“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 29 2024, 13:26
ЎЗO‘Z

Alisher Sa’dullayev to‘ylar haqida. «Yosh do‘stlarimga yetkazing»

16 sen, 21:35 3 442 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Alisher Sa’dullayev to‘ylar haqida. «Yosh do‘stlarimga yetkazing» «Moziyga qaytib ish ko‘rmoq xayrlik» deydilar.
Abdulla Qodiriy

Do‘stlar, qariyb bir asr oldin, 1915 yilda Qodiriy hazratlarining to‘y haqida yozgan bitiklarini o‘qib juda hayratlandim. E’tiborimni tortgani Qodiriy hazratlari to‘y o‘sha davr insonlarini ham ikkiga ajratib, tabaqalantirib qo‘yayotgani va kim o‘zarga to‘yni bir-biridan oshirib, insonlar bor-budini sarflayotganini kuyinib qalam bilan bitgan ekanlar.

Yana bir jihati Qodiriy boy va faqirlarga murojaat ila «To‘yni Qur’on ham shariat ham amr etmagani» (xalqqa nikohni bildirib qo‘yish aslida joiz ekanligi) va har qanday masalada me’yor bo‘lishi, ayniqsa, to‘ydagi isrofdan saqlanishni juda xohlaganliklari bitiklarda o‘z aksini topgan. Rosti, bu bitiklarni bir necha bora o‘qib, nahotki jamiyatimizda 100 yil oldin ham bu illat bo‘lgani va eng alamlisi uning hozir ham saqlanib qolgani, hatto to‘yni dabdaba bilan o‘tkazish undan ham avj olgani bizni tashvishlantiradi.

Menimcha shunchaki bir da’vat bilan bu illatni yo‘qotib bo‘lmaydi, aksincha har bir shaxs, xoh u davlat arbobi bo‘lsin, xoh fuqaro o‘zini isloh qilishi hamda shaxsiy namuna ko‘rsatsagina bu illatni yo‘qota olish imkoni paydo bo‘lsa kerak. Hech bo‘lmaganda Siz yoshlar, «mahalla, qo‘ni-qo‘shni va atrofdagilar nima deydi?» degan o‘ylardan saqlaning.

Katta avlod vakillarining e’tiborlarini dabdaba, baxtli yashashingiz uchun shart bo‘lmagan sarpolar, uzundan-uzun kortejlar va barchadan qoladigan «qo‘l-qo‘yib bo‘lmas» deb maqtaniladigan to‘y dasturxonlaridan qaytarib, siz uchun muhim bo‘lgan ota-onangizning oq fotihasi, mo‘’jazgina makon, yaxshi markab, dunyoqarashingizni boyitishi mumkin bo‘lgan kichik sayohat va eng muhimi tinchlik ne’matlarini taqdim etishlarini so‘rang. Quyidagi bitiklarni e’tiboringizga havola qilaman, xulosa esa o‘zingizdan.

To‘y
Qildi bu vaqt bizda javlon to‘y,
Oqchasi yo‘qni etdi hayron to‘y.

Bir-biridan oshurdilar to‘yni,
Topdi ravnaq, hayrati-la boyon to‘y.

Besh kun to‘yni so‘ngidin
Ketibon mulklar bois fig‘on to‘y.

Boyon to‘yig‘a yerlilar qarab
Etdi sarf toki tandagi jon to‘y.

Ey g‘aniylarimiz, ey faqirlarimiz,
Amr etubdurmi bizg‘a Qur’on to‘y?

Mundayin ishlar shar’imizda yo‘q,
Kori maj’us, kori shayton to‘y.

Ishlamas shunday ahllik kishi,
Yo‘lamas aslo ahli vijdon to‘y.

O‘tsa to‘y birla yozu qishimiz,
Aylagay bizni yerg‘a yakson to‘y.

Kelingiz do‘stlar, din qarindoshlar,
Tashlasun bo‘lsa gar musulmon to‘y.

Abdulla Qodiriy, Sadoyi Turkiston
1915 yil, 64-son, 20 mart, 2-bet


*G‘aniy - boy.
*Kori maj’us - maj’usiyning (otashparastning) ishi
----------------------------
Alisher Sa’dullayev
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi




Mavzuga oid yangiliklar
  • Sirdaryoda egizaklarini bir xonali uyga almashtirmoqchi bo‘lgan ota-onaga hukm o‘qildi 29 mar, 09:36 50
  • O‘zganing fotosuratlari ustiga haqoratli so‘zlar yozib, ijtimoiy tarmoqda tarqatgan ayol ushlandi 29 mar, 08:48 83
  • Mirziyoyev Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni xalq hukumati raisi bilan uchrashdi 28 mar, 20:40 102
  • Qashqadaryo viloyatida sudya qo‘lga olindi 28 mar, 20:20 217
  • Jizzaxda energiya resurslaridan 7,5 milliard qarzdorliklar majburiy undirildi 28 mar, 19:31 55
  • Surxondaryoda YTHda haydovchi ayol va uning farzandlari halok bo‘ldi 28 mar, 19:08 279
  • So'nggi yangiliklar
  • Polshada Rossiya josuslik tarmog‘i ishi bo‘yicha tintuvlar o‘tkazildi 29 mar, 12:39 0
  • Samsung o‘z tarixidagi eng yaxshi selfi kamerali smartfonni namoyish etdi 29 mar, 12:12 1
  • Vadim Abramov: "Bunday sifatli va saviyali futbolchiga doim tarkibda joy topiladi" 29 mar, 11:50 5
  • Chexiya yevropalik siyosatchilarni Rossiyadan pora olish sxemasini fosh etganini da’vo qilmoqda 29 mar, 11:20 22
  • Shomurodovning ahvoli haqida ma’lumot berildi 29 mar, 10:53 107
  • So‘rovnoma: Nursulton Ro‘ziboyev 1-raunddayoq raqibini "uxlatib" qo‘yadi 29 mar, 10:25 49
  • Ronalduning libosini kiygan taniqli bloger Messiga aloqador restorandan haydab yuborildi 29 mar, 10:02 85
  • Sirdaryoda egizaklarini bir xonali uyga almashtirmoqchi bo‘lgan ota-onaga hukm o‘qildi 29 mar, 09:36 50
  • Qozog‘istonning bir qancha hududlari toshqinlar tufayli suv ostida qoldi 29 mar, 09:08 90
  • O‘zganing fotosuratlari ustiga haqoratli so‘zlar yozib, ijtimoiy tarmoqda tarqatgan ayol ushlandi 29 mar, 08:48 83
  • Shohjahon Ergashev panamalik bokschini birinchi raunddayoq nokautga uchratdi (video) 29 mar, 08:35 183
  • Oq uy Ukrainaning «Krokus» teraktiga aloqadorligi haqidagi bayonotlarni «targ‘ibot» deb atadi 29 mar, 08:08 94
  • Bo‘limlar