“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 29 2024, 15:04
ЎЗO‘Z

Aeroport va vokzallarda sayyohlar uchun planshet ijarasi yo‘lga qo‘yildi

09 sen, 13:50 2 468 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Aeroport va vokzallarda sayyohlar uchun planshet ijarasi yo‘lga qo‘yildi Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati
O‘zbekiston hududidagi aeroport, vokzal va sayyohlar gavjum joylarda xorijiy mamlakatlar fuqarolari uchun maxsus planshetlar ijarasi yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, planshetlar aeroport va vokzallarning kutish zallarida sayyohlarning murojaatlariga ko‘ra berilmoqda. Ushbu planshetlarga O‘zbekistonga sayohat qilayotgan turistlar uchun zarur bo‘lgan barcha mobil ilovalar yuklangan.

2018 yilda O‘zbekistonga kelgan mehmonlar qulayligi uchun aeroport, vokzal va sayyohlar gavjum bo‘ladigan joylarda maxsus sim-kartalar sotuvi yo‘lga qo‘yilgan edi.

Rouming xizmati muqobili sifatida ishlab chiqarilgan bu sim-kartani faqat xorijiy fuqaro pasporti bilan xarid qilish mumkin.
Kelgusida sayyohlarga telefon apparati va mobil router ijaraga berish xizmati ham yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan, deyiladi Turizm qo‘mitasi xabarida.
planshet, aeroport, turistlar




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekiston — Gongkong futbol uchrashuvidan so‘ng uch kishiga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi 29 mar, 14:22 2
  • Toshkentda xavfli holat sodir etib, qarama-qarshi harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 29 mar, 13:30 4
  • Sirdaryoda egizaklarini bir xonali uyga almashtirmoqchi bo‘lgan ota-onaga hukm o‘qildi 29 mar, 09:36 75
  • O‘zganing fotosuratlari ustiga haqoratli so‘zlar yozib, ijtimoiy tarmoqda tarqatgan ayol ushlandi 29 mar, 08:48 122
  • Mirziyoyev Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni xalq hukumati raisi bilan uchrashdi 28 mar, 20:40 102
  • Qashqadaryo viloyatida sudya qo‘lga olindi 28 mar, 20:20 218
  • So'nggi yangiliklar
  • Putinning atrofidagilar Ukrainaning «Krokus»dagi teraktga aloqadorligiga ishonmayapti 29 mar, 14:48 0
  • O‘zbekiston — Gongkong futbol uchrashuvidan so‘ng uch kishiga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi 29 mar, 14:22 2
  • Hibsdan vaqtincha ozod etilgan Dani Alves tonggacha ziyofat uyushtirdi 29 mar, 14:01 1
  • Toshkentda xavfli holat sodir etib, qarama-qarshi harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 29 mar, 13:30 4
  • Muzliklarning erishi Yerning aylanish tezligini o‘zgartirmoqda 29 mar, 13:06 50
  • Polshada Rossiya josuslik tarmog‘i ishi bo‘yicha tintuvlar o‘tkazildi 29 mar, 12:39 39
  • Samsung o‘z tarixidagi eng yaxshi selfi kamerali smartfonni namoyish etdi 29 mar, 12:12 23
  • Vadim Abramov: "Bunday sifatli va saviyali futbolchiga doim tarkibda joy topiladi" 29 mar, 11:50 103
  • Chexiya yevropalik siyosatchilarni Rossiyadan pora olish sxemasini fosh etganini da’vo qilmoqda 29 mar, 11:20 90
  • Shomurodovning ahvoli haqida ma’lumot berildi 29 mar, 10:53 237
  • So‘rovnoma: Nursulton Ro‘ziboyev 1-raunddayoq raqibini "uxlatib" qo‘yadi 29 mar, 10:25 122
  • Ronalduning libosini kiygan taniqli bloger Messiga aloqador restorandan haydab yuborildi 29 mar, 10:02 133
  • Bo‘limlar