“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 23 2024, 13:13
ЎЗO‘Z

Almazbek Atamboyev sud jarayonida ishtirok etishdan bosh tortdi

13 okt, 09:16 2 898 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Almazbek Atamboyev sud jarayonida ishtirok etishdan bosh tortdi 11 oktyabrda Qirg‘izistonda jinoiy avtoritet Aziz Batukayevning noqonuniy ozod etilishi ishi bo‘yicha jarayon sud zaliga sobiq prezident Almazbek Atamboyev yetkazila olinmagani sababli keyinga qoldirildi. Bu haqda Qirg‘iziston bosh prokuraturasida Kaktus.media nashriga ma’lum qilingan.

Ta’kidlanishicha, Atamboyev tergov izolyatori kamerasidan chiqishdan bosh tortgan.

Batukayevning ozod etilishi ishi bo‘yicha Atamboyev va unga yaqin bir necha kishi ayblanmoqda. Sud zaliga qolgan ayblanuvchilar – Indira Joldubayeva, Abduxalim Raimjonov va Qalibek Qachkinaliyev yetkazilgan.

“Ta’kidlash joiz, qonunga ko‘ra, jinoiy ishning dastlabki tinglanishi ayblanuvchining iltimosi bilan uning ishtirokisiz o‘tkazilishi mumkin. Biroq ayblanuvchi Almazbek Atamboyev bunday iltimos bildirmagan”, deyilgan prokuratura xabarida.

Atamboyevning advokati Sergey Slesarevning aytishicha, “Atamboyev hokimiyat unga taklif etayotgan bu o‘yinda ishtirok etishdan bosh tortgan”. “U o‘zini aybdor deb hisoblamaydi”, deb aytgan advokat. Ta’kidlanishicha, sud jarayoni 14 oktyabrga qoldirilgan.

Mavzuga oid yangiliklar
  • Yevrokomissiya TikTok'ga nisbatan ikkinchi tekshiruvni boshladi 23 apr, 11:23 5
  • Tayvanda o‘nlab kuchli zilzilalar sodir bo‘ldi 23 apr, 10:30 35
  • AEXA rahbari: Eron atom bombasini yaratishga yaqin turibdi 23 apr, 10:04 54
  • Tuya suti kundalik ehtiyojga aylanishi kutilyapti 23 apr, 09:39 108
  • Eron rahbari Raisiy muzokara o‘tkazish uchun Pokistonga keldi 23 apr, 09:16 55
  • Kim Chen Inga atalgan qo‘shiq (video) 23 apr, 08:56 109
  • So'nggi yangiliklar
  • Ashurmatovning haydalishi muhokamalarga sabab bo‘lmoqda 23 apr, 12:51 0
  • Denovdan Toshkentga qarab «yo‘lga chiqqan» sifatsiz go‘sht to‘xtatib qolindi 23 apr, 12:31 0
  • Tojikiston va Qirg‘izistondan o‘tkazilgan giyohvandlik vositalari to‘xtatib qolindi 23 apr, 12:08 0
  • O‘zbekiston Ozarboyjonda anorzorlar barpo etishni rejalashtirmoqda 23 apr, 11:48 3
  • Yevrokomissiya TikTok'ga nisbatan ikkinchi tekshiruvni boshladi 23 apr, 11:23 5
  • U-23 Osiyo kubogi. O‘zbekiston bugun guruh g‘olibligi uchun o‘ynaydi 23 apr, 11:08 39
  • Kreditni qaytarmagan tadbirkor 1,6 mlrd. so‘mlik binosidan ayrildi 23 apr, 10:48 23

  • Bo‘limlar