“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 20 2024, 00:17
ЎЗO‘Z

Muftiy Usmonxon Alimov lavozimidan ozod etildi

10 sen, 20:07 4 723 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Muftiy Usmonxon Alimov lavozimidan ozod etildi Foto: Xalqaro press klub
O‘zbekiston Musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov egallab turgan lavozimidan ozod qilingan. Bu haqda «Azon.uz» o‘z manbasiga asoslanib xabar berdi.

«Muftiy Usmonxon Alimov, bugun O‘zbekiston xalqaro Islom akademiyasida Bosh vazir Abdulla Aripov boshchiligida O‘zbekiston Musulmonlari idorasi, uning viloyat vakilliklari xodimlari, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita rahbariyati ishtirokida o‘tkazilayotgan majlisda ishdan olingan» deyiladi xabarda.

Shuningdek, manbalarning xabar berishicha, hozirda Toshkent viloyati bosh imom-xatibi lavozimida ishlab turgan Xayrulloh domla Turmatov muftiy etib tayinlangan.

Bundan avvalroq, ushbu majlis haqida ijtimoiy tarmoqlarda turli xil ma’lumotlar tarqatilgan edi. Xususan, majlisga chaqirilgan O‘zbekiston musulmonlari idorasining viloyat vakilliklari xodimlarining xarajatlari aholi tomonidan «Vaqf» fondiga ehson qilingan pullardan to‘lab berilgani haqidagi xabar turli munozaralarni keltirib chiqardi. Lekin ushbu majlis va majlisga kelgan vakillik xodimlarining xarajatlari haqida O‘zbekiston musulmonlari idorasi ham, Vaqf fondi ham doimgiday jimlik saqlamoqda.

Usmonxon Alimov – 1950 yili Samarqand viloyatining Ishtixon tumanida tug‘ilgan. Buxorodagi «Mir Arab» madrasasi va Imom Buxoriy nomidagi Toshkent Islom oliy ma’hadida tahsil olgan. Uzoq yillar davomida Samarqand viloyatidagi «Imom Buxoriy» jome masjidida imom-xatib bo‘lib ishlagan. 2000–2006 yillari O‘zbekiston musulmonlari idorasining Samarqand viloyatidagi vakili bo‘lib xizmat qildi. 2006 yil 8 avgustda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy etib saylangan edi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ziroat Mirziyoyeva Farg‘onada maktab-internat o‘quvchilari bilan uchrashdi 19 apr, 20:36 45
  • Mijozning sochini uning xohishiga zid tarzda kalga olib tashlagan sartarosh 10 sutkaga qamaldi 19 apr, 20:29 200
  • Toshkentda bolalarning qo‘liga igna va “samorez” sanchgan o‘qituvchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi 19 apr, 16:48 70
  • Futzal. O‘zbekistonda o‘tadigan jahon chempionatining mezbon shaharlari bilan tanishing (video) 19 apr, 16:32 212
  • Toshkent viloyatida jahl ustida mijozining sochini kalga olib tashlagan sartarosh uzr so‘radi (video) 19 apr, 16:09 198
  • 2024-2025 o‘quv yilida boshqa hududlardan pedagoglar jalb etiladigan maktablar ro‘yxati tasdiqlandi 19 apr, 13:11 119
  • So'nggi yangiliklar
  • Chasiv Yar ham xavf ostida. Bu shaharni yo‘qotmaslik Ukraina uchun nega bunchalik muhim? 19 apr, 23:23 6
  • Qirg‘iziston hukumati O‘zbekiston hududida joylashgan Barak eksklavi aholisini ko‘chirishni yakunladi 19 apr, 22:56 107
  • Germaniya va Polsha aviakompaniyalari Tel-Avivga reyslarni bekor qildi 19 apr, 22:30 16
  • «Ko‘z o‘ngimizdagi haqiqat». Alonso qaysi jamoani tanlagan? 19 apr, 22:00 45
  • Dubayda 50 dan ortiq O‘zbekiston fuqarolari qolib ketgani aniqlandi 19 apr, 21:30 69
  • Ozish uchun nonushtaning uchta oltin qoidasi 19 apr, 21:00 47
  • Futzal bo‘yicha Osiyo Kubogi. O‘zbekiston 2-turda Iroqni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi 19 apr, 20:41 120
  • Ziroat Mirziyoyeva Farg‘onada maktab-internat o‘quvchilari bilan uchrashdi 19 apr, 20:36 45
  • Mijozning sochini uning xohishiga zid tarzda kalga olib tashlagan sartarosh 10 sutkaga qamaldi 19 apr, 20:29 200
  • Iborohimhalil Yo‘ldoshev: "Janubiy Koreya va Yaponiya terma jamoalari Osiyo kubogida favorit" 19 apr, 19:13 87
  • Shomurodov qaytgach «Yuve»dan ko‘proq ochko yig‘ayotgan «Kalyari». «Inter»dan keyin «Yuve» ham to‘xtatiladimi? 19 apr, 18:48 189
  • Isroil Madrimov mutlaq chempion Terens Kroufordga qarshi ringga ko‘tarilishi mumkin 19 apr, 18:28 68
  • Bo‘limlar