“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 18 2024, 10:41
ЎЗO‘Z

«Senat tomoshabin emas». AQShda uyg‘urlar huquqlariga doir qonun qabul qilindi

16 sen, 07:10 4 076 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Senat tomoshabin emas». AQShda uyg‘urlar huquqlariga doir qonun qabul qilindi AQSh qonun chiqaruvchi idorasi – Kongress. Foto: AP
AQSh Senati uyg‘urlar haq-huquqlarini himoya qilishga doir qonun loyihasini (Uyghur Human Rights Policy Act) qabul qildi. Ikki partiya hamkorligida tayyorlangan qonun loyihasi Xitoyning Shinjon-uyg‘ur muxtor o‘lkasida yashovchi uyg‘urlar hamda boshqa musulmon elatlarning huquqlari buzilishiga qarshi kurashda muhim qadam ekani aytilmoqda.

Mazkur qonun tashabbuskorlaridan biri, respublikachi senator Mark Rubioning qayd etishicha, Qo‘shma Shtatlar Shinjonda kuzatilayotgan shafqatsiz xarakterdagi inson huquqlari buzilishi, jumladan, bir milliondan ziyod uyg‘urlar va musulmon ozchilikning «siyosiy tarbiyalash» lagerlarida saqlanayotgani uchun Xitoy hukumati va kommunistik partiya vakillarini allaqachon jazoga tortishi kerak edi.

«Mazkur qonunning qabul qilinishi Kongress millionlab uyg‘ur musulmonlari adolatsiz ravishda qamoqqa tashlangani, ommaviy ta’qib etilayotgani va qattiq tartibdagi mehnat lagerlariga yuborilayotganiga tomoshabin bo‘lib turmasligini ko‘rsatmoqda», — dedi qonun loyihasining yana bir tashabbuskori, demokratik partiya vakili Bob Menendes.

Senat tomonidan qabul qilingan hujjatga ko‘ra, Davlat departamentida Shinjon o‘lkasi bo‘yicha maxsus vakil lavozimi joriy etiladi. Yangi qonun Federal qidiruv byurosi va boshqa mas’ul idoralarga Kongressni Shinjon-uyg‘ur o‘lkasidagi vaziyatdan muntazam xabardor etib turish, AQSh fuqarolariga Xitoy hukumati tomonidan ehtimoliy tahdidlarning oldini olish majburiyatini ham yuklaydi. Hujjatda, shuningdek, jazo lagerlari faoliyatiga aloqador amaldor va kompaniyalarga qarshi jazo choralarini qo‘llash, axborot maydonida faollikni oshirish hamda dezinformatsiyaga qarshi kurash ko‘zda tutilgan.

Amaldagi tartibga ko‘ra, Senat tomonidan qabul qilingan qonun Vakillar palatasida ma’qullanishi talab etiladi. So‘nggi bosqichda esa qonun mamlakat prezidenti tomonidan imzolanadi.

Rasmiy Pekin AQSh Senatida uyg‘urlar huquqlarini himoya qilishga doir qonun qabul qilinishini keskin qoraladi. Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Xua Chunin bu hodisani Xitoyning ichki ishlariga aralashuv deb atab, mazkur qonun Pekin va Vashington munosabatlariga zarar yetkazishidan ogohlantirdi.

AQSh Davlat departamenti hisobotiga ko‘ra, Xitoy tomoni Shinjon-uyg‘ur muxtor o‘lkasida yashovchi 800 mingdan 2 milliongacha uyg‘ur, qozoq va boshqa millatlarga mansub musulmonlarni lagerlarda tutqunlikda saqlamoqda.

Qayd etilishicha, sudsiz, tergovsiz joriy etilgan ushbu jazo usuli mahalliy musulmonlarni o‘z dini va milliy o‘zligidan mahrum etish va to‘liq xitoylashtirishga qaratilgan. Davlat departamenti hisobotida lagerlarda ruhiy va jismoniy zo‘ravonlik avj olgani, shinjonlik musulmonlar namoz o‘qigani yoki ro‘za tutgani uchungina jazolanayotgani xabar qilingan.

Prezident Donald Tramp global miqyosda diniy erkinliklarni qo‘llab-quvvatlashni tashqi siyosatning ustuvor yo‘nalishi deb e’lon qilgani ma’lum. Inchunin, Oq uy ma’muriyati Shinjon-uyg‘ur muxtor o‘lkasida mahalliy musulmonlar huquqlari buzilishi yuzasidan ham rasmiy Pekinga ko‘pdan beri e’tiroz bildirib keladi. Qo‘shma Shtatlar Xitoy rahbariyatidan «madaniy genotsid»ni to‘xtatishni talab qilarkan, aks holda, iqtisodiy jazo choralari joriy etilishidan ogohlantirgan.

BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashi ham Shinjon-uyg‘ur muxtor o‘lkasida ko‘p sonli yopiq lagerlarda mahalliy musulmonlar tutqinlikda saqlanayotganini qoralagan. Xitoy tomoni esa yopiq lagerlarda uyg‘urlar va boshqa kam sonli millatlarga mansub musulmonlar qiynoqqa solinayotgani haqidagi xabarlarni inkor etadi. Rasmiy Pekinga ko‘ra, ekstremizmga moyil aholini qayta tarbiyalashga yo‘naltirilgan ta’lim va kasb-hunar markazlari faoliyati noto‘g‘ri talqin qilinmoqda.
Manba: Xabar.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Bayden Ukraina va Isroilga yordam to‘g‘risidagi qonunlarni qo‘llab-quvvatladi 18 apr, 10:00 1
  • 20 davlat Ukraina uchun yarim millionta o‘q-dori sotib oladi 18 apr, 09:39 8
  • Yevropa komissiyasi raisi: Rossiyaning urushdagi g‘alabasi YEIga juda qimmatga tushadi 18 apr, 09:15 54
  • Ukrainadagi urushda qancha rus askari halok bo‘lgani ma’lum qilindi 17 apr, 22:50 236
  • Pokiston Afg‘oniston va Eron bilan chegaralari yaqinidagi ikkita bazasini AQSHga topshirdi 17 apr, 21:27 223
  • Qozog‘istonda milliarderlar toshqindan zarar ko‘rgan hududlarga «biriktiriladi» 17 apr, 20:38 212
  • So'nggi yangiliklar
  • 20 davlat Ukraina uchun yarim millionta o‘q-dori sotib oladi 18 apr, 09:39 8
  • Yevropa komissiyasi raisi: Rossiyaning urushdagi g‘alabasi YEIga juda qimmatga tushadi 18 apr, 09:15 54
  • “Eldorda bunaqasini ko‘rmagandik”. Raneri Shomurodov haqida yana nimalar dedi? 18 apr, 09:09 110
  • «Prava» rasmiylashtirib berishini aytib, fuqarolarni chuv tushirib kelgan shaxs ushlandi 18 apr, 08:34 8
  • “Bavariya” “Arsenal”ni minimal hisobda mag‘lub etib, yarim finalga yo‘l oldi (video) 18 apr, 08:29 25
  • “Real” penaltilar seriyasida “Manchester Siti”ni mag‘lub etib, yarim finalga yo‘l oldi! 18 apr, 08:25 33
  • Shomurodov, navbat “Yuventus”ga! 18 apr, 00:18 424
  • Malayziya OTJ bosh murabbiyi: "Bugun musobaqaning eng kuchli jamoalaridan biriga qarshi o‘ynadik" 18 apr, 00:02 141
  • OCHL. "Al Ayn" kutilmaganda yarim finalning ilk o‘yinida "Al Hilol"ni mag‘lub etdi 17 apr, 23:59 123
  • O‘zbekistonda piyoz narxi keskin arzonlashdi. Bunga sabab nimada? 17 apr, 23:53 212
  • Ulug‘bek Hoshimov: "Hujumchi pozitsiyasiga 3-4 futbolchi da’vogarlik qilmoqda" 17 apr, 23:36 87
  • Timur Kapadze Malayziya ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng nimalar dedi? 17 apr, 23:10 132
  • Bo‘limlar