“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 23 2024, 13:10
ЎЗO‘Z

Shayx Abdulaziz Mansur yangi lavozimga tayinlandi

12 sen, 19:25 3 877 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shayx Abdulaziz Mansur yangi lavozimga tayinlandi Foto: Muslim.uz
Bugun, 12 sentyabr kuni shayx Abdulaziz Mansur O‘zbekiston islom sivilizatsiyasi markazi direktori o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlar idorasi axborot xizmati xabar berdi.
Bungacha shayx Abdulaziz Mansur O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritib kelgan.

«O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining o‘rinbosari shayx Abdulaziz Mansur hazratlari islom dini ilmlari rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk allomalarimizning boy merosini chuqur o‘rganish, ular tomonidan asos solingan ilmiy faoliyatni qayta tiklash va rivojlantirish borasidagi ishlarni jadallashtirish maqsadida ushbu lavozimga tayinlandi», deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, Shayx Abdulaziz Mansur (Mansurov Abdulaziz Dadajon o‘g‘li) 1944 yil Farg‘ona viloyati Farg‘ona tumanida tug‘ilgan.
1975–1979 yillari Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutida, 1980–1981 yillarda Sudan islom universitetida tahsil olgan.
1982–1989 yillarda O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasi Fatvo bo‘limi mudiri lavozimida ishlagan.

Mustaqillik yillarida Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida ilmiy xodim, «Movarounnahr» nashriyoti mudiri, O‘zbekiston Respublikasi prezidentining millatlalaro munosabatlar va diniy masalalar bo‘yicha davlat maslahatchisi kabi mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritgan.

2006 yildan buyon O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi (muftiy) o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
2018-2019 yillarda bir muddat Toshkent shahrining bosh imom xatibi va Minor masjidining imomi bo‘lib ham ishlagan.
yangi lavozim, Shayx Abdulaziz Mansur




Mavzuga oid yangiliklar
  • Denovdan Toshkentga qarab «yo‘lga chiqqan» sifatsiz go‘sht to‘xtatib qolindi 23 apr, 12:31 0
  • Tojikiston va Qirg‘izistondan o‘tkazilgan giyohvandlik vositalari to‘xtatib qolindi 23 apr, 12:08 0
  • Kreditni qaytarmagan tadbirkor 1,6 mlrd. so‘mlik binosidan ayrildi 23 apr, 10:48 23
  • Xorazmda o‘z tanishini uyiga chaqirib, o‘ldirgan ayol qamoqqa olindi 22 apr, 23:59 363
  • AQSH Toshkent shahri bo‘ylab havo sifatini monitoring qiladigan sensorlar o‘rnatadi 22 apr, 22:30 32
  • 23-30 aprel kunlari uchun tezkor axborot e’lon qilindi 22 apr, 22:11 286
  • So'nggi yangiliklar
  • Ashurmatovning haydalishi muhokamalarga sabab bo‘lmoqda 23 apr, 12:51 0
  • Denovdan Toshkentga qarab «yo‘lga chiqqan» sifatsiz go‘sht to‘xtatib qolindi 23 apr, 12:31 0
  • Tojikiston va Qirg‘izistondan o‘tkazilgan giyohvandlik vositalari to‘xtatib qolindi 23 apr, 12:08 0
  • O‘zbekiston Ozarboyjonda anorzorlar barpo etishni rejalashtirmoqda 23 apr, 11:48 3
  • Yevrokomissiya TikTok'ga nisbatan ikkinchi tekshiruvni boshladi 23 apr, 11:23 5
  • U-23 Osiyo kubogi. O‘zbekiston bugun guruh g‘olibligi uchun o‘ynaydi 23 apr, 11:08 39
  • Kreditni qaytarmagan tadbirkor 1,6 mlrd. so‘mlik binosidan ayrildi 23 apr, 10:48 23
  • Tayvanda o‘nlab kuchli zilzilalar sodir bo‘ldi 23 apr, 10:30 35
  • AEXA rahbari: Eron atom bombasini yaratishga yaqin turibdi 23 apr, 10:04 54
  • Tuya suti kundalik ehtiyojga aylanishi kutilyapti 23 apr, 09:39 108
  • Eron rahbari Raisiy muzokara o‘tkazish uchun Pokistonga keldi 23 apr, 09:16 55
  • Kim Chen Inga atalgan qo‘shiq (video) 23 apr, 08:56 109
  • Bo‘limlar