“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 18:03
ЎЗO‘Z

Shavkat Mirziyoyev va Aleksandr Lukashenko telefon orqali muloqot qildi

31 avg, 14:07 2 370 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shavkat Mirziyoyev va Aleksandr Lukashenko telefon orqali muloqot qildi O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 31 avgust kuni Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Suhbat avvalida davlat rahbari Aleksandr Lukashenkoni tug‘ilgan kuni bilan samimiy muborakbod etib, unga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va katta zafarlar tiladi.

Belarus prezidenti, o‘z navbatida, iliq qutlov uchun minnatdorlik bildirib, davlat rahbarini va ko‘p millatli O‘zbekiston xalqini Mustaqillik kuni bilan tabrikladi.

Tomonlar serqirra O‘zbekiston-Belarus munosabatlari bugungi kunda yuqori sur’atlar bilan rivojlanib borayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdilar.

O‘zbekiston Respublikasi prezidentining roppa-rosa bir oy avval Belarus Respublikasiga amalga oshirgan ilk marotaba rasmiy tashrifining samarali natijalari ikki tomonlama hamkorlikni sifat jihatidan yangi darajaga olib chiqishga xizmat qilgani, uni aniq mazmun bilan boyitgani ta’kidlandi.

Davlat rahbarlari erishilgan kelishuvlar, jumladan, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, ilmiy-texnik, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda imzolangan bitimlarni o‘z vaqtida amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar.

Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Prezidentlar O‘zbekiston Respublikasi va Belarus Respublikasi o‘rtasidagi do‘stlik va sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, keng ko‘lamli hamkorlik va ustuvor yo‘nalishlarda kooperatsiyani kengaytirish borasida intilishlari qat’iy ekanini ta’kidladilar.




Mavzuga oid yangiliklar
  • 29 mart kuni O‘zbekiston hududida qanday ob-havo kutilmoqda? 28 mar, 15:53 96
  • O‘zbekistonda necha turdagi qurilish materiallari ishlab chiqariladi? 27 mar, 11:00 57
  • O‘zbekiston bo‘yicha 25-29 mart kunlari ob-havo qanday bo‘ladi? 25 mar, 14:50 235
  • Davlat organlari uchun halollik milliy standarti ishlab chiqiladi 25 mar, 10:50 57
  • Ertaga O‘zbekistonda harorat 30 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda 24 mar, 11:59 75
  • 24 mart kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi 23 mar, 13:19 119
  • So'nggi yangiliklar
  • Rus nashrlari: «Krokus»da terakt uyushtirganlar narkotik ta’sirida bo‘lgan 28 mar, 17:40 29
  • Toshkentda qalbaki dollarni sotishga uringan shaxslar qo‘lga olindi 28 mar, 17:17 10
  • Toshkentning “Bunyodkor” klubiga yangi bosh murabbiy tayinlandi 28 mar, 17:00 79
  • Lezviya bilan badanini kesgan yigit hodisasi bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi 28 mar, 16:44 121
  • Qandli diabet kasalligida ro‘za tutsa bo‘ladimi? 28 mar, 16:20 68
  • 29 mart kuni O‘zbekiston hududida qanday ob-havo kutilmoqda? 28 mar, 15:53 96
  • Jizzaxda ikki rahbar 64 gektar yerni sotayotganda qo‘lga olindi 28 mar, 15:30 53
  • Rossiya NATO bilan jang qilish niyatidami? Putin nima deb javob berdi? 28 mar, 15:07 275
  • Toshkentdan Farg‘ona vodiysiga mikroavtobus qatnovi tashkil etiladi 28 mar, 14:43 45
  • Toshkentda 29 mart kuni «Avtomobilsiz kun» tadbiri o‘tkaziladi 28 mar, 14:24 45
  • AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi 28 mar, 14:00 90
  • Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi? 28 mar, 13:31 426
  • Bo‘limlar