“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 01:32
ЎЗO‘Z

Toshkent shahar bosh imom-xatibi: "Ayrim odamlar bid’atni ko‘paytirib, turli marosimlarni o‘tkazmoqdalar"

15 sen, 00:30 3 212 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Toshkent shahar bosh imom-xatibi: "Ayrim odamlar bid’atni ko‘paytirib, turli marosimlarni o‘tkazmoqdalar" Bugun Oliy Majlis Senati tomonidan «To‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilishini tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi qaror qabul qilindi.

Ushbu qaror muhokamasida mutasaddi tashkilotlar va jamoatchilik vakillari ham ishtirok etib, o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

«Haqiqatan, bu qaror juda dolzarb. Diniy nuqtai nazardan ham eng muhim masalalardan bittasi, deb aytish mumkin. Isrof eng katta gunoh ekanligini, dabdababozlik, riyokorlik Qur’oni Karimda ham, hadislarimizda ham qoralanishini unutmaslik zarur», deya ushbu qarorni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi Toshkent shahar bosh imom-xatibi Nuriddin domla Xoliqnazarov.

Shuningdek, shahar bosh imom-xatibi qaror yuzasidan o‘z takliflarini ham bildirib o‘tdi.

«Xotira marosimi, aqiqa kabi diniy marosimlarni O‘zbekiston musulmonlari idorasi bilan kelishgan holda o‘tkazilishi haqida ham ushbu qarorda alohida ta’kidlansa, maqsadga muvofiq bo‘lar edi.

Chunki ayrim odamlar bid’atni ko‘paytirib, turli marosimlarni o‘tkazmoqdalar. Masalan, «Hoji to‘yi» degan narsa shariatimizda yo‘q. Odamlar Musulmonlar idorasi bilan maslahatlashsa, biz ularga «Agar haj amalini bajarib kelgan bo‘lsangiz, boshqalarga yaxshilik qilish bilan shug‘ullaning», deya darhol e’tiroz bildiramiz», deb ta’kidladi Toshkent shahar bosh imom-xatibi.

Bundan tashqari, uning ta’kidlashicha, diniy idoralarning marhumlarni xotirlash bo‘yicha ham fatvolari bor. Xonadonlarda o‘tkaziladigan diniy marosimlar diniy ulamolar bilan hamkorlikda o‘tkazilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Ma’lumot uchun: «To‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilishini tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi ushbu qaror bo‘yicha oilaviy tadbirlarda diniy mavzuda ma’ruza ko‘zda tutilgan bo‘lsa, ushbu ma’ruza din idorasining vakolatli vakili tomonidan o‘qilishi belgilab qo‘yilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Olimlar 2024 yilda kuchli jaziramadan aziyat chekishi kutiladigan hududlarni aytdi 24 apr, 22:42 91
  • Vazirning “dakki”si, bu ishlardan zerikkan Jo‘rayevlar oilasi va Botir Qodirovning iqrori... 24 apr, 21:37 164
  • Zohirshoh Jo‘rayev Botir Qodirov bilan o‘tayotgan sud yuzasidan izoh berdi 24 apr, 18:50 463
  • Orolbo‘yidan dinozavr izi topilgani rostmi? 24 apr, 18:06 63
  • Hamkorlik davom etmoqda 24 apr, 15:05 65
  • Samarqandda erini tiriklay yoqib yuborgan ayol: “Bor-yo‘g‘i 1,5 litr benzin quydim” 24 apr, 14:42 329
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbek professional boksi tarixidagi eng katta jang tasdiqlandi! 25 apr, 00:33 0
  • Xose Venansio: Eronga qarshi o‘yindagi g‘alaba Jahon chempionati oldidan jamoamizga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi 25 apr, 00:23 0
  • O‘zbekiston birinchi chorakda 2,7 mlrd dollarlik oltin sotdi 25 apr, 00:06 0
  • Eronda reper Tumoj Solihiy o‘lim jazosiga hukm qilindi 24 apr, 23:35 22
  • Shoyguning o‘rinbosari hibsga olindi. Bu ish haqida hozirgacha nimalar ma’lum? 24 apr, 23:12 58
  • Olimlar 2024 yilda kuchli jaziramadan aziyat chekishi kutiladigan hududlarni aytdi 24 apr, 22:42 91
  • Rossiya mudofaa vaziri o‘rinbosari Timur Ivanov tergov izolatoriga jo‘natildi 24 apr, 22:20 39
  • Yevrokomissiya rahbari: “Rossiyaning Ukrainadagi g‘alabasi Yevropa tarixini o‘zgartiradi” 24 apr, 22:00 149
  • Vazirning “dakki”si, bu ishlardan zerikkan Jo‘rayevlar oilasi va Botir Qodirovning iqrori... 24 apr, 21:37 164
  • Eldor Shomurodov transferiga narx belgilandi! 24 apr, 21:25 226
  • Futzal. O‘zbekiston Vetnam ustidan irodali g‘alaba erishib, yarim finalga yo‘l oldi 24 apr, 21:09 141
  • Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi 24 apr, 20:50 81
  • Bo‘limlar