“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 20 2024, 08:42
ЎЗO‘Z

Messisiz “Barselona” o‘zida “Valensiya”ga beshta gol urdi (video)

15 sen, 11:35 2 464 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Messisiz “Barselona” o‘zida “Valensiya”ga beshta gol urdi (video) Ispaniya chempionatining 4-turidan o‘rin olgan “Barselona” – “Valensiya” uchrashuvi o‘z yakuniga yetdi. “Kamp Nou”da bo‘lib o‘tgan bahsda mezbonlar yiriq hisobdagi g‘alabani qo‘lga kiritishdi.

Uchrashuvning 2-daqiqasidayoq 16 yoshli Ansu Fati Frenki de Yongning uzatmasidan keyin katalonlarni oldinga olib chiqdi. Oradan ko‘p o‘tmay de Yong ham o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi, unga pasni Fati uzatib berdi.

27-daqiqada Kevin Gameyro hisobni qisqartirishga erishdi. Ikkinchi bo‘lim debyutida Antuan Grimanning zarbasini Yasper Sillessen bartaraf etdi, biroq qaytgan to‘pni Xerard Pike bo‘sh qolgan darvozaga joylab qo‘ydi. 61-daqiqada Luis Suares zaxiradan tushiboq ilk zarbasini golga aylantirdi.

82-daqiqada Suares jamoasining uzoq davom etgan kombinatsiyasini gol bilan yakunladi. Hakam tomnidan qo‘shib berilgan vaqtda Maksi Gomes valensiyaliklarning ikkinchi golini urdi.
Shu tariqa, “Barselona” ochkolarini 7taga yetkazib oldi va to‘rtinchi o‘ringa ko‘tarildi.

"Barselona" - "Valensiya" 5:2
Gollar:
Ansu Fati (2), Frenki De Yong (7), Jerar Pike (52), Luis Suares (61), Luis Suares (82) - Kevin Gameyro (27), Maksimiliano Gomes (90+2).
"Barselona": ter Stegen, Pike, Semedu, Langle, Alba, Buskets, Artur, Fati, de Yong, Karles Peres, Grizmann.
"Valensiya": Sillessen, Gayya, Gabriel Paulista, Garay, Vass, Parexo, Koklen, Ferran Torres, Gedesh, Rodrigo, Gameyro.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Osiyo Kubogi. O‘zbekiston futzal terma jamoasi Iroqni yirik hisobda mag‘lub etdi (video) 20 apr, 07:57 0
  • Janni Infantino: "Bu buyuk mamlakat – O‘zbekistondagi birinchi FIFA turniri bo‘ladi" 20 apr, 02:02 115
  • Abbosbek Fayzullayevning qachon Qatarga borishi aniq bo‘ldi! 20 apr, 01:59 202
  • A Seriya. Dastlab ikkita gol urgan "Kalyari" yakunda "Yuventus" bilan durang qayd etdi 20 apr, 01:52 264
  • Shomurodov kutilmagan ishga qo‘l urdi 20 apr, 01:16 517
  • «Ko‘z o‘ngimizdagi haqiqat». Alonso qaysi jamoani tanlagan? 19 apr, 22:00 123
  • So'nggi yangiliklar
  • Osiyo Kubogi. O‘zbekiston futzal terma jamoasi Iroqni yirik hisobda mag‘lub etdi (video) 20 apr, 07:57 0
  • Pokistonda qurolli hujum oqibatida “Tolibon” yetakchisiga yaqin shaxs o‘ldirildi 20 apr, 07:30 18
  • AQSH Xitoyni Ukrainadagi urushni bilvosita avj oldirayotganlikda aybladi 20 apr, 07:00 24
  • Rossiyaning o‘ndan ortiq mintaqasida migrantlarning ayrim sohalarda ishlashi taqiqlandi 20 apr, 06:30 49
  • Armaniston chegara delimitatsiyasi natijasida 4 qishloqni Ozarboyjonga qaytardi 20 apr, 06:00 42
  • Janni Infantino: "Bu buyuk mamlakat – O‘zbekistondagi birinchi FIFA turniri bo‘ladi" 20 apr, 02:02 115
  • Abbosbek Fayzullayevning qachon Qatarga borishi aniq bo‘ldi! 20 apr, 01:59 202
  • A Seriya. Dastlab ikkita gol urgan "Kalyari" yakunda "Yuventus" bilan durang qayd etdi 20 apr, 01:52 264
  • Shomurodov kutilmagan ishga qo‘l urdi 20 apr, 01:16 516
  • Chasiv Yar ham xavf ostida. Bu shaharni yo‘qotmaslik Ukraina uchun nega bunchalik muhim? 19 apr, 23:23 267
  • Qirg‘iziston hukumati O‘zbekiston hududida joylashgan Barak eksklavi aholisini ko‘chirishni yakunladi 19 apr, 22:56 334
  • Germaniya va Polsha aviakompaniyalari Tel-Avivga reyslarni bekor qildi 19 apr, 22:30 62
  • Bo‘limlar