“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 15:34
ЎЗO‘Z

Qidiruvdagi “ISUZU” Oltiariqdagi xonadonlardan biridan topildi

11 okt, 14:00 3 780 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Qidiruvdagi “ISUZU” Oltiariqdagi xonadonlardan biridan topildi Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining 14.03.2018 yildagi qarori bilan qarzdor «VOSTOCHNIVE FRUKTI FERGANI» MChJdan «EXOKARTON» xususiy korxonasi foydasiga 154,7 mln. so‘m qarz undirish belgilangan bo‘lib, Majburiy ijro byurosi Uchko‘prik tuman bo‘limi tomonidan mazkur sud hujjati ijrosini majburiy etishga kirishilgan.

Garchand hujjatlarda qarzdor «VOSTOCHNIVE FRUKTI FERGANI» MChJ yuridik manzili Uchko‘prik tumani Miltiqchi qishlog‘ida joylashganligi ko‘rsatilgan bo‘lsada, ushbu manzildan davlat ijrochisi hech narsa aniqlay olmagan. Va hattoki, jamiyat ushbu manzilda faoliyat ko‘rsatmaganligiga doir ma’lumotlarni jamg‘argan.

Vakolatli idoralarga yuborilgan so‘rovnomalarga Farg‘ona viloyati IIB YHXB TRIB tomonidan qarzdor MChJning “ISUZU” rusumli 40 156 FBA davlat belgili transport vositasi mavjudligi haqida ma’lumot taqdim etiladi. Zudlik bilan mazkur transport vositasiga nisbatan qidiruv e’lon qilinib, axborot ta’minoti va qidiruv guruhi tezkor xodimlari shug‘ullanishi uchun tadqim etilgan.

2019 yil 25 martda boshlangan qidiruv tadbirlari 6 oy davom ettirilib, nihoyat 30 sentyabr kuni “ISUZU” rusumli transport vositasi Oltiariq tumani, Zilha qishlog‘ida yashovchi fuqaro S.Esonovning yashash uyiga yashirib qo‘yilganligi haqida tezkor ma’lumot qo‘lga kiritiladi. Shu kuni, soat 1400larda qidiruv tezkor xodimlari va Oltiariq tuman IIB Yo‘l harakati xavfsizligi guruhi inspektorlari bilan hamkorlikda fuqaro S.Esonovning yashash manzilidan qidiruvdagi “ISUZU” aniqlanib jarima maydoniga olib kirilgan.

Mana endigina, undiruvchi «EXOKARTON» xususiy korxonasining qonun bilan qo‘riqlanadigan huquqlari va manfaatlari tiklanadigan hamda sud hujjatining ijrosi to‘liq ijro qilinadigan bo‘ldi.
Chunki, qarzdorning “ISUZU”si qonunda belgilangan tartibda onlayn auksion orqali sotuvga qo‘yilib, tushgan mablag‘lar undiruvchiga o‘tkaziladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • MIB xodimi va ikki soliqchi jinoyat ustida ushlandi 25 apr, 11:55 55
  • Atmosfera havosini zararlayotgan 500 dan ortiq avtomobil egalariga chora ko‘rildi 25 apr, 11:12 50
  • O‘zganing nomiga onlayn qarz olib, pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 25 apr, 10:35 53
  • Yashil hududlarda yashash depressiya va tashvishni kamaytiradi 25 apr, 06:38 87
  • Olimlar 2024 yilda kuchli jaziramadan aziyat chekishi kutiladigan hududlarni aytdi 24 apr, 22:42 542
  • Vazirning “dakki”si, bu ishlardan zerikkan Jo‘rayevlar oilasi va Botir Qodirovning iqrori... 24 apr, 21:37 508
  • So'nggi yangiliklar
  • Timur Kapadze matbuot anjumanida Saudiya Arabistoniga qarshi kechadigan bahs haqida nimalar dedi? 25 apr, 14:39 1
  • Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi 25 apr, 14:30 0
  • Tojikistonda 17 yoshli yigitni yashin urdi 25 apr, 14:11 1
  • Ukrainalik model dunyodagi eng uzun sochli ayol sifatida Ginnes rekordlari kitobiga kiritildi 25 apr, 13:43 0
  • Usmon Toshev: "Shubhasiz, Saudiyani yutishni xohlaymiz" 25 apr, 13:17 75
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 21
  • MIB xodimi va ikki soliqchi jinoyat ustida ushlandi 25 apr, 11:55 55
  • Moskva viloyati hukumati rahbarining sobiq o‘rinbosari qo‘lga olindi 25 apr, 11:33 109
  • Atmosfera havosini zararlayotgan 500 dan ortiq avtomobil egalariga chora ko‘rildi 25 apr, 11:12 50
  • Xose Venansio Lopes: Raqibimiz jahonning eng kuchli terma jamoalaridan biri ekanini yaxshi bilamiz 25 apr, 11:05 141
  • O‘zganing nomiga onlayn qarz olib, pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 25 apr, 10:35 53
  • Pentagon Ukrainaga yangi yordam paketining tarkibini ochiqladi 25 apr, 10:11 153
  • Bo‘limlar