“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2021, 21:43
ЎЗO‘Z

Shavkat Mirziyoyev fond bozorini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi

07 okt, 22:07 1 838 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shavkat Mirziyoyev fond bozorini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7 oktyabr kuni fond bozorini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.

Qimmatli qog‘ozlar bozori iqtisodiyotdagi bo‘sh pul mablag‘larini jamlash va uni investitsiya jarayonlariga yo‘naltirishning muhim vositasidir. Bu boradagi islohotlarning dastlabki bosqichi sifatida joriy yil boshida Kapital bozorini rivojlantirish agentligi tuzildi. Davlat obligatsiyalari fond bozoriga qayta chiqarildi.

Lekin qimmatli qog‘ozlar chiqarib, ularni fond bozorida sotish mexanizmidan samarali foydalanilmayapti. Fond bozoridagi aksiyalarning jami qiymati 25 trillion so‘m bo‘lib, yalpi ichki mahsulotga nisbatan 6 foizga ham yetmaydi. Bu ko‘rsatkich Singapurda 188 foiz, Malayziyada 112 foiz, Rossiyada 34 foizni tashkil etadi.

Mamlakatimizda joriy yilda chiqarilgan davlat obligatsiyalari valyuta birjasi orqali faqatgina tijorat banklariga sotilgan. Fond bozori professional ishtirokchilari soni yuztagayam bormaydi.

Shu bois 2020-2025 yillarda fond bozorini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish rejalashtirilgan. Erkin muomaladagi jami qimmatli qog‘ozlarning yalpi ichki mahsulotga nisbatini 2025 yil oxirigacha kamida 10-15 foizga yetkazish mo‘ljallangan.

Yig‘ilishda buning uchun amalga oshirilishi zarur bo‘lgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Bugungi kunda bu soha 100ga yaqin normativ hujjatlar bilan tartibga solinib, ko‘plab cheklovlar o‘rnatilgan. Masalan, rivojlangan davlatlarda banklar fond bozorining faol ishtirokchisi hisoblanadi, yurtimizda banklarga boshqa sub’ektlarning aksiyalarini xarid qilish taqiqlangan. Fuqarolarning davlat obligatsiyalarini sotib olishi va sotishida ham cheklovlar bor.

Davlatimiz rahbari qonun hujjatlarini qayta ko‘rib chiqib, ortiqcha cheklovlarni bekor qilish va fond bozorida ishlashni soddalashtirish zarurligini ta’kidladi.

Bugungi kunda 605 ta aksiyadorlik jamiyati aksiyalarining 85 foizi davlatga tegishli. Shundan 105 ta jamiyatning atigi 5 foiz aksiyalari fond bozorida ishtirok etmoqda.

Jahon amaliyotidan kelib chiqib, kapital bozorida muomalada bo‘lgan qimmatli qog‘ozlar turlarini ko‘paytirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan talabni ko‘paytirish, xorijiy birja, brokerlar va banklarni mamlakatimiz fond bozoriga jalb qilish choralari muhokama qilindi. Sug‘urta kompaniyalariga aktivlarining ma’lum foizini fond bozoriga yo‘naltirish, banklarga birlamchi bozorda yuqori likvidli qimmatli qog‘ozlarni xarid qilish uchun ruxsat berish masalalari ko‘rib chiqildi.

Investorlar va minoritar aksiyadorlar huquqi himoyasini kuchaytirish, dividendlar to‘lash va undirishni takomillashtirish zarurligi ta’kidlandi. Bundan tashqari, xalqaro moliyaviy hisobot va xalqaro audit standartlariga o‘tish bo‘yicha topshiriq berildi.

Soha rivoji mutaxassislar malakasi va aholining bu boradagi savodxonligiga ham bog‘liq. Bugungi kunda yurtimizda tegishli malaka guvohnomasiga ega atigi 300 nafar mutaxassis bor. Rivojlangan mamlakatlarda bu sohada minglab kishilar ishlaydi.

Shu bois Kapital bozorini rivojlantirish agentligiga Toshkent moliya institutining tegishli kafedrasini otaliqqa olgan holda, ilg‘or xorijiy muassasalar bilan hamkorlikda kadrlar malakasini oshirish va talabalarni o‘qitish vazifasi qo‘yildi.

Fond bozoridagi o‘zgarishlar haqida ko‘proq axborot berib borish, aholining moliyaviy savodxonligini oshirish masalasiga ham e’tibor qaratildi.
Yig‘ilishda muhokama qilingan masalalar yuzasidan mutasaddilarning axboroti tinglandi va amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar belgilab olindi.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonda kamida 20ta yirik davlat korxonasi xususiylashtirilishi kutilmoqda 15 noya, 23:30
  • Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi tashkil etiladi 10 iyul, 21:00
  • O‘zbekistonda yangi davlat boshqaruvi organlari tashkil etildi 15 yanv, 21:12
  • Mirziyoyev qimmatli qogʻozlarni muomalaga chiqarish haqida topshiriq berdi 11 okt, 12:50
  • Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov tavalludining 80 yilligini nishonlash yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi 17 yanv, 15:59
  • Toshkentda yangi va zamonaviy konsert zali quriladi 27 avg, 01:13
  • So'nggi yangiliklar
  • OKMK futzalchisi Timur Berdiyev avtohalokatga uchrab vafot etdi 28 fev, 21:30 0
  • Yurak xuruji yuz berguniga qadar bilish kerak bo‘lgan ushbu kasallikka oid 6 fakt 28 fev, 20:53 0
  • Priyanka Chopra haqidagi avval e’lon qilinmagan 11 ta ma’lumot 28 fev, 20:05 1
  • Nigeriyada o‘g‘irlab ketilgan 300dan ko‘proq qiz ozod qilindi 28 fev, 19:28 2
  • Bolaligidan yulduz bo‘lishga ulgurgan Emma Uotson karerasini yakunlamoqda 28 fev, 18:48 96
  • “Lokomotiv”ning ispaniyalik legioneri “Marca”ga intervyu berdi: O‘zbekistonda kinolardagidek yashamoqdaman 28 fev, 18:13 205
  • Surxondaryoda opa-ukalar kelini va uning onasini o‘ldirish uchun killer yolladi 28 fev, 17:43 462
  • O‘zbekistonda bahorning birinchi kuni qanday ob-havo bilan boshlanadi? 28 fev, 17:13 555
  • Prezident granti, «qizlar uchun maxsus stipendiya» – ular haqida nimalar ma’lum? 28 fev, 16:39 227
  • Xorazmda deputatlar sud raisidan tizimda ochiqlikni kuchaytirishni so‘rashdi 28 fev, 16:00 173
  • Yaxshilik kamayib bormoqda 28 fev, 15:14 442
  • "Muhim xulosa" 28 fev, 14:30 222
  • Bo‘limlar