“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 19 2024, 11:37
ЎЗO‘Z

Iqbol Mirzo: «O‘tgan yili shu taklifga qarsakbozlik qilganlar dabdabali to‘ylarning boshida turganini ko‘rdik»

20 sen, 22:38 3 421 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Iqbol Mirzo: «O‘tgan yili shu taklifga qarsakbozlik qilganlar dabdabali to‘ylarning boshida turganini ko‘rdik» To‘y-hashamlarni ixchamlashtirish borasida avvalo mansabdorlar boshqalarga o‘rnak ko‘rsatishi lozim. Bir necha kun oldin Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva tomonidan yangragan ushbu fikrni bugun ayni masala bilan shug‘ullanuvchi respublika komissiyasining raisi Iqbol Mirzo ham bildirib o‘tdi.

«Qaror ijrosini, eng avvalo, o‘zimizdan boshlashimiz kerak. Biz ham to‘ylar arafasida turibmiz. Hamma qarab turibdi: o‘zlari nima qilarkin? Atrofimizdagi tanishlar, qarindoshlarga to‘ylarni ixcham o‘tkazish bo‘yicha ma’lumot bersak, yaxshi bo‘lardi.

O‘tgan yili bu harakatni qo‘llab-quvvatlab, qarsakbozlik qilganlar dabadabali to‘ylarni boshida turganligini ko‘rdik», – dedi Iqbol Mirzo to‘y-hashamlarni tartibga solish uchun yangi tashkil etilgan komissiyaning ilk yig‘ilishida.

Yig‘ilishda bildirilgan takliflarga ko‘ra, mahalladagi obro‘-e’tiborli insonlarning to‘yini namuna qilib o‘tkazish kerak. Agar bir necha odamlarning to‘yi ixcham va kamtarona tarzda o‘tsa, ko‘zlangan natijaga erishish mumkin.

Ta’kidlanishicha, qarorga birinchi bo‘lib rahbar va amaldorlar rioya qilishi zarur. O‘shanda odamlar ularga ergashadi.

Anjumanda komissiya a’zolari tomonidan «To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar o‘tkazilishini tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi qo‘shma qaror mazmun-mohiyatini qanday qilib xalqqa tushuntirish, targ‘ibotini amalga oshirish va mavzu atrofida aylanayotgan savollar yuzasidan shu va boshqa qator mulohazalar bildirildi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Telegram orqali soxta havola jo‘natib, o‘zgalar kartasidagi pulni o‘g‘irlagan shaxs ushlandi 19 apr, 10:44 0
  • Markaziy Osiyo davlatlari 2024 yil yozi uchun Amudaryo va Sirdaryo suvini taqsimlab oldi 18 apr, 21:45 302
  • Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon bayonot bilan chiqdilar 18 apr, 20:00 423
  • O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida ittifoqchilik munosabatlari o‘rnatildi 18 apr, 17:40 99
  • Toshkentda daraxtga qasd qilgan «maskalilar» qo‘lga olindi 18 apr, 17:23 246
  • Jinoiy ish qo‘zg‘atilgach kelishuvga erishildi 18 apr, 16:48 183
  • So'nggi yangiliklar
  • Telegram orqali soxta havola jo‘natib, o‘zgalar kartasidagi pulni o‘g‘irlagan shaxs ushlandi 19 apr, 10:44 0
  • “Bayer” klubi mag‘lubiyatsiz seriya bo‘yicha rekord o‘rnatdi 19 apr, 10:24 0
  • Turkiya shimolida 5,6 magnitudali zilzila yuz berdi (video) 19 apr, 10:00 0
  • Isroil dronlar orqali Eronga zarba berdi 19 apr, 09:35 93
  • NASA: Xitoy Oyni o‘ziniki qilib olmoqchi 19 apr, 09:09 72
  • Ibrohimhalil Yo‘ldoshev: "Klubim meni qo‘yib yubormoqchi emasdi, biroq..." 19 apr, 08:50 75
  • Yens Stoltenberg: “Ukraina harbiylar yetishmovchiligi muammosini o‘zi hal qilishi kerak” 19 apr, 08:26 69
  • U-23 Osiyo Kubogi. Qatar Iordaniyaga qarshi bahsda so‘nggi daqiqalarda g‘alabani ilib ketdi 19 apr, 08:08 67
  • Yevropa ligasi. "Milan" va "Liverpul" musobaqani tark etdi, "Bayer" va "Roma" esa yarim finalda! 19 apr, 07:48 99
  • Shirinliklar yuz terisiga qanday ta’sir ko‘rsatadi? 19 apr, 07:30 44
  • Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi 19 apr, 07:00 148
  • Zelenskiyga ehtimoliy suiqasdning tafsilotlari oshkor bo‘ldi 19 apr, 06:30 276
  • Bo‘limlar