Rossiyaning Yekaterinburg shahrida havaskor boks bo‘yicha jahon chempionati davom etmoqda. Hozirgina -57 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Mirazizbek Mirzahalilov o‘zining jahon chempionatidagi ilk jangini o‘tkazdi.
Charm qo‘lqop ustamiz braziliyalik Duglas de Andradega qarshi ringga ko‘tarildi va raqibini katta ustunlik bilan 5:0 hisobida dog‘da qoldirdi.