“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 16:47
ЎЗO‘Z

Super-kontrakt narxlari e’lon qilindi

22 sen, 09:30 14 171 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Super-kontrakt narxlari e’lon qilindi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi super-kontraktlar haqida qo‘shimcha rasmiy ma’lumotlarni ma’lum qildi.
O‘qishdan yiqilib, kontraktning kirish chizig‘iga 4 balldan ortiq yetmagan hamda 56,7 balldan ko‘p ball to‘plagan abituriyentlar uchun super-kontraktning minimal miqdorlari tasdiqlandi.

Joriy yilda abituriyentlar uchun super-kontrakt to‘lashda quyidagi yengilliklar beriladi:

Ma’lumot uchun, kirish chizig‘iga 4 ballgacha yetmaganlar super-kontraktni quyidagi miqdorda to‘lashadi:
- 1 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun - 1,5 barobar;
- 1.1 balldan 2 ballgacha yetmaganlar uchun - 2,0 barobar;
- 2.1 balldan 3 ballgacha yetmaganlar uchun - 2,5 barobar;
- 3.1 balldan 4 ballgacha yetmaganlar uchun - 3,0 barobar.

Super-kontrakt narxlari
To‘plagan bali kirish chizig‘iga 4 balldan ortiq yetmagan, lekin 56,7 dan ko‘p ball to‘plagan abituriyentlar uchun super-kontrakt miqdorlari tasdiqlandi. Miqdorlar o‘tgan yilgidan deyarli o‘zgarmagan.

Eng qimmat miqdor yurisprudensiya yo‘nalishida — 25 barobar, ya’ni 229 mln 184 ming so‘m.
Keyingi o‘rinda tibbiyot yo‘nalishiniki — 20 barobar, ya’ni 170 mln 649 ming so‘m.

Qolgan yo‘nalishlar 10 va 15 barobar miqdorda belgilangan.







Eslatib o‘tamiz, ushbu narxlar minimal miqdor hisoblanadi. Joriy yildan boshlab OTMlar super-kontrakt narxini o‘zi mustaqil belgilaydi, faqat asosiy sharti minimal miqdordan kam bo‘lmasligi kerak. Ya’ni yurisprudensiyada super-kontrakt 229 mln so‘mdan kam bo‘lishi mumkin emas, lekin talabga qarab bundan qimmat bo‘lishi ham mumkin. Super-kontrakt narxining aniq qancha bo‘lishini OTMdan borib bilish mumkin.

56,7 balldan kam to‘plaganlar super-kontraktning kamida 2 barobarini to‘lashadi. Masalan, yurisprudensiya kamida 50 barobar, tibbiyot kamida 40 barobar va h.k.

Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev o‘z telegram kanalida sirtqi ta’lim uchun ham super-kontrakt bor-yo‘qligiga aniqlik kiritgan.
«Kimdan bunaqa gap chiqqan bilmadimu, lekin ko‘pchilik sirtqi ta’lim uchun super-kontrakt bo‘lmas ekan, shu rostmi, deb so‘rashmoqda.

Davlat qabul komissiyasi qaroriga nazar tashlasak, u yerda «bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari» deya umumiy belgilangan. Ya’ni tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt aynan kunduzgi ta’lim shakli uchun deya ko‘rsatilmagan. Ta’lim shakliga hech qanday cheklov yo‘q.

Bu degani sirtqi yoki kechki ta’lim shakllarda ham ham super-kontraktda o‘qish huquqi mavjud va yuqoridagi qoidalar ushbu ta’lim shakllari uchun ham amal qiladi», deya yozadi u.




Mavzuga oid yangiliklar
  • MIB xodimi va ikki soliqchi jinoyat ustida ushlandi 25 apr, 11:55 76
  • Atmosfera havosini zararlayotgan 500 dan ortiq avtomobil egalariga chora ko‘rildi 25 apr, 11:12 72
  • O‘zganing nomiga onlayn qarz olib, pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 25 apr, 10:35 63
  • Yashil hududlarda yashash depressiya va tashvishni kamaytiradi 25 apr, 06:38 92
  • Olimlar 2024 yilda kuchli jaziramadan aziyat chekishi kutiladigan hududlarni aytdi 24 apr, 22:42 554
  • Vazirning “dakki”si, bu ishlardan zerikkan Jo‘rayevlar oilasi va Botir Qodirovning iqrori... 24 apr, 21:37 519
  • So'nggi yangiliklar
  • Qirg‘izistonda elektromobillar yashil davlat raqamida harakatlanadi 25 apr, 15:45 4
  • Ukraina Vazirlar Mahkamasi: Xorijdagi 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan ukrainalik erkaklar endi pasport ololmaydi 25 apr, 15:22 11
  • Futzal. Osiyo chempionati 1/4 final: Vetnam qanday taslim etildi? (video) 25 apr, 15:06 16
  • Timur Kapadze matbuot anjumanida Saudiya Arabistoniga qarshi kechadigan bahs haqida nimalar dedi? 25 apr, 14:39 139
  • Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi 25 apr, 14:30 45
  • Tojikistonda 17 yoshli yigitni yashin urdi 25 apr, 14:11 135
  • Ukrainalik model dunyodagi eng uzun sochli ayol sifatida Ginnes rekordlari kitobiga kiritildi 25 apr, 13:43 75
  • Usmon Toshev: "Shubhasiz, Saudiyani yutishni xohlaymiz" 25 apr, 13:17 153
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 39
  • MIB xodimi va ikki soliqchi jinoyat ustida ushlandi 25 apr, 11:55 75
  • Moskva viloyati hukumati rahbarining sobiq o‘rinbosari qo‘lga olindi 25 apr, 11:33 163
  • Atmosfera havosini zararlayotgan 500 dan ortiq avtomobil egalariga chora ko‘rildi 25 apr, 11:12 72
  • Bo‘limlar