“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 19 2024, 07:50
ЎЗO‘Z

Qarshi tuman hokimligi tan oldi, o‘quvchilarga haqiqatan asfaltda dars o‘tilgan

14 okt, 09:10 3 488 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Qarshi tuman hokimligi tan oldi, o‘quvchilarga haqiqatan asfaltda dars o‘tilgan Foto: Facebook / «Potrebitel.uz»
Qarshi tumanidagi 6-maktabda o‘quvchilarning dars mashg‘ulotlari asfalt ustida o‘tkazilganligi to‘g‘risida xabar berilgan edi, biroq tuman xalq ta’limi bo‘limi bu xabarlarni rad etayotgan edi. Qashqadaryo viloyat xalq ta’limi boshqarmasi va Qarshi tumani hokimligi ushbu holatni o‘rganib chiqdi va dars haqiqatan ham asfalt ustida o‘tkazilganini tasdiqladi.

Aniqlanishicha, maktabning 6-«G» sinfining birinchi guruhiga ingliz tili fanini o‘qituvchi Dilafro‘z Hasanova o‘tsa, ikkinchi guruhga Maftuna Zaripova dars beradi. Sinfda o‘quvchilar soni 32 nafarni tashkil etadi.

Asfalt ustidagi dars mashg‘uloti 10 oktyabr kuni Dilafro‘z Hasanova rahbarligida o‘tkazilgan. O‘qituvchi ushbu harakatini o‘sha kuni o‘tilgan mavzu tabiat bilan bog‘liqligi va o‘quvchilarga tabiatni jonli tarzda ko‘rsatishni maqsad qilgani bilan izohlagan.

Mavzu tabiat manzaralariga oid bo‘lganligi bois, o‘qituvchi dars mashg‘uloti tugashiga 10 daqiqa qolganida o‘quvchilarni maktab hovlisiga olib chiqqan va mavzuga doir ma’lumotlarni o‘quvchilarga shu yerda tushuntirishga harakat qilgan.

Ingliz tili fani metod birlashma rahbari D.Erkayeva esa dars mashg‘ulotini o‘qituvchi Nodira Qo‘ziboyevaning telefoni orqali videoga olgan. D.Erkayevaning aytishicha, u shunchaki tasvirga olgan va videolavha bunday tarqalib ketishini bilmaganligidan afsuslanmoqda.

Bunday holatning ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib ketganligidan o‘qituvchi Dilafro‘z Hasanova ham afsusda ekanligini bildirgan.

Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Bekzod Mamatqulovning aytishicha, maktab quvvati 1060 o‘rinli bo‘lib, ayni paytda mazkur ta’lim dargohida 1884 nafar o‘quvchi tahsil oladi. Unda 141 nafar o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatadi. Maktab uchun 2018 yil 420 o‘rinli qo‘shimcha bino qurilib barcha jihozlar, parta va stullar bilan ta’minlangan. Maktabda sinf soni 60 ta. Darslar 2 navbatda o‘qitiladi.

Qarshi tuman hokimligi axborot xizmatining qo‘shimcha qilishicha, maktabda o‘quvchilarga joy yetishmasligi muammosi yo‘q. Mazkur holat yuzasidan ishchi guruh tomonidan maktab jamoasi va mas’ullarga tushuntirish berilgan va ta’lim-tarbiya jarayoniga yanada e’tiborli bo‘lishlari ta’kidlangan.

Avvalroq Zarafshondagi 2-maktabda 4-sinf o‘quvchilari, Farg‘onada esa 24-maktabda 1-sinf o‘quvchilari polda o‘tirgani, Sho‘rchida esa Surxondaryo viloyat ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalarni o‘qitishga ixtisoslashgan maktab-internatida o‘quvchilar polda yotgani aks etgan fotosuratlar tarqalgan edi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Markaziy Osiyo davlatlari 2024 yil yozi uchun Amudaryo va Sirdaryo suvini taqsimlab oldi 18 apr, 21:45 213
  • Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon bayonot bilan chiqdilar 18 apr, 20:00 352
  • O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida ittifoqchilik munosabatlari o‘rnatildi 18 apr, 17:40 93
  • Toshkentda daraxtga qasd qilgan «maskalilar» qo‘lga olindi 18 apr, 17:23 216
  • Jinoiy ish qo‘zg‘atilgach kelishuvga erishildi 18 apr, 16:48 164
  • O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi 18 apr, 13:24 194
  • So'nggi yangiliklar
  • Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi 19 apr, 07:00 0
  • Zelenskiyga ehtimoliy suiqasdning tafsilotlari oshkor bo‘ldi 19 apr, 06:30 1
  • Jasur Jaloliddinov: "Olimpiada yo‘llanmasi beriladigan musobaqada qanday holatda bo‘lishimizga qaramay, natija ko‘rsatishimiz kerak" 19 apr, 06:00 2
  • Geosiyosiy ziddiyatlar: O‘zbekiston pozitsiyasi qanday bo‘lishi kerak? 19 apr, 00:12 144
  • Germaniyada ikki nafar rus josusi qo‘lga olindi 18 apr, 23:50 174
  • Rossiyaning "qashshoqlashayotgan" milliarderlari 18 apr, 23:30 242
  • Sharmandali mag‘lubiyatdan keyin “Barsa” o‘yinchilari o‘rtasida ziddiyat kelib chiqdi 18 apr, 23:12 307
  • O‘zbekiston va Tojikiston rahbarlari konsert tomosha qildilar 18 apr, 22:53 108
  • Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi 18 apr, 22:30 134
  • Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi 18 apr, 22:11 168
  • Sensatsiya! U23 Osiyo Kubogi 2-turida Indoneziya Avstraliyani mag‘lubiyatga uchratdi 18 apr, 21:49 248
  • Markaziy Osiyo davlatlari 2024 yil yozi uchun Amudaryo va Sirdaryo suvini taqsimlab oldi 18 apr, 21:45 213
  • Bo‘limlar