoqda” 16 yanv, 19:24 856
  • Qurilish vaziri sohadagi korrupsion sxema haqida gapirdi 16 yanv, 18:48 603
  • Bo‘limlar