“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 15:28
ЎЗO‘Z

Xitoy O‘zbekistonga jami 3,37 milliard dollar investitsiya kiritdi

11 sen, 06:00 2 881 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Xitoy O‘zbekistonga jami 3,37 milliard dollar investitsiya kiritdi Foto: Kun.uz
Butunxitoy Xalq vakillari yig‘ini moliyaviy-iqtisodiy qo‘mitasi a’zosi Say Linning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi savdo aylanmasi yuqori sur’atda o‘smoqda. U bu haqda «Qishloq xo‘jaligini isloh qilishda Xitoy Xalq Respublikasi tajribasi va uni O‘zbekiston Respublikasida qo‘llash imkoniyati» mavzuida o‘tkazilgan xalqaro anjumanda ma’lumot berdi.

Uning bildirishicha, 2018 yilda savdo aylanmasi 6,26 milliard dollarni tashkil etgan bo‘lib, uning 3,94 milliard dollarini Xitoyning O‘zbekistonga eksporti tashkil qilsa, 2,32 milliard dollari O‘zbekisonning Xitoyga eksportidan iborat.

Joriy yil iyun oyi holatiga ko‘ra, savdo aylanmasi 3,33 milliard dollarga yetgan.

Bundan tashqari, iqtisodiy, investitsiyaviy, texnik jihatdan ham sheriklik rivojlanib bormoqda. Xitoy statistik ma’lumotlariga qaraganda, o‘zaro hamkorlik boshlanganidan buyon 2019 yilning iyun oyi oxirigacha Xitoy O‘zbekistonga jami 3,37 milliard dollar investitsiya kiritgan va 7,02 milliard dollarlik shartnomalaar imzolangan.

Ayni paytda ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik doirasida O‘zbekistonning qishloq xo‘jalik mahsulotlari eksporti hajmini oshirishga ham harakat qilinmoqda. Jumladan, yaqin yillarda gilos, mosh va qalampir eksporti bo‘yicha shartnomalar imzolandi.

Say Linning qo‘shimcha qilishicha, joriy yil avgustida Xitoy bosh vaziri Li Ketsyan va O‘zbekiston bosh vaziri Aripov ishtirokida Xitoyga qovun va asal eksport qilish to‘g‘risida kelishuvlarga erishilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Iqtisodiyotda davlat ishtiroki qisqartiriladi 26 apr, 14:53 0
  • Markaziy bank raisi oxirgi oylarda dollar kursi nisbatan tezroq oshganiga izoh berdi 26 apr, 00:22 140
  • MB raisi: Budjet xarajatlarining yuqori darajada oshishi inflyatsiyaga ham ta’sir qiladi 25 apr, 20:28 126
  • O‘zbekiston birinchi chorakda 2,7 mlrd dollarlik oltin sotdi 25 apr, 00:06 91
  • O‘zbekiston Ozarboyjonda anorzorlar barpo etishni rejalashtirmoqda 23 apr, 11:48 54
  • Malayziya O‘zbekistonda elektrotexnika sohasida qo‘shma loyihalar amalga oshirmoqchi 20 apr, 21:14 68
  • So'nggi yangiliklar
  • Iqtisodiyotda davlat ishtiroki qisqartiriladi 26 apr, 14:53 0
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 0
  • Bosh prokuratura Nig‘matilla Yo‘ldoshev «qidiruvda bo‘lgan shaxslar bilan gaplashib turgani» haqidagi videoga izoh berdi 26 apr, 14:02 0
  • Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi 26 apr, 13:48 1
  • Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi 26 apr, 13:25 1
  • Toshkent shahrida qaysi viloyat haydovchilari ko‘proq taksichilik qilmoqda? 26 apr, 13:03 6
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 21
  • Urushdan qaytgan Rossiya harbiy xizmatchilari 100 dan ziyod qotillikka qo‘l urgan 26 apr, 12:17 64
  • O‘zbekiston AQSHning “kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”dan chiqarildi 26 apr, 10:49 74
  • Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi 26 apr, 10:10 216
  • AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi 26 apr, 09:51 74
  • Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi 26 apr, 08:33 41
  • Bo‘limlar