“Real” agar natijalar qoniqarsiz ko‘rinish olaversa, Zinedin Zidanni iste’foga chiqarib yuborishi mumkin. Uning o‘rnini egallashga esa birinchi raqamli da’vogar sifatida “Tottenxem” ustozi Maurisio Pochettino ko‘rilmoqda. Bundan tashqari avvalroq Joze Mourinoning Madridga qaytishi mumkinligi haqida xabarlar paydo bo‘lgandi.