“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 20 2024, 12:41
ЎЗO‘Z

Qo‘qonda narxi 3 ming dollar bo‘lgan elektromobillar ishlab chiqariladi (foto)

14 sen, 20:10 7 840 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Qo‘qonda narxi 3 ming dollar bo‘lgan elektromobillar ishlab chiqariladi (foto) Prezident Shavkat Mirziyoyev «Qo‘qon» erkin iqtisodiy zonasidagi «Shaffof omadli sanoat» qo‘shma korxonasi faoliyati bilan tanishdi, deya xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.

Ushbu erkin iqtisodiy zona qariyb 710 gektar maydonda joylashgan. Bu yerda mashinasozlik, to‘qimachilik, elektr texnikasi, farmatsevtika, oziq-ovqat sanoati, charm-poyabzal va boshqa tarmoqlarda umumiy qiymati 180 million dollarlik 94 ta investitsiyaviy loyiha amalga oshirilmoqda.

Bugungi kunda 52 million dollarlik 29 ta loyiha foydalanishga topshirilgan, 1 700 ga yaqin ish o‘rinlari tashkil etilgan. 2019 yilning sakkiz oyida erkin iqtisodiy zona rezidentlari tomonidan jami qiymati 407 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilib, 3,3 million dollarlik tovarlar eksport qilingan.

«Shaffof omadli sanoat» qo‘shma korxonasi Prezidentning 2019 yil maydagi tashrifi asnosida ishlab chiqilgan Farg‘ona viloyatini 2019—2020 yillarda rivojlantirish bo‘yicha hududiy investitsiya dasturi doirasida tashkil etilgan. Bu yerda yiliga 230 ming dona metan va 250 ming dona propan uskunalari, 300 ming dona butlovchi va ehtiyot qismlar ishlab chiqariladi.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, bu yiliga 20 million dollar miqdoridagi import o‘rnini to‘ldirish imkonini beradi. Shuningdek, qo‘shni davlatlarga 60 million dollarlik mahsulot eksport qilish ham rejalashtirilgan. Mazkur korxonada kelgusi yildan yuk tashuvchi karalar, 2021 yildan elektromobillar ishlab chiqarish mo‘ljallanmoqda.

Prezident elektromobillarning iqtisodiy samaradorligiga alohida e’tibor qaratdi. Xitoyning Silk Road Company kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan mazkur loyihaning umumiy qiymati 30 million AQSh dollari bo‘lib, shundan 24 million dollari xorijiy investitsiyadir.

«Hisob-kitoblarga ko‘ra, yurtimizda ishlab chiqariladigan ekologik toza elektromobillar narxi 3 ming dollar atrofida bo‘ladi. Ular neft mahsulotlari cheklangan sharoitda muhim ahamiyat kasb etadi», — deya qayd etib o‘tgan Prezident matbuot xizmati.

Prezident Shavkat Mirziyoyev shu yerda «Qo‘qon» erkin iqtisodiy zonasida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni ko‘zdan kechirgan, farg‘onalik tadbirkorlar bilan suhbatlashgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Treyderlik bilan shug‘ullanishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 20 apr, 10:27 5
  • Toshkentda xorijga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi 20 apr, 08:26 10
  • Ziroat Mirziyoyeva Farg‘onada maktab-internat o‘quvchilari bilan uchrashdi 19 apr, 20:36 88
  • Mijozning sochini uning xohishiga zid tarzda kalga olib tashlagan sartarosh 10 sutkaga qamaldi 19 apr, 20:29 291
  • Toshkentda bolalarning qo‘liga igna va “samorez” sanchgan o‘qituvchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi 19 apr, 16:48 103
  • Futzal. O‘zbekistonda o‘tadigan jahon chempionatining mezbon shaharlari bilan tanishing (video) 19 apr, 16:32 240
  • So'nggi yangiliklar
  • «Rossiya urushga bugunoq nuqta qo‘yishi mumkin»: «Katta yettilik» talab bilan chiqdi 20 apr, 11:45 2
  • Isroilning Eronga hujumi oqibatlari haqida ma’lumot berildi 20 apr, 11:21 17
  • Ziroat Mirziyoyeva Marg‘ilonda ilk bor tashkil etilgan inklyuziv ijodiy festivalda ishtirok etdi 20 apr, 10:54 16
  • Treyderlik bilan shug‘ullanishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 20 apr, 10:27 5
  • Rossiyaning chegaraoldi hududlariga dronlar hujum qildi 20 apr, 10:00 49
  • Samarqandda Sharja amirligining arxeologik topilmalari ko‘rgazmasi ochildi 20 apr, 09:36 9
  • Chexiya Ukraina uchun 500 mingta snaryad sotib oldi 20 apr, 09:13 22
  • “Yuventus” himoyasini titratib tashlagan Shomurodovning o‘yini qanday baholandi? 20 apr, 08:49 228
  • Toshkentda xorijga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi 20 apr, 08:26 10
  • Neymar ijtimoiy tarmoqlarda Mbappeni haqorat qildi 20 apr, 08:13 166
  • Osiyo Kubogi. O‘zbekiston futzal terma jamoasi Iroqni yirik hisobda mag‘lub etdi (video) 20 apr, 07:57 31
  • Pokistonda qurolli hujum oqibatida “Tolibon” yetakchisiga yaqin shaxs o‘ldirildi 20 apr, 07:30 118
  • Bo‘limlar