“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 23:48
ЎЗO‘Z

Farg‘ona viloyati paxta rejasini birinchi bo‘lib bajardi

13 okt, 00:13 3 720 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Farg‘ona viloyati paxta rejasini birinchi bo‘lib bajardi Foto:«O‘zA»
Farg‘onalik paxtakorlar mamlakatimizda birinchi bo‘lib, joriy yilgi paxta topshirish shartnomaviy rejani bajardi.
O‘zAning yozishicha, Fermer xo‘jaliklari tomonidan mo‘l hosil yetishtirilib, 238 ming 600 tonnadan ortiq paxta xirmoni bunyod etildi, uning aksariyat qismi yuqori navlarga sotildi.

Darhaqiqat, g‘o‘zaning hudud sharoitiga mos navlarini to‘g‘ri tanlab joylashtirish, obi-tobida ekish mo‘l hosilga qo‘yiladigan talablardan biridir. Joriy yilda 2 ming 149 ta fermer xo‘jaliklari 82 ming 80 gektar maydonga chigit ekdi. G‘o‘zani navlar bo‘yicha joylashtirishda avvalo hududlarning tuproq-iqlim sharoiti, suv ta’minoti hamda sohaning yetakchi olim va mutaxassislari, fermer xo‘jaliklari rahbarlari, shuningdek, klaster korxonalari takliflari inobatga olindi.

G‘o‘zaning «S-8290», «Namangan-77», «Sulton», «S-6524» navlari ekilib, agrotexnik tadbirlarga muhim e’tibor qaratildi. Dunyo paxtachiligida tola sifati va hosildorligi yuqori, ertapishar, kasallik va zararkunanda hasharotlarga chidamli, tabiatning turli noqulayliklariga bardoshli g‘o‘za navlarini yaratish eng muhim vazifalardan sanaladi. E’tiborli jihati, bu yil viloyatda 6 ming 980 gektar maydonda yangi navlar sinovdan o‘tkazildi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistondagi bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumot berildi 25 apr, 20:12 33
  • Botir Qodirov: “5 yoshimda otamni mendan tortib olishgan” 25 apr, 19:37 133
  • MIB xodimi va ikki soliqchi jinoyat ustida ushlandi 25 apr, 11:55 123
  • Atmosfera havosini zararlayotgan 500 dan ortiq avtomobil egalariga chora ko‘rildi 25 apr, 11:12 99
  • O‘zganing nomiga onlayn qarz olib, pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 25 apr, 10:35 81
  • Yashil hududlarda yashash depressiya va tashvishni kamaytiradi 25 apr, 06:38 97
  • So'nggi yangiliklar
  • Ravshan Haydarov: Saudiya Arabistoniga “syurpriz”larimiz bor... 25 apr, 22:46 0
  • U-23 Osiyo kubogi. Qatar Olimpiada yo‘llanmasidan mahrum bo‘ldi, Yaponiya yarim finalda! 25 apr, 22:31 0
  • Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi 25 apr, 22:22 0
  • Fayzullayev Yevropaga qachon ketishi aytildi 25 apr, 21:56 10
  • Ukraina urushda ilk bor AQSHning uzoq masofali ballistik raketalaridan foydalandi 25 apr, 21:30 60
  • AQSHda G‘azodagi urushga qarshi namoyishda qatnashgan yuzlab talabalar hibsga olindi 25 apr, 21:09 35
  • G‘azodagi ommaviy qabrlardagi jasadlarning kamida 20 tasi tiriklay ko‘milgani ma’lum qilindi 25 apr, 20:47 77
  • MB raisi: Budjet xarajatlarining yuqori darajada oshishi inflyatsiyaga ham ta’sir qiladi 25 apr, 20:28 71
  • O‘zbekistondagi bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumot berildi 25 apr, 20:12 33
  • Botir Qodirov: “5 yoshimda otamni mendan tortib olishgan” 25 apr, 19:37 133
  • Saad Al-Shehri: "Ushbu musobaqadagi tarkibimiz, ikki yil avval chempionlikni qo‘lga kiritgan tarkibimizdan kuchliroq" 25 apr, 19:12 92
  • Burkina-Faso armiyasi 223 nafar tinch aholi vakillarini qirib tashlagani aytilmoqda 25 apr, 18:48 90
  • Bo‘limlar