“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 07:21
ЎЗO‘Z

Dilshodbek Ro‘zmetov ham chorak finalga chiqdi

17 sen, 23:42 2 755 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Dilshodbek Ro‘zmetov ham chorak finalga chiqdi Rossiyaning Yekaterinburg shahrida o‘tkazilayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatida O‘zbekiston boks terma jamoasining yana bir vakili chorak finalga yo‘llanma oldi.

-81 kilogramm vazn toifasidagi Dilshodbek Ro‘zmetov nimchorak finalda ruminiyalik Andrei Aradauga qarshi ringga ko‘tarilib, 5:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Shu tariqa chorak finalga yo‘l olgan o‘zbekistonlik bokschilar soni to‘rt nafarga yetdi.
Bungacha O‘zbekiston boks terma jamoasining -52 kg vazn toifasidagi vakili Shahobiddin Zoirov, -57 kg vazn toifasidagi Miraziz Mirzaxalilov va -69 kilogramm vazn toifasidagi Bobousmon Baturov chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritishgandi.

Terma jamoaning uch vakili esa turnirdagi ishtirokini erta yakunladi. Biroz oldinroq, -91 kg vazn toifasidagi Sanjar Tursunov hindistonlik Sanjit Sanjitga yutqazib, turnirdagi ishtirokini yakunladi. Ungacha -75 kg vazn toifasi vakili Fanat Qahramonov va -63 kg vazn toifasidagi Elnur Abduraimov ham turnirni nimchorak finaldan tark etgandi.

Endi O‘zbekiston terma jamoasining +91 kg vazn toifasidagi vakili Bahodir Jalolov ukrainalik Sotne Rogavaga qarshi chorak final yo‘llanmasi uchun jang olib boradi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq Vetnamni mag‘lub etib yarim finalga yo‘l oldi 27 apr, 01:17 66
  • Husain Norchayev: Bugun imkoniyatlarimizdan foydalanib g‘alaba qozondik 27 apr, 00:22 51
  • Timur Kapadze Saudiya Arabistoni ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng nimalar dedi? 26 apr, 23:36 156
  • Isroil Madrimov o‘z divizionida yengilmas Kroufordga “non” bermoqchimas! 26 apr, 23:30 64
  • Xose Venansio Lopes: "Himoyada ham, hujumda ham ajoyib harakat qila oldik" 26 apr, 22:53 94
  • Futzal, Osiyo kubogi. Eron O‘zbekistonni mag‘lub etib, finalga yo‘l oldi 26 apr, 21:39 91
  • So'nggi yangiliklar
  • Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik ishchi odamlarni yong‘indan qutqardi 27 apr, 07:00 0
  • Nihol qalamchasini tayyorlash, ekish va parvarish qilish uchun muhim tavsiyalar berildi 27 apr, 06:30 0
  • «Krokus»dagi terakt ishi bo‘yicha yana bir tojikistonlik qo‘lga olindi 27 apr, 06:03 0
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 15
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq Vetnamni mag‘lub etib yarim finalga yo‘l oldi 27 apr, 01:17 66
  • Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi 27 apr, 00:26 28
  • Husain Norchayev: Bugun imkoniyatlarimizdan foydalanib g‘alaba qozondik 27 apr, 00:22 51
  • Peskov: AQSH Ukrainadagi mojaroda bevosita ishtirok etmoqda 27 apr, 00:00 63
  • Timur Kapadze Saudiya Arabistoni ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng nimalar dedi? 26 apr, 23:36 156
  • Isroil Madrimov o‘z divizionida yengilmas Kroufordga “non” bermoqchimas! 26 apr, 23:30 64
  • Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi 26 apr, 23:10 88
  • Xose Venansio Lopes: "Himoyada ham, hujumda ham ajoyib harakat qila oldik" 26 apr, 22:53 94
  • Bo‘limlar