“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 16:51
ЎЗO‘Z

Ektor Kuper ketdimi? Abramov terma jamoaga tayinlangani rostmi?

12 sen, 13:13 4 352 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ektor Kuper ketdimi? Abramov terma jamoaga tayinlangani rostmi? Bugun ommaviy axborot vositalarida futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper iste’foga chiqarilgani va o‘rniga «Bunyodkor» bosh murabbiyi Vadim Abramov tayinlangani haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi. «Bunyodkor» klubi bosh direktori Ulug‘bek Mirzayev bu borada O‘FA bilan hech qanday muloqot o‘tkazilmaganini bildirdi.

Ulug‘bek Mirzayev. Foto: Championat.asia
— Bu haqda o‘zim ham internetda tarqagan ma’lumotlardan xabar topdim. Faqat bir narsani aytishim mumkin, klubga hech qanday taklif kelib tushgani yo‘q. Vadim Abramov hamon «Bunyodkor» bosh murabbiyi sifatida faoliyat olib bormoqda. Ayni vaqtda Qo‘qondagi o‘yinga tayyorlanmoqdamiz, 15 sentyabrda «Bunyodkor» - «Qo‘qon-1912» o‘yini bo‘ladi. Bu o‘yinga Vadim Abramovga ham yo‘l chiptasi olingan, mehmonxonaga buyurtma berilgan. Vadim Abramov bilan bu haqda gaplashib oldim. Unga hech kim aloqaga chiqmagan, — deydi Ulug‘bek Mirzayev.

O‘z navbatida Vadim Abramov ham O‘FA bilan hech qanday muzokara bo‘lmaganini tasdiqladi.
— O‘zbekiston milliy terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlanganim haqida odamlardan eshitdim. Internetni o‘qib bormayman, shunchaki tanishlar qo‘ng‘iroq qilib, xabardor etishdi. Shunday ekan, hech narsa deya olmayman. O‘FA bilan muzokaralar bo‘lgani haqidagi xabarlar yolg‘on.

Mabodo taklif bo‘lsa qanday javob berardim? Menimcha bunday savolga javob berish unchalik ham odobga to‘g‘ri kelmaydi. Hozircha O‘zbekiston milliy terma jamoasini boshqa odam boshqarmoqda va uni hurmat qilish kerak, — deya javob qaytardi Vadim Abramov.

O‘z navbatida O‘FA matbuot xizmati ham Ektor Kuper milliy terma jamoa boshqaruvida faoliyat yuritayotganini tasdiqladi.
— Ayni vaqtda O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi — Ektor Kuper. Hozircha boshqa murabbiy haqida gapirishga hojat yo‘q.

O‘FA tasarrufidagi terma jamoalarda o‘zgarish ro‘y bergan taqdirda rasmiy saytimiz orqali xabar beriladi. Modomiki berilmagan ekan, demak hech qanday yangilik ham yo‘q, — deyiladi Xabar.uz saytiga berilgan rasmiy ma’lumotda.
Ektor Kuper, Abramov, terma jamoa




Mavzuga oid yangiliklar
  • Sensatsiya ko‘targan bokschi Bahodir Jalolov oldida “ip esholmadi”, biroq... 28 mar, 00:00 866
  • Eldor Shomurodovning jarohatiga oydinlik kiritildi, lekin... 27 mar, 21:05 665
  • “Bunyodkor” stadionida o‘sha xunuk holat yana takrorlandi 27 mar, 17:43 1 026
  • Yevro-2024: barcha ishtirokchi jamoalar ma’lum bo‘ldi 27 mar, 07:49 264
  • Gruziya ilk marotaba Yevropa chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 27 mar, 02:20 211
  • O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Qatarni mag‘lubiyatga uchratdi 27 mar, 02:13 456
  • So'nggi yangiliklar
  • 29 mart kuni O‘zbekiston hududida qanday ob-havo kutilmoqda? 28 mar, 15:53 11
  • Jizzaxda ikki rahbar 64 gektar yerni sotayotganda qo‘lga olindi 28 mar, 15:30 10
  • Rossiya NATO bilan jang qilish niyatidami? Putin nima deb javob berdi? 28 mar, 15:07 106
  • Toshkentdan Farg‘ona vodiysiga mikroavtobus qatnovi tashkil etiladi 28 mar, 14:43 23
  • Toshkentda 29 mart kuni «Avtomobilsiz kun» tadbiri o‘tkaziladi 28 mar, 14:24 20
  • AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi 28 mar, 14:00 48
  • Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi? 28 mar, 13:31 288
  • Rossiya FVV: Crocus'dagi terakt: qurbonlar soni 143 kishiga yetdi 28 mar, 13:10 66
  • Usmonovning shikoyati bo‘yicha Germaniyada ikki prokurorga nisbatan ish ochildi 28 mar, 12:49 132
  • Teraktdan keyin Rossiyadagi Tojikiston fuqarolari nafrat va tajovuzga duchor bo‘lmoqda 28 mar, 12:00 450
  • Toshkentda o‘quvchisining nomusiga tegmoqchi bo‘lgan musiqa o‘qituvchisi 8 yilga qamaldi 28 mar, 11:39 108
  • BMT Xavfsizlik kengashi G‘azoda otashkesimni talab qildi. Bu nimani anglatadi? 28 mar, 11:10 90
  • Bo‘limlar