“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 11:40
ЎЗO‘Z

Nasroniy atirguli (4-qism)

14 sen, 07:44 3 100 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Nasroniy atirguli (4-qism) O‘yin-kulgi ham endi men uchun zulmga aylangandi. Yangi dinimda zulmdan xalos bo‘lgandim. Shunday chiroyli jumlani eshitgandim: “O‘z-o‘zi bilan mashg‘ul bo‘lmagan kishini shayton mashg‘ul qiladi”. Avvallari chindan ham shayton meni mashg‘ul qilardi. Lekin o‘zimni boshqarishni boshlaganimdan beri shayton meni mashg‘ul qilolmayotgandi. Bir necha yildan keyin shunday o‘yladim:
– Ajabo, shayton meni o‘zining yo‘lida deb bilgani uchun meni yo‘ldan ozdirishga urinmasmidi?

Ba’zan be’mani o‘y-xayollar ustida o‘zimni qo‘lga tushiraman. Xuddi har qanday yangi narsa eng yaxshisidek tuyulardi menga. Boshqa bir olamda edim. Dunyo ko‘z oldimda mutlaqo boshqa bir dunyo o‘laroq turardi. Xuddi dunyo ham men bilan birga yangi qiyofaga burkangandek edi.

Hikoyamni gapirib berish uchun, bu uzun yo‘lga tushishdan oldin sizga ichki dunyom haqida gapirib beray. Inson tuyg‘ularini qanchalik ifodalay oladi, bilmayman, lekin bor kuchim bilan gapirib berishga harakat qilaman. Zero, shunday bir hayotda yashadimki, undan menga shu tuyg‘u xotira bo‘lib qoldi.

Mumtoz adabiyotlarda o‘qigan har jumlada o‘ziga chiqish yo‘li izlagan yosh qiz, ya’ni men buyukdek ko‘ringanlarning hammasi ham unchalik buyuk emasligini anglab yetdim. Adolatsiz, ko‘rinishidan buyuk va do‘st kabi ko‘ringanlar kiprik qoqmasdan insonlarni xarob qilganlarini ko‘rdim. Faylasuflardan eshitganlarimni yozishlarini Montendan o‘rgandim. “Turk podshohlari ovqat yeyayotganini ko‘rsatmasmishlar, ular haftada bir ovqat yeyishar ekan”, – derdi kitobida.

Faylasuflar shunday katta xato qilisharmidi? Bir o‘ylab ko‘rib, shunga ishongan bo‘lsa, u bundan boshqa yanglishlarga ham tabiiy ravishda ishona olardi. Va men ham faylasuflar, albatta, to‘g‘ri gapirishadi, deya ishongan bo‘lsam, yanglish o‘ylarda davom etardim demak. Men uchun bu muhim yo‘nalish edi, lekin tasdiqlamadim. Ta’lim insonni buzishi emas, yanada yaxshi tomonga o‘zgartirishi kerak, deya o‘ylardim. Juda ham to‘g‘ri, lekin men ba’zi to‘g‘rilarni ayrim badallarni to‘lab o‘rgandim.

Koshki avval badal to‘laganlar xotiralarini, nechun va qanday badal to‘laganlarni yozsalar edi, balki menga va menga o‘xshaganlarga chiroq tutardilar. Men ham o‘zimni ezmasdim. O‘z yelkamga bosib, o‘zimni bunchalik urintirmas, ko‘nglimni azoblamasdim. Bilmaganlarim, istamay qilgan xatolarim ostida ezildim. Balki bu gapim sizga oshirib yuborgandek tuyular, lekin sharafim bilan tasdiqlaymanki, hayot meni juda charchatgan yillarni boshdan o‘tkazdim va o‘sha kezlarda koshki o‘lim kelsayu, men ketsam derdim...

Menga o‘limni sog‘intirgan sabablarning boshida ba’zi kishilarning nodonligini bor edi. Men anglagan bir haqiqat shu ediki, insonni inson yaralaganidek hech bir narsa yaralay olmaydi. Ayniqsa, johil odamlar kabi! Ey, Allohim! Johil odamlardan nimalarni ko‘rmadim! Shunga qaramay, azmu qarorli, mehnatkash bo‘lishim kerakligini ularning yordami bilan tushunib yetdim. Garchi juda og‘ir badallar to‘lagan bo‘lsam-da... Va bir narsani tushunib yetdim: jaholat ota-ona bilan farzand orasiga va er bilan xotin o‘rtasiga kirganida qiyomat qo‘pishiga hojat qolmas ekan.

Haqqa yuzlangan kunimdan beri ziyonda yurgan insonlarning farqiga bordim. Zoye ketgan yillarimni o‘ylayman. O‘tmishda yo‘qotganlarimni ortga qaytarolmayman, lekin ayrimlarining oldini olishim mumkin. Shuning uchun bir joyidan boshlab hayot hikoyamni yozishgan ahd qildim.

Turkiyadan Germaniyaga kelgan kunimni va undan keyinni hech unutmayman.
Litseyni tugatganimdan keyin nihoyat ota-onamning yoniga ketdim. Meni aeroportda kutib olgan kunlari ularni hayratlantirgandim. Ota-onamni quchib:
– Meni sizlarga, sizlarni menga ko‘rsatgan Iyegovadan minnatdorman! –dedim.

Ota-onam bir-birlariga qarab, yashin tezligida menga o‘girilishdi. Otam hayrat bilan so‘radi:
– Nima deding? Nima deding, yaxshi tushunmadim.
– Iyegovadan minnatdorman dedim.

– Iyegovo kim? Allohga hamd aytgandek unga hamd aytyapsan?
– Iyegovo ham Alloh, Allohdan boshqaga hamd aytilmaydi-ku!

Onamning rang-ro‘yi gezarib ketdi.
– Nega Allohga Alloh demay g‘alati nomlar bilan eslayapsan Uni?

Savol to‘la nigohlarini menga tikib, javob kutardi.
– G‘alati emas, Tavrotda Alloh o‘zini Iyegovaman deydi.

Otam ham hayrat bilan so‘radi:
– Qizim, bizga Injilu Tavrotning ahamiyati yo‘q. Bizning Qur’onimizda Allohning ismi Alloh-ku!

Otamga hayajon bilan tikildim. Yangi olamimning jo‘shqinligi bilan xuddi xushxabar aytayotgandek edim:
– Lekin men Qur’onga tobe emasman, ota. Men endi Iyegova shohidiman. Men imon keltirgan kitob esa Injil, Tavrot va Zabur, Muqaddas Kitob deyiladi. Bularning hammasiga iymon keltirganman.

Ukam Ug‘ur esa bo‘ynimga osilib, quvonchdan uchardi.
Ota-onam turgan joyida mixlanib qolishdi. Quvonchimdan yuragim hapqirib ketayotgandi.
Tarjimon: Umida ADIZOVA

Manba: Azon.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Atmosfera havosini zararlayotgan 500 dan ortiq avtomobil egalariga chora ko‘rildi 25 apr, 11:12 0
  • O‘zganing nomiga onlayn qarz olib, pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 25 apr, 10:35 0
  • Yashil hududlarda yashash depressiya va tashvishni kamaytiradi 25 apr, 06:38 52
  • Olimlar 2024 yilda kuchli jaziramadan aziyat chekishi kutiladigan hududlarni aytdi 24 apr, 22:42 491
  • Vazirning “dakki”si, bu ishlardan zerikkan Jo‘rayevlar oilasi va Botir Qodirovning iqrori... 24 apr, 21:37 445
  • Zohirshoh Jo‘rayev Botir Qodirov bilan o‘tayotgan sud yuzasidan izoh berdi 24 apr, 18:50 684
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zganing nomiga onlayn qarz olib, pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 25 apr, 10:35 0
  • Pentagon Ukrainaga yangi yordam paketining tarkibini ochiqladi 25 apr, 10:11 0
  • Isroil Madrimov—Terens Krouford boks oqshomining kardi e’lon qilindi 25 apr, 09:48 0
  • Isroil Madrimov: Kroufordni hurmat qilaman, lekin bu mening divizionim 25 apr, 09:29 49
  • Xavi “Barselona”dagi faoliyatini davom ettirishga rozi bo‘ldi 25 apr, 09:10 28
  • Xonanda Avazbek Olimovdan “Sevar yorim” qo‘shig‘ini ruxsatsiz kuylab kelayotgani uchun 540 mln so‘m undirish so‘ralmoqda 25 apr, 08:44 118
  • Qozog‘iston bosh vaziri o‘rinbosari Kobulda “Tolibon” vakillari bilan uchrashdi 25 apr, 08:20 189
  • Bayden tegishli qonunni imzoladi: AQSHda TikTok bloklanishi mumkin 25 apr, 07:46 26
  • Rossiyada «katta baliq» to‘rga tushdi. U nimada ayblanmoqda? 25 apr, 07:13 207
  • Yashil hududlarda yashash depressiya va tashvishni kamaytiradi 25 apr, 06:38 52
  • AQSH Ukrainaga yashirincha ATACMS raketalarini yetkazib berdi 25 apr, 06:00 145
  • O‘zbek professional boksi tarixidagi eng katta jang tasdiqlandi! 25 apr, 00:33 361
  • Bo‘limlar