“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 10:46
ЎЗO‘Z

Dunyoning yetakchi KPMG kompaniyasi Adliya vazirligi bilan hamkorlikda adliya organlari va muassasalarida korrupsiyaga qarshi kurashishning ilg‘or tizimini joriy etadi

11 okt, 00:23 2 919 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Dunyoning yetakchi KPMG kompaniyasi Adliya vazirligi bilan hamkorlikda adliya organlari va muassasalarida korrupsiyaga qarshi kurashishning ilg‘or tizimini joriy etadi Joriy yilning 10 oktyabr kuni Adliya vazirligida adliya organlari va muassasalarida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha samarali mexanizm va chora-tadbirlarni joriy etish bo‘yicha yangi loyiha taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Mazkur loyiha BMT Taraqqiyot dasturi ko‘magida amalga oshirilmoqda.

Loyihadan ko‘zlangan maqsad – Adliya vazirligi, Davlat xizmatlari va Intellektual mulk agentliklari, shuningdek hududiy adliya organlari faoliyatiga korrupsiyaga qarshi komplayens tizimini joriy qilishdan iborat.

Taqdimot davomida KPMG ekspertlari loyihaning xalqaro mutaxassislarining faol ko‘magi yordamida amalga oshirilishi korrupsiyaga qarshi kurashishning xalqaro standart va amaliyotlarini samarali tadbiq etish, davlat organi faoliyatini boshqarishning shaffofligi va sifatini oshirish imkonini beradi. Korrupsiyaga qarshi kurashish chora-tadbirlari va tartib-taomillarini samarali joriy etish bo‘yicha orttirilgan tajribadan mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha umumiy yondashuvni shakllantirish uchun boshqa idoralarda ham foydalanish mumkinligini ta’kidlashdi.

Qayd etish joizki, Adliya vazirligi komplayens tizimini xalqaro standartlarga muvofiq joriy etish tashabbusini ilgari surgan ilk davlat organidir. KPMG ekspertlarning vazirliklar faoliyati, jumladan korrupsiya xatarlari mavjud sohalar va bu boradagi chora-tadbirlar haqidagi boshlang‘ich tahliliy intervyu adliya vaziri R. Davletov tomonidan o‘tkazilgan edi.

Ma’lumot uchun: KPMG malakali xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha dunyodagi yirik kompaniyalardan biri, Deloitte, Ernst & Young va PwC bilan bir qatorda katta to‘rtlikka kiruvchi auditorlik kompaniyalaridan biri. Uning xalqaro qarorgohi Amstelven (Niderlandiya) da joylashgan. Xodimlari soni 189 mingtani tashkil etadi.
Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zganing nomiga onlayn qarz olib, pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 25 apr, 10:35 0
  • Yashil hududlarda yashash depressiya va tashvishni kamaytiradi 25 apr, 06:38 52
  • Olimlar 2024 yilda kuchli jaziramadan aziyat chekishi kutiladigan hududlarni aytdi 24 apr, 22:42 491
  • Vazirning “dakki”si, bu ishlardan zerikkan Jo‘rayevlar oilasi va Botir Qodirovning iqrori... 24 apr, 21:37 445
  • Zohirshoh Jo‘rayev Botir Qodirov bilan o‘tayotgan sud yuzasidan izoh berdi 24 apr, 18:50 684
  • Orolbo‘yidan dinozavr izi topilgani rostmi? 24 apr, 18:06 107
  • So'nggi yangiliklar
  • Isroil Madrimov—Terens Krouford boks oqshomining kardi e’lon qilindi 25 apr, 09:48 0
  • Isroil Madrimov: Kroufordni hurmat qilaman, lekin bu mening divizionim 25 apr, 09:29 49
  • Xavi “Barselona”dagi faoliyatini davom ettirishga rozi bo‘ldi 25 apr, 09:10 28
  • Xonanda Avazbek Olimovdan “Sevar yorim” qo‘shig‘ini ruxsatsiz kuylab kelayotgani uchun 540 mln so‘m undirish so‘ralmoqda 25 apr, 08:44 117
  • Qozog‘iston bosh vaziri o‘rinbosari Kobulda “Tolibon” vakillari bilan uchrashdi 25 apr, 08:20 189
  • Bayden tegishli qonunni imzoladi: AQSHda TikTok bloklanishi mumkin 25 apr, 07:46 26
  • Rossiyada «katta baliq» to‘rga tushdi. U nimada ayblanmoqda? 25 apr, 07:13 207
  • Yashil hududlarda yashash depressiya va tashvishni kamaytiradi 25 apr, 06:38 52
  • AQSH Ukrainaga yashirincha ATACMS raketalarini yetkazib berdi 25 apr, 06:00 145
  • O‘zbek professional boksi tarixidagi eng katta jang tasdiqlandi! 25 apr, 00:33 361
  • Xose Venansio: Eronga qarshi o‘yindagi g‘alaba Jahon chempionati oldidan jamoamizga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi 25 apr, 00:23 161
  • O‘zbekiston birinchi chorakda 2,7 mlrd dollarlik oltin sotdi 25 apr, 00:06 65
  • Bo‘limlar