“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 20 2024, 21:30
ЎЗO‘Z

O‘zbekiston yakka sayyohlar uchun eng xavfsiz davlatlar qatoridan joy oldi

21 sen, 00:15 2 290 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekiston yakka sayyohlar uchun eng xavfsiz davlatlar qatoridan joy oldi Sayohatlar uchun mo‘ljallangan Wegoplace onlayn-servisi 2019 yilda yakka sayyohlar uchun eng xavfsiz hisoblangan davlatlar reytingi Solo Travel Safety Report 2019’ni e’lon qildi.
Bu haqda O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Aziz Adbuhakimov Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.
E’tiborlisi, O‘zbekiston ushbu reytingning yetakchi beshtaligidan joy oldi.

Hisobot 142 ta davlat vakillaridan bir necha mezon bo‘yicha so‘rovnoma asosida tuzilgan. Ularga tungi shahar bo‘ylab sayr vaqtida o‘zlarini qanchalik xavfsiz his qilishlari, mahalliy politsiyaga qanchalik ishonishlari va biror hujum yoki talonchilikka uchraganlari haqida savollar berilgan.

Natijalar esa eng yuqori xavfsizlik indeksiga Singapur (97 birlik) egaligini ko‘rsatgan. Undan keyingi o‘rinlarni Norvegiya, Islandiya va Finlyandiya egallagan, ulardan har birining xavfsizlik indeksi 93 birlikni tashkil qilgan. 5-o‘rinni esa 91 birlik bilan O‘zbekiston egallagan.

Undan keyingi o‘rinlarni Hongkong (91), Shveysariya (91), Kanada (90), Indoneziya (89) va Daniya (88) egallagan.

Davlatlar hisobotda 4 darajali xavfsizlik sxemasi bo‘yicha baholangan: 1-guruhga safar uyushtirish eng xavfsiz bo‘lgan, 4-guruhga esa borish qat’iyan tavsiya qilinmaydigan davlatlar kiritilgan.

O‘zbekiston 1-guruhga, ya’ni yakka sayyohlar o‘zlarini xavfsiz his qiladigan davlatlar qatoriga kiritilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Luis Enrike matbuot haqida: "It hurar, karvon o‘tar!" 20 apr, 20:33 0
  • Dilshod Rahmatov: «O‘yindan o‘yinga kuchayib boramiz. Maqsadimiz – chempionlik!» 20 apr, 18:00 22
  • Kuvayt U-23 bosh murabbiyi: "Futbolda barcha g‘alaba qozonishni xohlaydi, lekin biz yetarli tajribaga ega emasmiz" 20 apr, 17:45 69
  • Erta tongda jang: Bektemir Meliqo‘ziyev raqibidan og‘irroq tosh bosdi 20 apr, 16:08 86
  • “Yuventus” himoyasini titratib tashlagan Shomurodovning o‘yini qanday baholandi? 20 apr, 08:49 468
  • Osiyo Kubogi. O‘zbekiston futzal terma jamoasi Iroqni yirik hisobda mag‘lub etdi (video) 20 apr, 07:57 55
  • So'nggi yangiliklar
  • Fransiyalik siyosatchi Yevropa Ittifoqini jinoiy tashkilot deb atadi 20 apr, 20:51 0
  • Luis Enrike matbuot haqida: "It hurar, karvon o‘tar!" 20 apr, 20:33 0
  • Zelenskiyga ukrainaliklar haqida kutilmagan yangilik aytildi 20 apr, 20:05 0
  • “Chiqish yo‘q”: NATOning sobiq maslahatchisi G‘arbning Ukraina bo‘yicha vahimasi haqida gapirdi 20 apr, 19:38 13
  • Ijara haqi 1 million dollarlik villa: Telegram asoschisi Pavel Durov qayerda yashaydi? 20 apr, 19:09 34
  • O‘zbekistonda kelasi hafta boshida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 20 apr, 18:40 51
  • Doimiy quloq bitishi va bosh og‘rig‘i nimadan dalolat beradi? 20 apr, 18:13 22
  • Dilshod Rahmatov: «O‘yindan o‘yinga kuchayib boramiz. Maqsadimiz – chempionlik!» 20 apr, 18:00 22
  • Kuvayt U-23 bosh murabbiyi: "Futbolda barcha g‘alaba qozonishni xohlaydi, lekin biz yetarli tajribaga ega emasmiz" 20 apr, 17:45 69
  • Rossiya tanklari dronga qarshi yangi himoya bilan jihozlana boshladi (video) 20 apr, 17:20 129
  • O‘lim uchun ko‘paytirilayotgan 18 milliard hayvonlar haqida 20 apr, 16:51 211
  • Avtobusda yonidagi ayolga tegajog‘lik qilgan 45 yoshli erkak 15 sutkaga qamaldi 20 apr, 16:30 57
  • Bo‘limlar