“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 09:01
ЎЗO‘Z

Avtomobillarga uch foizlik yig‘imni xaridor emas, ishlab chiqaruvchi to‘laydi

17 sen, 23:26 4 004 Avto
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Avtomobillarga uch foizlik yig‘imni xaridor emas, ishlab chiqaruvchi to‘laydi Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 18 iyuldagi PQ–4397-son “O‘zbekiston Respublikasi avtomobil sanoatini jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida ko‘rsatilgan ayrim talablar noto‘g‘ri talqin qilinish holatlari uchramoqda.

Jumladan, yurtimizda ishlab chiqarilgan yangi avtotransport vositalarini sotib olganlik uchun uch foizdan iborat bo‘lgan yig‘im avtotransport vositalarini sotib oluvchilar tomonidan avtomobil xarid qilayotgan chog‘ida avtomobil narxi bilan birga amalga oshirishi lozimligi, buning uchun joriy yilning 1 oktyabriga qadar dilerlik korxonasi bilan oldi-sotdi shartnomasini imzolagan, ammo hali avtomobilini olmagan xaridorlar bilan qo‘shimcha kelishuv imzolanishi hamda xaridor tomonidan mazkur to‘lov avtomobilni qabul qilib olish chog‘ida dilerlik korxonasiga to‘lanishi kerak haqidagi xabarlar tarqatilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 18 iyuldagi PQ–4397-son “O‘zbekiston Respublikasi avtomobil sanoatini jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida 2019 yil 1 oktyabrdan boshlab yurtimizda ishlab chiqarilgan yangi avtotransport vositalarini sotib olganlik uchun yig‘im avtotransport vositalari ishlab chiqaruvchilari tomonidan to‘lanishi belgilangan.

Hozirda amalda bo‘lib turgan tartibga asosan yangi (avval foydalanilmagan) avtotransport vositalarini xarid qilganlik uchun to‘lov xarid narxidan uch foizdan iborat bo‘lib, avtotransport vositasi Ichki ishlar vazirligi organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilishida avtotransport vositasi egasi (foydalanuvchi) tomonidan to‘lanishi lozim.

Ya’ni avval avtomobil xarid qilayotgan avtomobil egasi ushbu avtotransport vositasini ichki ishlar organlarida ro‘yxatdan o‘tkazayotganida uch foizlik yig‘imni to‘lab kelgan bo‘lsa, endilikda joriy yil 1 oktyabrdan boshlab mamlakatimizda ishlab chiqarilgan avtotransport vositasi xarid qilinganlik uchun ushbu yig‘im avtotransport vositalari ishlab chiqaruvchilari tomonidan to‘lanadigan bo‘ldi.

Fuqarolik kodeksiga muvofiq qonunlarda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, shartnoma taraflarning kelishuviga muvofiq o‘zgartirilishi va bekor qilinishi mumkin. Shartnoma tuzishga majbur qilishga esa yo‘l qo‘yilmaydi.

Shunga ko‘ra, shartnomada avtomobil uchun to‘lanadigan haq miqdorini o‘zgartirish nazarda tutilmagan bo‘lsa, u holda shartnoma shartlarini bir tomonlama o‘zgartirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Buning uchun shartnoma bo‘yicha har ikkala tarafning roziligi talab etiladi, shartnoma tuzish burchi qonunda yoki olingan majburiyatda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

Tanlov asosida diler korxonalar va sotib oluvchilar o‘rtasida tuzilgan shartnomalar tahlili shartnoma narxi faqatgina avtomobilga qo‘shimcha opsiyalar o‘rnatilganda o‘zgarishi mumkinligi belgilanganligini ko‘rsatdi.

Yuqoridagilarga ko‘ra, 1 oktyabrga qadar dilerlik korxonasi bilan oldi-sotdi shartnomasini imzolagan, ammo hali avtomobilini olmagan xaridorlar bilan yangi avtotransport vositalarini sotib olganlik uchun uch foizdan iborat bo‘lgan yig‘imni dilerlik korxonasiga to‘latish bo‘yicha qo‘shimcha kelishuv tuzishga bo‘lgan bir tomonlama urinish qonun hujjatlariga ziddir.
T.Azimov,
Adliya vazirligi mas’ul xodimi




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi 24 apr, 10:02 194
  • O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan? 22 apr, 18:53 159
  • Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi 22 apr, 16:22 214
  • O‘zbekiston avtomobil bozorida ketma-ket uchinchi oy faollikning pasayishi kuzatildi 20 apr, 14:03 139
  • Shavkat Mirziyoyev Jizzaxdagi avtomobil zavodi faoliyati bilan tanishdi (foto) 08 apr, 20:30 373
  • O‘zbekistonda elektromobillarga o‘tish tendensiyasi qanday ketyapti? 03 apr, 20:28 208
  • So'nggi yangiliklar
  • Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik ishchi odamlarni yong‘indan qutqardi 27 apr, 07:00 63
  • Nihol qalamchasini tayyorlash, ekish va parvarish qilish uchun muhim tavsiyalar berildi 27 apr, 06:30 13
  • «Krokus»dagi terakt ishi bo‘yicha yana bir tojikistonlik qo‘lga olindi 27 apr, 06:03 80
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 52
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq Vetnamni mag‘lub etib yarim finalga yo‘l oldi 27 apr, 01:17 125
  • Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi 27 apr, 00:26 45
  • Husain Norchayev: Bugun imkoniyatlarimizdan foydalanib g‘alaba qozondik 27 apr, 00:22 88
  • Peskov: AQSH Ukrainadagi mojaroda bevosita ishtirok etmoqda 27 apr, 00:00 98
  • Timur Kapadze Saudiya Arabistoni ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng nimalar dedi? 26 apr, 23:36 220
  • Isroil Madrimov o‘z divizionida yengilmas Kroufordga “non” bermoqchimas! 26 apr, 23:30 89
  • Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi 26 apr, 23:10 132
  • Xose Venansio Lopes: "Himoyada ham, hujumda ham ajoyib harakat qila oldik" 26 apr, 22:53 124
  • Bo‘limlar