“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 20 2024, 07:51
ЎЗO‘Z

Buyraklarni nima ishdan chiqaradi?

16 okt, 19:36 5 841 ---
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Buyraklarni nima ishdan chiqaradi? Foto: «Depositphotos»
Biz ko‘pincha salomatligimizga jiddiy e’tibor bermaymiz. Qandaydir muammo paydo bo‘lgandagina shifokorga murojaat qilamiz. Ba’zan sog‘ligimizga zarar yetkazayotganimizni hatto o‘zimiz ham payqamaymiz. Mana, masalan, ayrim odatlar buyrakka salbiy ta’sir ko‘rsatadi. «Ular qaysi?» degan savolga «Rambler» shunday javob berdi.

Noto‘g‘ri turmush tarzi
Jismoniy harakatning kamligi va ortiqcha tana vazni ikkinchi tip diabet rivojlanishiga hamda qon bosimi ko‘tarilishiga sabab bo‘ladi.

O‘z bilganicha dori ichish
Zarari to‘g‘risida qancha gapirilmasin, odamlar baribir o‘z bilganidan qolmaydi. Reklamalarning nayrangiga uchib og‘riqsizlantiruvchi preparatlarni pala-partish qabul qilaveradi. Bir qarashda buning hech qanday ziyoni yo‘qdek. Axir bosh og‘rig‘i to‘xtaydi. Lekin ko‘pgina dori-darmonlar buyrakka salbiy ta’sir o‘tkazib, ularning faoliyatini izdan chiqaradi. Ayrim preparatlarni muntazam qabul qilish buyrak yetishmovchiligini keltirib chiqaradi.

Energetik ichimliklar
Ko‘pchilik kun davomida faol bo‘laman deb vujudini «energetik»larga to‘ldirib tashlaydi. Tarkibidagi taurin nihoyatda xavfli ekanligini ular qayoqdan ham bilsin?! Ushbu aminokislotaning qonda to‘planishi buyrak yetishmovchiligiga olib keladi. Bundan tashqari, kuniga bittadan «energetik» ichishga odatlanib qolgan bo‘lsangiz, (ichimlik tarkibida qand ko‘pligi bois) organizm suvsizlanishiga duchor bo‘lishingiz turgan gap. Bu esa buyraklarga tushadigan yuklamani kuchaytiradi.

Alkogol va sigareta
Alkogol suvsizlanishni keltirib chiqaradi va buyraklarning faoliyatini izdan chiqaradi. Chekish ham surunkali buyrak yetishmovchiligining xavfli omili sanaladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Shirinliklar yuz terisiga qanday ta’sir ko‘rsatadi? 19 apr, 07:30 92
  • Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi 18 apr, 22:11 332
  • Shifokor tavsiyasisiz qabul qilib bo‘lmaydigan 3 xil vitamin 18 apr, 16:23 131
  • Ichimlik sodasining qanday zarari bor va uning o‘rniga nimadan foydalanish mumkin? 17 apr, 14:00 127
  • Soch to‘kilishini bartaraf etadigan 8 ta mahsulot 16 apr, 23:07 107
  • Bahorda tez-tez iste’mol qilish tavsiya etiladigan temir moddasiga boy mahsulotlar 09 apr, 20:53 227
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSH Xitoyni Ukrainadagi urushni bilvosita avj oldirayotganlikda aybladi 20 apr, 07:00 0
  • Rossiyaning o‘ndan ortiq mintaqasida migrantlarning ayrim sohalarda ishlashi taqiqlandi 20 apr, 06:30 0
  • Armaniston chegara delimitatsiyasi natijasida 4 qishloqni Ozarboyjonga qaytardi 20 apr, 06:00 0
  • Janni Infantino: "Bu buyuk mamlakat – O‘zbekistondagi birinchi FIFA turniri bo‘ladi" 20 apr, 02:02 59
  • Abbosbek Fayzullayevning qachon Qatarga borishi aniq bo‘ldi! 20 apr, 01:59 100
  • A Seriya. Dastlab ikkita gol urgan "Kalyari" yakunda "Yuventus" bilan durang qayd etdi 20 apr, 01:52 156
  • Shomurodov kutilmagan ishga qo‘l urdi 20 apr, 01:16 329
  • Chasiv Yar ham xavf ostida. Bu shaharni yo‘qotmaslik Ukraina uchun nega bunchalik muhim? 19 apr, 23:23 189
  • Qirg‘iziston hukumati O‘zbekiston hududida joylashgan Barak eksklavi aholisini ko‘chirishni yakunladi 19 apr, 22:56 249
  • Germaniya va Polsha aviakompaniyalari Tel-Avivga reyslarni bekor qildi 19 apr, 22:30 52
  • «Ko‘z o‘ngimizdagi haqiqat». Alonso qaysi jamoani tanlagan? 19 apr, 22:00 97
  • Dubayda 50 dan ortiq O‘zbekiston fuqarolari qolib ketgani aniqlandi 19 apr, 21:30 117
  • Bo‘limlar