“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2024, 18:24
ЎЗO‘Z

Ozoda Saidzoda muhtaram Prezidentimiz, xalqimiz va san’atkorlardan uzr so‘rab, uni kechirishlarini iltimos qildi...

13 okt, 23:30 5 729 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ozoda Saidzoda muhtaram Prezidentimiz, xalqimiz va san’atkorlardan uzr so‘rab, uni kechirishlarini iltimos qildi... Ma’lumki bugun yurtimizda shaxsan muhtaram Prezidentimiz tomonidan barcha sohalarni rivojlantirishga juda katta e’tibor qaratilmoqda. Shu jumladan, san’at sohasida ham keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqdaki, buning natijasi o‘laroq, o‘zbek san’ati bugun mutlaqo yangicha nigohlar bilan dunyoga o‘zini namoyon qilmoqda.

Shuningdek, yurtimizda inson haq-huquqlarini himoya qilish, ularning murojaatlarini joyida o‘rganib, muammolarning yechimini topish va xalqimizni rozi qilish uchun keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

“O‘zbekkonsert” davlat muassasasi ham bu jihatlarga katta e’tibor qaratmoqda. Jumladan, joriy yilning 10 oktyabr kuni xonanda Ozoda Saidzoda “O‘zbekkonsert” davlat muassasasiga o‘z ijodini keng targ‘ib qilish va faoliyatini qonuniy tarzda yuritish maqsadida konsert-tomosha faoliyatiga ruxsat beruvchi litsenziya so‘rab murojaat qildi.

Shu munosabat bilan 2019 yil 13 oktyabr kuni “O‘zbekkonsert” davlat muassasasida ustoz san’atkorlar ishtirokida ochiq muloqot tarzidagi davra suhbati tashkil etilib, unda xonanda Ozoda Saidzodaning murojaati muhokama etildi.

Davra suhbatida xonandaning bundan bir necha yillar oldin siyosiy xatoga yo‘l qo‘ygani, bilib-bilmay, asoslanmagan ma’lumotlarga ishonib inson shaxsiyatiga teguvchi noo‘rin fikrlar bildirgani, bundan tashqari muxlislarga nisbatan hurmatsizlik qilgani, san’atkor odobi doirasidan chetga chiquvchi harakatlar sodir etgani ustozlar tomonidan qattiq tanqid qilindi.

Shundan keyin xonanda Ozoda Saidzodaning o‘zi ham so‘zga chiqib, xatolarini tan olib, bundan bir necha yillar oldin bilib-bilmay, asoslanmagan ma’lumotlarga ishonib, hissiyotlarga berilib, jamoatchilik orasida o‘zining noo‘rin fikrlarini ommaviy axborot vositalari orqali bayon etganidan astoydil pushaymon ekanligini bildirib, shuncha vaqt ichida o‘ziga to‘g‘ri xulosa chiqargani, imkoniyat berilsa, bundan keyingi faoliyatida milliy estradani rivojlantirishga, o‘zining qo‘shiqlari bilan xalqqa xizmat qilishga va’da berdi.

So‘ng, muhtaram Prezidentimiz va xalqimizdan hamda barcha san’atkorlardan uzr so‘rab, uni kechirishlarini, yana bir bor unga imkoniyat berishlarini iltimos qildi.

Davra suhbati yakunida barcha ustoz san’atkorlarning fikrlari tinglanganidan so‘ng, “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi direktori Odiljon Abduqahorov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining san’at ahliga bo‘lgan g‘amxo‘rligi va mehribonligi hamda kechirimliligi bois garchi xonanda Ozoda Saidzoda tomonidan o‘z vaqtida noo‘rin fikrlar bildirilganiga qaramasdan, Yurtboshimiz tomonidan bugun uning kechirilgani hamda erkin ijod qilishiga imkoniyat yaratilgani ma’lum qilindi.
Sadoqat Allaberganova




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ozodbek Nazarbekov: “Uchta tirrancha buyuk san’atkorni loyga bulg‘ayapti” 24 apr, 17:00 44
  • Jahongir Otajonovdan o‘zgacha klip: Bu «ijod»lardan maqsad nima? 24 apr, 16:35 72
  • “O‘tkan kunlar” romani ilk bor arab tilida nashr etildi 24 apr, 06:35 29
  • Xitoyda sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan dunyodagi ilk film treyleri e’lon qilindi (video) 22 apr, 11:55 118
  • Xonanda Farhod rafiqasi bilan ajrashdi 21 apr, 23:33 1 378
  • Og‘ir vaziyatda Lolani qo‘llab-quvvatlaymiz! Faqat... 21 apr, 19:09 1 128
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekiston terma jamoasi Saudiya Arabistoni bilan raqib bo‘lishdan qo‘rqqani yo‘q! 24 apr, 17:44 1
  • Xoang An Tuan: "O‘zbekiston terma jamoasi finalga qadar yetib borishiga ishonaman" 24 apr, 17:22 16
  • Ozodbek Nazarbekov: “Uchta tirrancha buyuk san’atkorni loyga bulg‘ayapti” 24 apr, 17:00 44
  • Jahongir Otajonovdan o‘zgacha klip: Bu «ijod»lardan maqsad nima? 24 apr, 16:35 72
  • Futzal. Eron ketma-ket 9 marta jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 24 apr, 16:27 57
  • Ukraina dronlari Rossiyadagi neft bazalariga hujum qildi 24 apr, 16:20 74
  • Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda 24 apr, 15:56 113
  • Maxachev UFC 302 jangi oldidan Dastin Porening zaif tomonlarini aytdi 24 apr, 15:36 30
  • Futzal. Tojikiston yarim finalchiga aylanib, jahon chempionatiga yo‘llanma oldi 24 apr, 15:17 67
  • Hamkorlik davom etmoqda 24 apr, 15:05 36
  • Samarqandda erini tiriklay yoqib yuborgan ayol: “Bor-yo‘g‘i 1,5 litr benzin quydim” 24 apr, 14:42 176
  • Ilmiy tadqiqot: D vitamini tanqisligi bedavo kasalliklarga olib kelishi mumkin 24 apr, 14:14 46
  • Bo‘limlar