“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 18 2024, 06:36
ЎЗO‘Z

Almazbek Atamboyevga “qonundagi o‘g‘ri” Aziz Batukayev ishi bo‘yicha ayblov qo‘yildi

05 okt, 12:05 3 355 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Almazbek Atamboyevga “qonundagi o‘g‘ri” Aziz Batukayev ishi bo‘yicha ayblov qo‘yildi Foto: knews.kg
Bishkekning Pervomaysk tuman sudiga “qonundagi o‘g‘ri” Aziz Batukayevning noqonuniy ozod etilishi bo‘yicha jinoiy ish yo‘llandi. Bu haqda Qirg‘iziston bosh prokuraturasida ma’lum qilingan.

Ushbu ish tergovi davomida Qirg‘izistonning sobiq prezidenti, hozirda hibsda ushlab turilgan Almazbek Atamboyevga “Uyushgan jinoiy guruh manfaati yo‘lida korrupsiyani tashkillashtirish” moddasi bo‘yicha jinoyatlar sodir etishda gumon qilinishi haqida bildirishnoma topshirilgan. Jinoiy ish bosh prokuraturaga kelib tushgan.

Prokuraturaning ma’lum qilishicha, ishning o‘rganilishi natijalariga ko‘ra Atamboyevga, sobiq bosh prokuror Indira Joldubayevaga, Jazoni ijro etish davlat inspeksiyasi sobiq maslahatchisi Kalibek Kachkinaliyevga hamda gematologiya markazi rahbari Abduxalim Raimjanovga ayblov aktlari topshirilgan.

Atamboyevning advokati Sergey Slesarev ayblov akti olingani, hozir uni huquqshunoslar o‘rganayotganini aytgan.
“Ayblov akti bosh prokuror o‘rinbosari tomonidan imzolangan. Shu ondan boshlab bu 4 kishi ayblanuvchi hisoblanadi”, deb aytgan Slesarev.

Chechen millatiga mansub jinoiy avtoritet Aziz Batukayev 1990-yillar o‘rtalarida Qirg‘izistondagi eng yirik jinoiy guruh yetakchilaridan biri bo‘lgan. 2014 yilda u uydirma vajlar bilan Qirg‘izistondagi turmadan muddatdan oldin ozod qilinib, Chechenistonga yetkazilgan. Bu voqea bir necha yillar o‘tib Atamboyevga qarshi jiddiy dalilga aylangan. 2019 yil 9 avgustda Qirg‘iziston ichki ishlar vazirligi Atamboyevni Batukayevning noqonuniy ozod etilishiga aloqadorlikda ayblagan. Ish materiallarida aytilishicha, “qonundagi o‘g‘ri” turmadan shaxsan Atamboyevning buyrug‘i bilan ozod etilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ukrainadagi urushda qancha rus askari halok bo‘lgani ma’lum qilindi 17 apr, 22:50 147
  • Pokiston Afg‘oniston va Eron bilan chegaralari yaqinidagi ikkita bazasini AQSHga topshirdi 17 apr, 21:27 157
  • Qozog‘istonda milliarderlar toshqindan zarar ko‘rgan hududlarga «biriktiriladi» 17 apr, 20:38 143
  • Rossiya tinchlikparvar kuchlari Tog‘li Qorabog‘ni tark etishni boshladi 17 apr, 19:28 193
  • Zelenskiy Kongressdagi bahslarni sharmandalik va siyosiy o‘yin deb atadi 17 apr, 19:25 386
  • Pavel Durov amerikalik jurnalist Taker Karlson bilan nimalar haqida gaplashdi? 17 apr, 17:27 186
  • So'nggi yangiliklar
  • Shomurodov, navbat “Yuventus”ga! 18 apr, 00:18 166
  • Malayziya OTJ bosh murabbiyi: "Bugun musobaqaning eng kuchli jamoalaridan biriga qarshi o‘ynadik" 18 apr, 00:02 65
  • OCHL. "Al Ayn" kutilmaganda yarim finalning ilk o‘yinida "Al Hilol"ni mag‘lub etdi 17 apr, 23:59 59
  • O‘zbekistonda piyoz narxi keskin arzonlashdi. Bunga sabab nimada? 17 apr, 23:53 110
  • Ulug‘bek Hoshimov: "Hujumchi pozitsiyasiga 3-4 futbolchi da’vogarlik qilmoqda" 17 apr, 23:36 53
  • Timur Kapadze Malayziya ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng nimalar dedi? 17 apr, 23:10 70
  • Ukrainadagi urushda qancha rus askari halok bo‘lgani ma’lum qilindi 17 apr, 22:50 147
  • Qirg‘iziston-O‘zbekiston chegarasida yana bir maxfiy tunnel topildi (video) 17 apr, 22:29 212
  • Timur Kapadze: Bu musobaqada kuchsiz jamoa yo‘q, hamma bu yerga katta maqsad bilan kelgan 17 apr, 21:53 61
  • Pokiston Afg‘oniston va Eron bilan chegaralari yaqinidagi ikkita bazasini AQSHga topshirdi 17 apr, 21:27 157
  • Fayzullayevga Italiyaning mashhur jamoasi xaridor! 17 apr, 21:00 236
  • "Baltika"ga qarshi uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi bo‘lgan Fayzullayev jamoadoshlarini osh bilan siyladi 17 apr, 20:44 143
  • Bo‘limlar