“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 23:28
ЎЗO‘Z

Dehqonobodda «Lasetti» avtomobili «Kamaz»ni ag‘darib yubordi

11 okt, 18:41 4 847 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Dehqonobodda «Lasetti» avtomobili «Kamaz»ni ag‘darib yubordi 11 oktyabr kuni soat 4:00 atrofida Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanida M-39 «Olmaota—Toshkent—Termiz» yo‘lining Gumbuloq qishlog‘i hududidan o‘tgan 1262-kilometrida «Kamaz» yuk mashinasi va «Lasetti» avtomobili ishtirokida yirik yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi.

Qashqadaryo viloyati IIB matbuot xizmati xabariga ko‘ra, YTH oqibatida 3 kishi halok bo‘lgan va 1 kishi shifoxonaga joylashtirilgan.

«2019 yil 11 oktyabr kuni soat 04:00larda Dehqonobod tumani Gumbuloq qishlog‘i xududidan o‘tgan «M-39» raqamli «Olmaota-Toshkent-Termiz» yo‘nalishidagi xalqaro avtomobil yo‘lining 1262-km.da «Lasetti» rusumli 75 R 488 NA davlat belgili avtomashina Termiz shahri tomondan harakatlanib kelib, qarama-qarshi tomonidan harakatlanib kelayotgan «Kamaz» rusumli 75 T 303 NA davlat raqam belgili yuk avtomashinasi bilan to‘qnashib ketishi natijasida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Natijada uch nafar shaxs hodisa sodir bo‘lgan joyda vafot etgan. Bir nafar shaxs esa turli darajadagi tan jarohati olib, tuman markaziy shifoxonasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Dehqonobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda», deyiladi xabarda.

Foto: Telegram / @kashuvd
Sog‘liqni saqlash vazirligi ham hodisa yuzasidan ma’lumot berdi va ushbu YTH 4 kishining o‘limiga sabab bo‘lganini ma’lum qildi.

«11 oktyabr kuni soat 04:00lar atrofida Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumani «Gumbuloq» MFY hududidan o‘tuvchi «Olmaota – Toshkent – Termiz» yo‘nalishidagi xalqaro avtomobil yo‘lining 1262-kilometrida «Lasetti» va «Kamaz» rusumli avtomashinalar to‘qnashuvi natijasida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

Avtohalokat oqibatida jami 5 nafar fuqarodan 4 nafari voqea joyida vafot etgan. Bir nafari, Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumani «Hurlik» mahallasida yashovchi, 1967 yilda tug‘ilgan X.B. Dehqonobod tuman tibbiyot birlashmasi shoshilinch tibbiy yordam bo‘limiga yotqizilgan. Bemorga «O‘ng bilak suyagining tipik kismidan yopiq sinishi» tashxisi qo‘yilgan. Ayni paytda shifokorlar unga davo muolajalarini ko‘rsatmoqda.

Ushbu vaziyat Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan qat’iy nazoratga olingan», deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabarida.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Mirziyoyev Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni xalq hukumati raisi bilan uchrashdi 28 mar, 20:40 14
  • Qashqadaryo viloyatida sudya qo‘lga olindi 28 mar, 20:20 80
  • Jizzaxda energiya resurslaridan 7,5 milliard qarzdorliklar majburiy undirildi 28 mar, 19:31 24
  • Surxondaryoda YTHda haydovchi ayol va uning farzandlari halok bo‘ldi 28 mar, 19:08 151
  • Korrupsiya darajasi yomon va yaxshi bo‘lgan tashkilotlar e’lon qilindi 28 mar, 18:23 69
  • Toshkentda qalbaki dollarni sotishga uringan shaxslar qo‘lga olindi 28 mar, 17:17 25
  • So'nggi yangiliklar
  • Futzal. O‘zbekiston ikkinchi o‘yinda Qirg‘iz Respublikasini mag‘lub etdi 28 mar, 22:56 0
  • Superliga. “Dinamo” “Metallurg” ustidan irodali g‘alabaga erishdi 28 mar, 22:51 0
  • Nima uchun olimlar ayollarga vaqti-vaqti bilan yig‘lab turishni tavsiya qiladi? 28 mar, 22:22 1
  • Kirill Budanov: “Rossiya o‘z hududida terakt tayyorlanayotganini kamida bir oy oldin bilgan” 28 mar, 21:56 2
  • Yakuni mavhum bo‘lib borayotgan Ukraina urushi: tarixiy bashorat va yechimlar 28 mar, 21:29 57
  • Jahon banki: O‘zbekiston iqtisodiyotidagi gender tenglik 700 ming odamni kambag‘allikdan olib chiqishi mumkin 28 mar, 21:02 8
  • Mirziyoyev Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni xalq hukumati raisi bilan uchrashdi 28 mar, 20:40 14
  • Qashqadaryo viloyatida sudya qo‘lga olindi 28 mar, 20:20 80
  • «Tolibon» Moskvadagi terakt tashkilotchilarini yo‘q qilishga va’da berdi 28 mar, 20:00 303
  • Jizzaxda energiya resurslaridan 7,5 milliard qarzdorliklar majburiy undirildi 28 mar, 19:31 24
  • Ukraina xavfsizlik xizmati rahbari: «Savol o‘rinli, ammo biz tan olmaymiz» 28 mar, 19:30 266
  • Surxondaryoda YTHda haydovchi ayol va uning farzandlari halok bo‘ldi 28 mar, 19:08 151
  • Bo‘limlar