“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 07:30
ЎЗO‘Z

"Otamni urardim..."

10 sen, 16:18 4 518 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
"Otamni urardim..." Hasan ibn Aliy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
Tunda otam bilan Baytullohni tavof qilar ekanmiz, bu paytda ko‘zlar uyquga ketgan, ovozlar tingan payt edi. Banogoh atrofdan bir kishining hazin va ayanchli ovozda she’r o‘qiyotgani eshitildi.
Buni eshitgan otam menga: “Anavi gunohlari uchun Robbisidan afv so‘rayotgan odamning so‘zlarini eshitdingmi? Uni mening oldimga olib kelsang, yaxshi bo‘lar edi”, dedi. Men Baytulloh atrofida yurib uni izladim va maqomi Ibrohim oldida namoz o‘qiyotgan holda topdim. Unga Rasululloh sollAllohu alayhi va sallamning amakivachchalari sizni so‘rayapdilar, dedim. U namozini tugatib menga ergashdi. Otamning oldiga kelib: “Ota, mana o‘sha kishi”, dedim. Otam unga qarab: “Kimsan?”, deb so‘radi.
U: – Arabman, dedi.
– Isming nima?
– Ismim Manozil ibn Lohiq.
– Nima bo‘ldi, boshingga biron ish tushdimi?
– Mening boshimga gunohlari umidsiz qilgan, ayblari ado qilgan, o‘zi esa xatolar dengiziga sho‘ng‘igan odamning kuni tushdi.
Otam: – Menga hikoyangni so‘zlab ber, dedi. U hikoyasini boshladi:
– Men o‘yin-kulguga berilgan yosh yigit chog‘imda otam menga doim nasihat qilar, yoshlikning adashish va toyilishlaridan ehtiyot bo‘lishimni, Allohning kuch-quvvat va intiqomi zolimlardan uzoq emasligini aytar edi. U har gal menga nasihat qilganida, men uni urar edim. Bir kuni uni odatdagidan qattiqroq urdim. Shunda otam Baytulloh oldiga kelib, ka’bapo‘shga osilganicha meni duoyibad qildi.
Otam duoyibadini tugatmay turib, men mana bu dardga yo‘liqdim, dedi va o‘ng tomonini ochdi. Uning o‘ng tomoni shol bo‘lib qolgan edi.

Ibrohim Hozimiyning
OQPADARLIK OQIBATLARI kitobidan

Manba: muslim.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 85
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 247
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 154
  • Parhezshunos uzoq yashash uchun muhim sirni «ochdi» 22 apr, 21:30 237
  • Xom go‘shtni nega yuvib ishlatish kerak emas? 22 apr, 14:18 366
  • Ozish uchun nonushtaning uchta oltin qoidasi 19 apr, 21:00 175
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbek telekanallarida har shanba «Milliy kino kuni» o‘tkaziladi 26 apr, 06:46 0
  • Toshkentda odam o‘ldirishda gumonlangan shaxsni ushlashda yordamlashgan talaba yigit taqdirlandi 26 apr, 06:20 1
  • O‘zbekiston Saudiya to‘sig‘idan o‘tsa, yarim finalda qaysi terma jamoaga duch keladi? 26 apr, 05:55 8
  • U-23 Osiyo kubogi. Indoneziya Janubiy Koreyani yengib, yarim finalga yo‘l oldi! 26 apr, 05:43 12
  • Rossiyada iqtisodiyotni riovjlantirish uchun migrantlar zarurligi aytildi 26 apr, 00:22 121
  • Markaziy bank raisi oxirgi oylarda dollar kursi nisbatan tezroq oshganiga izoh berdi 26 apr, 00:22 65
  • Olimlar 15 daqiqada sun’iy olmos yetishtirish usulini ixtiro qildi 26 apr, 00:00 28
  • Eron futzal termasi bosh murabbiyi: "O‘zbekistonga qarshi eng yaxshi o‘yinimizni ko‘rsatishga harakat qilamiz" 25 apr, 23:41 36
  • “Roma” o‘yini ochilib ketgan Shomurodovni qaytaradimi? 25 apr, 23:13 200
  • Ravshan Haydarov: Saudiya Arabistoniga “syurpriz”larimiz bor... 25 apr, 22:46 139
  • U-23 Osiyo kubogi. Qatar Olimpiada yo‘llanmasidan mahrum bo‘ldi, Yaponiya yarim finalda! 25 apr, 22:31 128
  • Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi 25 apr, 22:22 45
  • Bo‘limlar