“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 12:41
ЎЗO‘Z

Infarkt va insult xavfini ikki baravar kamaytirishning oddiy usuli topildi

19 sen, 11:55 8 186 ---
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Infarkt va insult xavfini ikki baravar kamaytirishning oddiy usuli topildi Foto: «Rambler»
«Heart» jurnalida chop etilgan tadqiqotga ko‘ra, haftasiga 1-2 marta kunduzi ozgina mizg‘ib olish insult va infarkt xavfini qariyb 50 foizga kamaytiradi.

«RAMBLER»ning yozishicha, Lozanna universiteti (Shveysariya) olimlari sakkiz yil davomida 35 — 75 yoshlardagi 3262 nafar bemorni kuzatishgan. Amaliyot boshlanishidan oldin ularning hech birida yuragi bilan bog‘liq muammo bo‘lmagan. Biroq tajriba davomida 155 kishiga yurak-qon tomir kasalliklari tashxisi qo‘yildi. Ularni kuzatish natijasida quyidagilar aniqlandi: haftasiga 1-2 marta kunduzi muntazam ozgina uxlab olgan bemorlarda infarkt va insult soni kunning yorug‘ paytida uxlashga odatlanmaganlarga qaraganda 48 foiz kam qayd etilgan.

Olimlarning so‘zlariga ko‘ra, yurak-qon tomir kasalliklari kelib chiqish xavfining past darajasi hatto chekish va ortiqcha vazn kabi salbiy omillarda ham saqlanib qolgan.
Shunga ko‘ra kunduzi 30 daqiqa mizg‘ib olish uyquga to‘ymaslikning o‘rnini qoplaydi, yurak-qon tomir tizimi holatini yaxshilaydi va immun tizimiga tushadigan yuklamani kamaytiradi.

Biroq olimlar 65 yoshdan oshgan kishilarda yurak-qon tomir kasalliklari xavfi kamayish tamoyilini qayd etishmagan.
Tadqiqot mualliflarining aytishicha, keksa yoshdagi odamlarning salomatligini faqat kunduzgi uyqu bilan yaxshilab bo‘lmaydi.

Tadqiqot chog‘ida aniqlangan qiziqarli fakt: kunduzi tez-tez va ko‘p uxlash salomatlikka ijobiy ta’sir ko‘rsatmagan, aksincha, sog‘lik bilan bog‘liq muammolardan darak bergan. Olimlar fikriga ko‘ra, bu toifa kishilarda kunduzgi uyquchanlikni lohaslik, kasalliklar chaqiradi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi 24 apr, 20:50 175
  • Ilmiy tadqiqot: D vitamini tanqisligi bedavo kasalliklarga olib kelishi mumkin 24 apr, 14:14 88
  • Organizmda tromb hosil bo‘lganining 10 ta belgisi 24 apr, 07:22 292
  • Quruq yo‘talni yumshatishda yordam beradigan uchta xalqona usul 22 apr, 15:13 133
  • Qaysi odatlar saraton rivojlanishiga olib kelishi mumkin? 21 apr, 12:27 209
  • Nima uchun ba’zida vazn yo‘qotish haqidagi maqtovlar haqoratomuz deb qabul qilinadi? 20 apr, 23:08 64
  • So'nggi yangiliklar
  • MIB xodimi va ikki soliqchi jinoyat ustida ushlandi 25 apr, 11:55 2
  • Moskva viloyati hukumati rahbarining sobiq o‘rinbosari qo‘lga olindi 25 apr, 11:33 16
  • Atmosfera havosini zararlayotgan 500 dan ortiq avtomobil egalariga chora ko‘rildi 25 apr, 11:12 30
  • Xose Venansio Lopes: Raqibimiz jahonning eng kuchli terma jamoalaridan biri ekanini yaxshi bilamiz 25 apr, 11:05 82
  • O‘zganing nomiga onlayn qarz olib, pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 25 apr, 10:35 36
  • Pentagon Ukrainaga yangi yordam paketining tarkibini ochiqladi 25 apr, 10:11 101
  • Isroil Madrimov—Terens Krouford boks oqshomining kardi e’lon qilindi 25 apr, 09:48 39
  • Isroil Madrimov: Kroufordni hurmat qilaman, lekin bu mening divizionim 25 apr, 09:29 82
  • Xavi “Barselona”dagi faoliyatini davom ettirishga rozi bo‘ldi 25 apr, 09:10 44
  • Xonanda Avazbek Olimovdan “Sevar yorim” qo‘shig‘ini ruxsatsiz kuylab kelayotgani uchun 540 mln so‘m undirish so‘ralmoqda 25 apr, 08:44 233
  • Qozog‘iston bosh vaziri o‘rinbosari Kobulda “Tolibon” vakillari bilan uchrashdi 25 apr, 08:20 215
  • Bayden tegishli qonunni imzoladi: AQSHda TikTok bloklanishi mumkin 25 apr, 07:46 37
  • Bo‘limlar