“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 02:59
ЎЗO‘Z

Shavkat Mirziyoyev shayxulislom Ollohshukur Poshshozodani qabul qildi

14 okt, 18:46 2 946 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shavkat Mirziyoyev shayxulislom Ollohshukur Poshshozodani qabul qildi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 14 oktyabr kuni Boku shahrida Kavkaz musulmonlari idorasi raisi shayxulislom Ollohshukur Poshshozodani qabul qildi. Bu haqda davlatimiz rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuvda millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni yanada mustahkamlash, konfessiyalararo muloqotni kengaytirish, ta’lim va yoshlarning ma’naviy tarbiyasi masalalari muhokama qilindi.

Davlatimiz rahbari bu boradagi xalqaro hamkorlik darajasi tobora yuksalib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi.

Birgalikdagi sa’y-harakatlar zamonaviy xatar va tahdidlarga qarshi samarali kurashish, muqaddas islom dinining sof qadriyatlari va chinakam insonparvarlik maqsadlarini xalqaro hamjamiyatga yetkazishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Kavkaz musulmonlari idorasi raisi, o‘z navbatida, O‘zbekiston Prezidentining islom olamining boy merosini o‘rganish va asrab-avaylash bo‘yicha tashabbuslarini va bu borada qabul qilinayotgan choralar samarali ekanini qayd etdi.

Ollohshukur Poshshozoda mamlakatlarimiz va butun mintaqada tinchlik, totuvlik, barqarorlik va taraqqiyotni ta’minlash yo‘lida faol muloqot va hamkorlikni davom ettirishga tayyorligini bildirdi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 6
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 14
  • Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling” 01 мая, 22:00 99
  • Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi 01 мая, 21:13 65
  • «Samarqand — Toshkent — Samarqand” yo‘nalishida qo‘shimcha poyezdlar harakatlanadi 01 мая, 20:53 28
  • Hokimlik xodimi firibgarlik ortidan qo‘lga tushdi 01 мая, 20:13 81
  • So'nggi yangiliklar
  • Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi 02 мая, 00:24 11
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 6
  • Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida 02 мая, 00:02 16
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 14
  • Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi 01 мая, 23:45 37
  • Ukraina kamikadze dronlari Belgorod viloyatidagi aholi punktlariga hujum uyushtirdi 01 мая, 23:28 27
  • Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi 01 мая, 23:10 22
  • Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi 01 мая, 22:44 124
  • Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi 01 мая, 22:22 24
  • Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling” 01 мая, 22:00 99
  • Fransiyalik taniqli aktyor Jerar Deparde jinsiy tajovuzda ayblab, hibsga olindi 01 мая, 21:36 67
  • Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi 01 мая, 21:13 65
  • Bo‘limlar