“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 20 2024, 19:27
ЎЗO‘Z

Avgust oyida narxlar necha foizga oshgani ma’lum qilindi

02 sen, 13:07 3 647 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Avgust oyida narxlar necha foizga oshgani ma’lum qilindi 2019 yilning avgustida iste’mol bozoridagi o‘rtacha narxlar darajasining oy davomidagi o‘sish sur’ati 2,9 %ni tashkil etdi.

Davlat statistika qo‘mitasi xabariga ko‘ra, umumiy hisobda 2019 yilning yanvar-avgust oylari davomida iste’mol bozoridagi tovarlar va xizmatlar narxi 8,2 %ga qimmatlashdi.

2018 yilning avgust oyiga nisbatan respublika iste’mol sektoridagi o‘rtacha narxlar darajasi 16,5 %ga oshgan. Taqqoslash uchun: 2018 yilning avgustida tovar va xizmatlar narxlari oy davomida o‘rtacha 0,3 %ga qimmatlashib, 2017 yilning dekabr oyiga nisbatan 6,2 %ga, 2017 yilning avgustiga nisbatan esa 15,7 %ga qimmatlashgan.

2018 va 2019 yillarning yanvar-avgust davrlaridagi oylik narxlar o‘zgarishi deyarli o‘xshash tendensiyaga ega: yanvar oyidan may oyigacha o‘rtacha narxlar darajasining ko‘tarilganligi, keyingi ikki oy davomida esa narxlar arzonlashib, avgust oyida iste’mol narxlari indeksi 100 %lik ko‘rsatkichdan yuqorini tashkil etgan. Biroq, taqqoslanayotgan davrlarning fevral-iyul oylaridagi narxlar o‘zgarishi ko‘rsatkichlari nisbatan bir-biriga yaqin bo‘lib, yanvar va avgust oylaridagi tafovut sezilarli darajani tashkil etgan (2018 va 2019 yillarning yanvar oylarida 2,7 %ga qarshi 1,5 %, 2018 va 2019 yillarning avgust oylaridagi ko‘rsatkichlar 0,3 %ga qarshi 2,9 %ni tashkil etgan).

O‘tgan oyga nisbatan so‘nggi 1 yil 8 oy davomidagi iste’mol narxlari indeksi o‘zgarishi dinamikasi tahlillariga ko‘ra, tovarlar va xizmatlar iste’mol narxlari indeksining o‘sish sur’ati joriy yilning avgust oyida maksimal darajani tashkil etdi (2,9 %). Shuningdek, nisbatan yuqori ko‘rsatkichlar 2018 yilning yanvar, noyabr hamda dekabr oylarida ham qayd etilgan (2,7 %, 2,3 % va 2,1 %).

O‘tgan yilning dekabr oyiga nisbatan 2018 va 2019 yillarning birinchi sakkiz oyi davomidagi iste’mol narxlari indeksi natijalariga asosan, taqqoslanayotgan davrlardagi o‘rtacha narxlar darajasining eng yuqori ko‘rsatkichlari 2018 yilning may oyida (106,6 %), 2019 yilning avgust oyida (108,2 %) qayd etilgan.

Umumiy hisobda 2018 yilning yanvar oyidan 2019 yilning avgust oyiga qadar yillik iste’mol narxlari indeksi ko‘rsatkichlarining minimal darajasi 2019 yilning yanvar oyida (113,0 %), maksimal natija 2018 yilning yanvar oyida (120,1 %) qayd etilgan.

Shu bilan birga, ushbu ko‘rsatkich dinamikasini o‘rganish natijasi shuni ko‘rsatmoqdaki, 2018 yil davomidagi uzoq muddatli pasayish tendensiyasi hamda 2019 yilning yanvar-iyul oylarida narxlar nisbatan barqaror saqlanib, yillik iste’mol narxlari indeksi ko‘tarilish tomon harakatlandi (2019 yilning avgust oyidagi ko‘rsatkich 16,5 %, 2019 yilning iyul oyida 13,5 %).

Yirik guruhlar bo‘yicha narxlar o‘zgarishiga ko‘ra, 2019 yilning avgust oyi natijalariga asosan oy davomida tovarlar narxlari o‘rtacha 2,2 %, jumladan, oziq-ovqat mahsulotlari 2,3 %, nooziq-ovqat mahsulotlari 2,1 %ga ko‘tarildi. Xizmatlar narxlari oy davomida 5,6 %ga qimmatlashdi.Taqqoslash uchun: 2018 yilning avgustida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari oy davomida o‘rtacha 0,3 %, nooziq-ovqat mahsulotlari 0,3 %, xizmatlar esa 0,4 %ga qimmatlashgan

Umumiy hisobda 2019 yilning yanvar-avgust oylari davomida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari 6,9 %, nooziq-ovqat mahsulotlari 7,8 %, xizmatlar 11,5 %ga qimmatlashgan.

Yillik ko‘rinishda (2019 yil avgust oyi 2018 yilning avgust oyiga nisbatan) oziq-ovqat mahsulotlari narxlari 19,7 %, nooziq-ovqat mahsulotlari 11,5 %, xizmatlar 18,6 %ga ko‘tarildi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Tadbirkorlarga qo‘llanadigan moliyaviy jarima kamaytiriladi 19 apr, 17:12 104
  • Dollar kursi yangi marra sari yaqinlashmoqda 18 apr, 18:48 210
  • O‘zbekistonda 1 gramm oltin narxi 1 mln so‘mdan oshdi 17 apr, 19:48 132
  • Dollarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi 16 apr, 18:57 109
  • O‘zbekistonda xususiy mulk va mulkdorlar huquqlari himoyasi kuchaytiriladi 16 apr, 08:14 75
  • Xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi 15 apr, 19:30 215
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekistonda kelasi hafta boshida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 20 apr, 18:40 0
  • Doimiy quloq bitishi va bosh og‘rig‘i nimadan dalolat beradi? 20 apr, 18:13 1
  • Dilshod Rahmatov: «O‘yindan o‘yinga kuchayib boramiz. Maqsadimiz – chempionlik!» 20 apr, 18:00 0
  • Kuvayt U-23 bosh murabbiyi: "Futbolda barcha g‘alaba qozonishni xohlaydi, lekin biz yetarli tajribaga ega emasmiz" 20 apr, 17:45 14
  • Rossiya tanklari dronga qarshi yangi himoya bilan jihozlana boshladi (video) 20 apr, 17:20 35
  • O‘lim uchun ko‘paytirilayotgan 18 milliard hayvonlar haqida 20 apr, 16:51 81
  • Avtobusda yonidagi ayolga tegajog‘lik qilgan 45 yoshli erkak 15 sutkaga qamaldi 20 apr, 16:30 30
  • Erta tongda jang: Bektemir Meliqo‘ziyev raqibidan og‘irroq tosh bosdi 20 apr, 16:08 59
  • “O‘zbekkonsert” xonanda Lola bilan uning kiyinish madaniyati yuzasidan suhbat o‘tkazdi 20 apr, 15:43 90
  • Eron zarbasi katta zarar yetkazmadi, lekin Isroil baribir yutqazdi... 20 apr, 15:15 123
  • Toshkent–Termiz avtomobil yo‘lini ta’mirlash uchun $153 mln kredit olinadi 20 apr, 14:50 58
  • Muxolifatchi Volkovga suiqasd uyushtirishga buyurtma bergan shaxs ushlangani ma’lum qilindi 20 apr, 14:24 100
  • Bo‘limlar