“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 17 2024, 02:32
ЎЗO‘Z

Trampga Zelenskiyga bosim o‘tkazgani uchun impichment e’lon qilinishi mumkinligi aytildi

23 sen, 06:00 3 197 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Trampga Zelenskiyga bosim o‘tkazgani uchun impichment e’lon qilinishi mumkinligi aytildi Adam Shiff/ Foto : AP
AQSh kongressining razvedka qo‘mita raisi Adam Shiff CNN telekanaliga AQSh prezidenti Donald Trampning Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyga bosim o‘tkazgani isbotlansa, unda prezident impichmenti vaziyatdan chiqishning yagona yo‘li bo‘lishi mumkinligini aytdi.

“Agar prezident harbiy yordamni ushlab tursa va shu bilan birga xorijiy yetakchini tahdidlar bilan qonunga xilof biror ishni qilishga majburlasa, prezident kampaniyasi bo‘yicha raqibini yomonotliq qilishga urinsa, unda impichment yagona yo‘l bo‘lishi mumkin”, deb aytgan Shiff.

Avvalroq The Wall Street Journal Tramp iyulda Zelenskiy bilan telefon orqali suhbatlashganda undan AQShning sobiq vitse-prezidenti Joy Baydenning o‘g‘li, 2019 yilgacha Ukrainaning Burisma Holdings gaz kompaniyasi direktorlar kengashi tarkibiga kirgan Xanter Baydenga nisbatan tergov boshlashni talab qilganini ma’lum qilgan. Bu ma’lumot paydo bo‘lgach, Bayden Trampni Ukraina prezidenti bilan suhbati stenogrammasini berishga chaqirgan. Tramp va Bayden 2020 yilgi prezident saylovlarida ishtirok etishni rejalashtirishgan.

Trampning aytishicha, bu suhbatda hech qanday muhim gap bo‘lmagan. U “yolg‘onchi” OAV va Demokratik partiyani ushbu voqeani to‘qib chiqarishda ayblagan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Iordaniyada Eron hujumi paytida urib tushirilgan raketalar internetda sotuvga qo‘yildi 17 apr, 00:39 26
  • Mashhur jarroh Timur Haydarov klinikasida tintuv o‘tkazildi, jinoyat ishi ochildi 17 apr, 00:23 52
  • Nyu-Yorkda Donald Tramp ustidan jinoiy sud jarayoni boshlandi 16 apr, 23:59 13
  • Eron-Isroil mojarosi: siyosatshunoslar qanday fikrda? 16 apr, 21:50 62
  • Crocus terakti bo‘yicha ayblanayotgan ikki tojikistonlik hibsga olinishi yuzasidan shikoyat qildi 16 apr, 18:30 483
  • Turkiya: “G‘azoni unutib qo‘ymang” 16 apr, 16:25 158
  • So'nggi yangiliklar
  • Iordaniyada Eron hujumi paytida urib tushirilgan raketalar internetda sotuvga qo‘yildi 17 apr, 00:39 26
  • Ispanlar Fayzullayevga e’tibor qaratdi... 17 apr, 00:30 57
  • Mashhur jarroh Timur Haydarov klinikasida tintuv o‘tkazildi, jinoyat ishi ochildi 17 apr, 00:23 51
  • SSKA Abbosbek Fayzullayev gol urgan o‘yinda “Baltika”ni ishonchli hisobda mag‘lub etdi 17 apr, 00:04 41
  • Nyu-Yorkda Donald Tramp ustidan jinoiy sud jarayoni boshlandi 16 apr, 23:59 13
  • Soch to‘kilishini bartaraf etadigan 8 ta mahsulot 16 apr, 23:07 31
  • Qarshi tumani prokuraturasi tergovchisi pora olayotganda ushlandi 16 apr, 22:45 80
  • 1 maydan elektr energiyasi va tabiiy gaz tariflari o‘zgaradi 16 apr, 22:16 86
  • Eron-Isroil mojarosi: siyosatshunoslar qanday fikrda? 16 apr, 21:50 62
  • Olimlar keksalikda ham aql-idrokni saqlab qolishning oddiy usullarini aniqladi 16 apr, 21:24 43
  • Shavkat Mirziyoyev 12 hududda oqsayotgan jarayon haqida gapirdi 16 apr, 21:00 127
  • Italiya futbolini yorituvchi L'Unione Sarda nashri: “Bu ikkisidan ehtiyot bo‘ling” 16 apr, 20:35 237
  • Bo‘limlar