“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 23 2024, 13:37
ЎЗO‘Z

Al Arabia telekanalining Bag‘doddagi ofisiga jangarilar hujum qildi

06 okt, 11:05 2 333 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Al Arabia telekanalining Bag‘doddagi ofisiga jangarilar hujum qildi Al Arabia telekanalining Iroq poytaxti Bag‘doddagi ofisiga niqoblarda bo‘lgan noma’lum kimsalar hujum qildi. Bu haqda telekanal saytida ma’lum qilindi.

Telekanal muxbirining ta’kidlashicha, ofis oldiga avtomobillarda kelgan o‘nga yaqin bosqinchi qora kiyimda va yuzlari niqob bilan yashirilgan holda bo‘lgan.

Ular telekanal ofisiga bostirib kirib, xodimlarni kaltaklashgan va qurilmalarni sindirishgan. Hujum oqibatida bir necha kishi jarohat olgan.

Muxbirning ta’kidlashicha, iroqlik politsiyachilar telekanal jamoasiga hujum vaqtida yordam berishdan bosh tortgan. Iroq mutasaddi shaxslari o‘z navbatida muxbirga hujum tafsilotlari tergov qilinayotganini aytishgan.

Muxbir telekanalning Bag‘doddagi bo‘limi oxirgi kunlarda tahdidlar olgani va Iroq xavfsizlik idoralaridan xodimlari xavfsizligini ta’minlashni so‘raganini ma’lum qilgan. Muayyan muddatga himoya taqdim qilingan, biroq mamlakatdagi norozilik namoyishlari sababli politsiyachilar boshqa binolarni himoyalash uchun kerak bo‘lgan.

Iroqda bir necha kundan beri norozilik namoyishlari davom etmoqda. Ular oqibatida oxirgi 5 kun ichida 100 kishi halok bo‘lgan, 4 mingga yaqin kishi yaralangan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Yevrokomissiya TikTok'ga nisbatan ikkinchi tekshiruvni boshladi 23 apr, 11:23 5
  • Tayvanda o‘nlab kuchli zilzilalar sodir bo‘ldi 23 apr, 10:30 35
  • AEXA rahbari: Eron atom bombasini yaratishga yaqin turibdi 23 apr, 10:04 55
  • Tuya suti kundalik ehtiyojga aylanishi kutilyapti 23 apr, 09:39 108
  • Eron rahbari Raisiy muzokara o‘tkazish uchun Pokistonga keldi 23 apr, 09:16 55
  • Kim Chen Inga atalgan qo‘shiq (video) 23 apr, 08:56 109
  • So'nggi yangiliklar
  • Ashurmatovning haydalishi muhokamalarga sabab bo‘lmoqda 23 apr, 12:51 0
  • Denovdan Toshkentga qarab «yo‘lga chiqqan» sifatsiz go‘sht to‘xtatib qolindi 23 apr, 12:31 0
  • Tojikiston va Qirg‘izistondan o‘tkazilgan giyohvandlik vositalari to‘xtatib qolindi 23 apr, 12:08 0
  • O‘zbekiston Ozarboyjonda anorzorlar barpo etishni rejalashtirmoqda 23 apr, 11:48 3
  • Yevrokomissiya TikTok'ga nisbatan ikkinchi tekshiruvni boshladi 23 apr, 11:23 5
  • U-23 Osiyo kubogi. O‘zbekiston bugun guruh g‘olibligi uchun o‘ynaydi 23 apr, 11:08 39
  • Kreditni qaytarmagan tadbirkor 1,6 mlrd. so‘mlik binosidan ayrildi 23 apr, 10:48 23
  • Tayvanda o‘nlab kuchli zilzilalar sodir bo‘ldi 23 apr, 10:30 35
  • AEXA rahbari: Eron atom bombasini yaratishga yaqin turibdi 23 apr, 10:04 54
  • Tuya suti kundalik ehtiyojga aylanishi kutilyapti 23 apr, 09:39 108
  • Eron rahbari Raisiy muzokara o‘tkazish uchun Pokistonga keldi 23 apr, 09:16 55
  • Kim Chen Inga atalgan qo‘shiq (video) 23 apr, 08:56 109
  • Bo‘limlar