“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 09:43
ЎЗO‘Z

«Maqsadimiz – guruhda birinchi bo‘lish» — Falastinga qarshi o‘yindan oldin matbuot anjumani o‘tkazildi

04 sen, 18:18 2 999 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Maqsadimiz – guruhda birinchi bo‘lish» — Falastinga qarshi o‘yindan oldin matbuot anjumani o‘tkazildi JCh-2022 saralash bosqichining Osiyo mintaqasi ikkinchi raund bahslari doirasida 5 sentyabr kuni o‘tkaziladigan Falastin va O‘zbekiston terma jamoalari uchrashuvi oldidan matbuot anjumani tashkil etildi. Unda O‘zbekiston milliy terma jamoasi ustozi Ektor Kuper bilan birgalikda jamoa himoyachisi Farrux Sayfiyev ishtirok etdi.

«Birinchi o‘yin hamisha juda muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, saralash o‘yinlarini 3 ochko bilan boshlash juda-juda muhim. O‘tkazilgan yig‘in davomida mazkur o‘yinga jiddiy hozirlik olib borishga harakat qildik. O‘ylashimcha, bir qator jihatlardagi kamchiliklarni yaxshilay oldik. Mazkur o‘yindan ijobiy natija kutyapman.

Yana shuni alohida qayd etishim lozimki, guruhdagi har bir raqib – jiddiy jamoa. Har bir o‘yinga juda jiddiy tayyorgarlik ko‘rishimiz talab etiladi. Lekin ertangi uchrashuvda faqat 3 ochkoni ko‘zlagan holda maydonga chiqishimizni ayta olaman.

Maqsadimiz – guruhda birinchi bo‘lish. Buning uchun birinchi galda o‘z o‘yinimizni yaxshilashimiz, o‘z o‘yinimizni namoyish eta olishimiz lozim. Shunda raqib zarur bo‘lsa, bizning o‘yinimizga qarab harakat qilishga majbur bo‘ladi.

Jahon chempionatiga yo‘l olishimiz uchun birinchi navbatda butun jamoamiz birlasha olishi hamda o‘z kuchimizga ishona olishimiz talab etiladi. Ya’ni har bir futbolchi oldinga qo‘yilgan maqsadga erishishimizga ishona olsa, shunda biz albatta o‘z falsafamiz bo‘yicha davom etamiz va yakunda maqsadimizga erisha olamiz. To‘g‘ri, O‘zbekiston hali mundialga yo‘l ola bilmagan. Lekin imkonsiz narsaning o‘zi yo‘q. Bu gal biz maqsadga erishishimiz imkoni bor. Faqat tarkibdagi hamma o‘z kuchimizga ishona bilishi lozim.

Jahon chempionatiga chiqishning o‘ziga xos siri yoki berkitadigan jihati yo‘q. Buning uchun jamoa o‘z ustida ishlashni to‘xtatmasligi hamda bitta maqsad sari intilishi zarur», - deya Ektor Kuperning so‘zlarini keltirmoqda O‘FA sayti.

«Falastin terma jamoasi oxirgi paytlarda ancha yaxshi o‘yin namoyish etyapti. Lekin bizni faqat g‘alaba qanoatlantiradi. Biz 3 ochko uchun maydonga tushamiz. Xudo xohlasa, uyga g‘alaba bilan qaytishga harakat qilamiz», - dedi Farrux Sayfiyev.

Ma’lumot uchun, JCh-2022 saralash bosqichining Osiyo mintaqasi ikkinchi raundining guruh bosqichida O‘zbekiston terma jamoasiga D guruhida Falastindan tashqari Saudiya Arabistoni, Singapur va Yaman terma jamoalari raqib bo‘ladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Isroil Madrimov: Kroufordni hurmat qilaman, lekin bu mening divizionim 25 apr, 09:29 1
  • Xavi “Barselona”dagi faoliyatini davom ettirishga rozi bo‘ldi 25 apr, 09:10 0
  • O‘zbek professional boksi tarixidagi eng katta jang tasdiqlandi! 25 apr, 00:33 280
  • Xose Venansio: Eronga qarshi o‘yindagi g‘alaba Jahon chempionati oldidan jamoamizga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi 25 apr, 00:23 127
  • Eldor Shomurodov transferiga narx belgilandi! 24 apr, 21:25 466
  • Futzal. O‘zbekiston Vetnam ustidan irodali g‘alaba erishib, yarim finalga yo‘l oldi 24 apr, 21:09 184
  • So'nggi yangiliklar
  • Xonanda Avazbek Olimovdan “Sevar yorim” qo‘shig‘ini ruxsatsiz kuylab kelayotgani uchun 540 mln so‘m undirish so‘ralmoqda 25 apr, 08:44 0
  • Qozog‘iston bosh vaziri o‘rinbosari Kobulda “Tolibon” vakillari bilan uchrashdi 25 apr, 08:20 0
  • Bayden tegishli qonunni imzoladi: AQSHda TikTok bloklanishi mumkin 25 apr, 07:46 4
  • Rossiyada «katta baliq» to‘rga tushdi. U nimada ayblanmoqda? 25 apr, 07:13 82
  • Yashil hududlarda yashash depressiya va tashvishni kamaytiradi 25 apr, 06:38 12
  • AQSH Ukrainaga yashirincha ATACMS raketalarini yetkazib berdi 25 apr, 06:00 86
  • O‘zbek professional boksi tarixidagi eng katta jang tasdiqlandi! 25 apr, 00:33 280
  • Xose Venansio: Eronga qarshi o‘yindagi g‘alaba Jahon chempionati oldidan jamoamizga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi 25 apr, 00:23 127
  • O‘zbekiston birinchi chorakda 2,7 mlrd dollarlik oltin sotdi 25 apr, 00:06 45
  • Eronda reper Tumoj Solihiy o‘lim jazosiga hukm qilindi 24 apr, 23:35 213
  • Shoyguning o‘rinbosari hibsga olindi. Bu ish haqida hozirgacha nimalar ma’lum? 24 apr, 23:12 227
  • Olimlar 2024 yilda kuchli jaziramadan aziyat chekishi kutiladigan hududlarni aytdi 24 apr, 22:42 291
  • Bo‘limlar