“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2024, 09:51
ЎЗO‘Z

Vadim Abramov: "Milliy termada faqat eng kuchlilar o‘ynaydi"

26 sen, 08:57 3 557 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Vadim Abramov: "Milliy termada faqat eng kuchlilar o‘ynaydi" Endilikda O‘zbekiston milliy terma jamoasining bosh murabbiyiga aylangan Vadim Abramovdan muxlislarning umidi katta.
Kun mavzusi shubhasiz Ektor Kuper va Vadim Abramov bilan bog‘liq bo‘lib qoldi desak mubolag‘a bo‘lmasa kerak. O‘FA rasman Kuperning iste’fosini e’lon qilib, uning o‘rnini Vadim Abramov egallaganini tasdiqladi.

2011 yili Qatarda o‘tgan Osiyo Kubogida muvaffaqiyatli qatnashib, muxlislarning ishonchini qozona olgan murabbiyning yana terma jamoa tepasiga kelishini xursandchilik bilan qarshi oldilar. Biz rasman bosh murabbiy etib tayinlangach, Vadim Karlenovich bilan bog‘landik.

- Salom, Vadim Karlenovich! Avvalo, milliy terma jamoaga bosh murabbiy etib tayinlaningiz borasidagi tabrigimizni qabul qiling.
- Samimiy tabrik uchun rahmat.

- Shu munosabat bilan ayrim savollarimizga javob qaytarishingiz uchun vaqt ajratsangiz xursand bo‘lardik.
- Bemalol. Savollaringizni beravering.

- Muxlislar sizning terma jamoamizga bosh murabbiy etib tayinlanganingizni xursandchilik bilan qarshi olishdi. Ayting-chi, aslida hammasi qanday yuz berdi?
- Sobiq murabbiyni ishdan bo‘shatishganidan so‘ng menga taklif bilan chiqishdi. O‘ylab o‘tirmay taklifga rozilik berdim. Bori shu. Boshqa biror-bir g‘ayrioddiy ish yuz bergani yo‘q.

- Ishqibozlar 2011 yili terma jamoani qanchalik yaxshi boshqarganingizni hozirgacha eslab yurishadi. Oradan shuncha yil o‘tganidan keyin yana terma jamoa ustozi etib tayinlandingiz. Oldingisi va hozirgi tayinlanuvingiz borasida ichki kechinmalar ham boshqacha bo‘lsa kerak?
- O‘shanda mas’uliyat yuki hamda vaziyat hozirgidan ko‘ra boshqacha edi. Menimcha, farq ham shunda bo‘lsa kerak. Chunki bugungi kunda yuzaga kelgan vaziyatdan kelib chiqqan holda darhol ishga kirishish kerak bo‘ladi. Shunisi biroz muammo tug‘dirishi mumkin.

- Ishni avvalo nimadan boshlamoqchisiz?
- 2 oktyabrdan yig‘inlarni boshlaymiz. Yig‘inga terma jamoaga nomzodlarni ham chaqiramiz. Shundan so‘ng 10 oktyabrga belgilangan uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rishga kirishamiz.

- Terma jamoa tarkibida yangi o‘yinchilarni ko‘rishimiz mumkinmi?
- Bilasizmi, milliy terma jamoa – bu turli sinovlarni o‘tkazadigan maydon emas. Shunday ekan, mamlakatning bosh jamoasida hozirgi kunda kim kuchli bo‘lsa, aynan o‘shalar o‘ynashadi. Hozirdan tarkibda sezilarli o‘zgarishlar bo‘ladi, deya xulosa chiqarish yaramaydi. Shuni alohida ta’kidlashim joizki, terma jamoa eshiklari hammaga ochiq. Agar futbolchi shunga munosibligini ko‘rsata olsa, terma jamoada to‘p suradi.

- Siz yosh o‘yinchilarga o‘zlarini ko‘rsatish imkoniyatini berish orqali ham tanilgansiz. So‘ramoqchimanki, terma jamoada yosh o‘yinchilar ham paydo bo‘ladimi?
- Nima desam ekan, o‘yinchilarning pasportiga qaramaslikka o‘rganganman. Chunki yosh bilan bog‘liq masala ko‘pincha kishini aldab qo‘yishi mumkin. Kimdir 20 yoshda bo‘ladi-yu, xuddi qariya o‘yinchilardek to‘p suradi. Aksincha, 40 yoshni qoralab qolganlar xuddi navqiron davridagidek zo‘r to‘p surib, barchada iliq taassurot qoldiradi. Hammasi futbolchining individual mahoratiga bog‘liq. Yana takrorlayman: o‘yinchining pasportiga qarashga odatlanmaganman. Agar futbolchi raqobatbardosh bo‘lsa, nima uchun unga termada o‘zini ko‘rsatish imkoniyatini bermasligim kerak?! Qolaversa, yuqorida aytib o‘tganimdek, yosh bilan bog‘liq tasavvur ko‘pincha aldamchi bo‘ladi. Axir yosh o‘yinchi zo‘r, qariya yomon to‘p suradi, degan gap haqiqatga har doim to‘g‘ri kelavermaydi. Aksincha, holatlar ham ko‘p kuzatilgan. Hammasi futbolchining jismoniy tayyorgarligiga bog‘liq.

- Bir paytning o‘zida «Bunyodkor» hamda terma jamoada ishlash sizga qiyinchilik tug‘dirmaydimi?
- Yo‘q, men bunda qandaydir muammolarni ko‘rmayapman. Qolaversa, joriy mavsum nihoyasiga yetishiga bor-yo‘g‘i, olti tur qoldi.

- Falastinga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvda terma jamoamiz a’zolarining qanday o‘yin ko‘rsatganligini hamma ko‘rdi. Bu bilan nima demoqchiman, o‘sha bellashuvda bo‘sh o‘ynagan futbolchilarni rejalaringizdan chiqarib yubormaysizmi?
- Yana qaytarishimga to‘g‘ri keladi, futbol – bu jamoaviy o‘yin. Shunday ekan, shaxsiyatga tegish uchun biror sabab ko‘rmayapman. Boz ustiga Falastindagi o‘sha bellashuvda vakillarimizning o‘yini nima uchun bu qadar bo‘sh chiqqanining sababini bilmaymiz-ku. Bizning oldimizdagi vazifa bundan keyingi uchrashuvlarda shu kabi xatolarga yo‘l qo‘yilmaslikning oldini olishdan iboratdir.

- Ektor Kuper Vitaliy Denisovni o‘yinlarga jalb qilmay qo‘ygandi. Aytishlariga qaraganda, uni yig‘inga chaqirmoqchi ekansiz. Shu rostmi?
- Yo‘q, Vitaliy Denisov yig‘inga chaqirilmadi. Chunki u joriy mavsumda klubi tarkibida deyarli maydonga tushmayapti. Shunday ekan, termadan chaqiruv olishi uchun avvalo u o‘yinini yaxshilash haqida o‘ylamog‘i darkor. Hozircha Denisovni chaqirish niyatimiz yo‘q. Boya aytganimdek, terma jamoa – bu sinov maydoni emas. Milliy termada faqat eng kuchlilar o‘ynaydi. Shunga munosibligini isbotlash istagidagilar uchun eshigimiz ochiq.

- Hayot turli tasodiflarga to‘la. O‘tgan yili diskvalifikatsiya tufayli faol murabbiylikdan chetda qolishingizga to‘g‘ri kelgan. Bu yil esa sizni milliy terma jamoaga bosh murabbiy etib tayinlashdi…Bularning bari nimaning evaziga yuz berdi?
- Bu mavzuga qaytishni istamagan bo‘lardim. Hayot davom etmoqda. Agar o‘tmishni kovlashtiraveradigan bo‘lsak, ertangi qiladigan ishlarimizdan chalg‘ib qolamiz. Keling, shunday ekan, oldinga harakatlanishda davom etaylik.

- Sardor Rashidov haqida nima degan bo‘lardingiz? Uni yig‘inlarga chaqirmoqchimisiz?
- Bu masalada ham yuqorida bildirgan fikrlarimni takrorlashimga to‘g‘ri keladi, terma jamoa eshigi eng munosiblar uchun ochiq. Hammasi futbolchining o‘ziga bog‘liq. U klub miqyosida yetarlicha o‘yin amaliyotiga ega chiqsa, termaga chaqirilishdan umid qilishi mumkin. Futbolchi bunga jismonan va ruhan tayyor bo‘lmog‘i maqsadga muvofiqdir.

- Oldingizga aniq bir vazifa qo‘yildimi?
- Suhbatimiz avvalida bir-ikkita savolga javob qaytarsangiz yaxshi bo‘lardi, degandingiz. Savollaringiz hali beri tugamaydi shekilli (kuladi)…

- Shunisi oxirgisi bo‘la qolsin…
- Hali aniq vazifalar qo‘yilgani yo‘q. Ammo shundoq ham maqsad aniq – jahon chempionati yo‘llanmalaridan biriga ega chiqish. Buni hamma tushunib turibdi.
Shuhratbek Jo‘rayev
Vadim Abramov, milliy terma




Mavzuga oid yangiliklar
  • “Chelsi”ning eng yomon o‘yinchilari nomi aytildi 08 мая, 09:30 0
  • Mbappe alamli mag‘lubiyatdan keyin nimalar dedi? 08 мая, 08:44 1
  • PSJ dan 30 ta zarba, 0 ta gol! 08 мая, 08:40 0
  • YECHL 1/2 final. "Borussiya" ikkinchi o‘yinda ham g‘alaba qozonib, ilk finalchiga aylandi 08 мая, 08:31 1
  • Mirjalol Qosimov: "O‘yinni tashlab yubormay, oxirigacha kurashganimiz meni quvontirdi" 07 мая, 23:03 81
  • Ro‘ziqul Berdiyev: "Tablodagi hisob 4:1 ko‘rinishiga kelganidan so‘ng xotirjamlikka berildik" 07 мая, 22:44 135
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekistonda Vengriya va Yevropa kompaniyalari uchun maxsus iqtisodiy zona ishga tushiriladi 08 мая, 08:57 0
  • TikTok AQSH hukumatini sudga berdi 08 мая, 08:55 0
  • Isroil Rafahdagi operatsiyani HAMAS mag‘lubiyatga uchramaguncha davom ettirmoqchi 08 мая, 08:52 0
  • “Hizbulloh” Livan chegarasi yaqinidagi Isroil harbiy obyektlariga hujum uyushtirdi 08 мая, 08:47 0
  • Mbappe alamli mag‘lubiyatdan keyin nimalar dedi? 08 мая, 08:44 0
  • PSJ dan 30 ta zarba, 0 ta gol! 08 мая, 08:40 0
  • YECHL 1/2 final. "Borussiya" ikkinchi o‘yinda ham g‘alaba qozonib, ilk finalchiga aylandi 08 мая, 08:31 0
  • Isroil rasmiysi: “Isroil urushni to‘xtatmaydi” 08 мая, 00:13 109
  • Putin taktik yadro quroli bilan mashg‘ulot o‘tkazishni buyurdi. Bu nimani anglatadi? 07 мая, 23:49 226
  • Apple yangi iPad Air va iPad Pro taqdimotini o‘tkazdi 07 мая, 23:25 31
  • Mirjalol Qosimov: "O‘yinni tashlab yubormay, oxirigacha kurashganimiz meni quvontirdi" 07 мая, 23:03 81
  • Ro‘ziqul Berdiyev: "Tablodagi hisob 4:1 ko‘rinishiga kelganidan so‘ng xotirjamlikka berildik" 07 мая, 22:44 135
  • Bo‘limlar