“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2024, 12:01
ЎЗO‘Z

Shavkat Mirziyoyev Tashkent City qurilishi bilan tanishdi (foto)

31 avg, 06:34 4 403 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shavkat Mirziyoyev Tashkent City qurilishi bilan tanishdi (foto) O‘zbekiston Prezidenti Tashkent City loyihasining sifati va sur’atini doimiy kuzatib bormoqda. Har bir detalga, rangga, qulaylik va qiyofa uyg‘unligiga alohida e’tibor qaratilmoqda, deb xabar beradi Prezident matbuot xizmati.

Shavkat Mirziyoyev 30 avgust kuni Tashkent City’ga yana bir bor kelib, kongress-xoll va besh yulduzli mehmonxona, hududdagi obodonlashtirish ishlarini ko‘zdan kechirdi.

Kongress-xoll binosi ikki qavatdan iborat bo‘lib, uning markazida katta va kichik zallarga transformatsiya bo‘ladigan 4 ming o‘rinli xoll mavjud. Bundan tashqari, bir vaqtning o‘zida 8 ta delegatsiyani qabul qilish imkoniyatiga ega qo‘shimcha zallar ham bor.

21 qavatli besh yulduzli mehmonxonaning qurilish ishlari ham jadal sur’atlarda davom etmoqda. Hilton brendi ostida faoliyat yuritadigan bu otelda 258 ta xona bo‘ladi. Bundan tashqari, 3 ta restoran, banketlar zali hamda 6 ta majlislar zali mavjud.

Bugungi kunda kongress-xoll va mehmonxona qad ko‘tarib bo‘lgan. Ichki pardozlash, elektr tarmoqlari tortish, dekorativ panellarni montaj qilish ishlari yakunlanmoqda. Muhandislik kommunikatsiya tarmoqlarini o‘rnatish va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.

«Prezident majmuada amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlarini yuqori baholab, bu ob’ektlar ishga tushganda xizmat turlarini ko‘paytirishga e’tibor qaratish, xalqimizning bu yerga kelib mazmunli dam olishi uchun qulayliklar yaratish yuzasidan ko‘rsatmalar berdi», — deyiladi xabarda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda qalbaki 70 ming dollarning muomalaga kiritilishiga chek qo‘yildi 24 apr, 12:00 1
  • Latviya O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha grant loyihasini boshlaydi 24 apr, 11:11 1
  • Devid Kemeron O‘zbekistonga nima maqsadda kelganini aytdi 24 apr, 10:23 61
  • Mutaxassis Toshkent havosini ifloslantiruvchi asosiy manbalar nima ekanini aytib o‘tdi 23 apr, 21:21 276
  • Bayonot: radar bo‘yicha yangilik noto‘g‘ri talqin qilinmoqda 23 apr, 20:38 158
  • Boysundagi ayanchli YTHda ayollar va bolalar halok bo‘ldi 23 apr, 20:18 245
  • So'nggi yangiliklar
  • Toshkentda qalbaki 70 ming dollarning muomalaga kiritilishiga chek qo‘yildi 24 apr, 12:00 1
  • CNN: AQSHning Ukrainaga yangi harbiy yordami Yevropadagi omborlarda turibdi 24 apr, 11:33 1
  • Latviya O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha grant loyihasini boshlaydi 24 apr, 11:11 1
  • Erdo‘g‘on Isroil bosh vaziri Netanyaxuni Gitlerga qiyosladi 24 apr, 10:46 20
  • Devid Kemeron O‘zbekistonga nima maqsadda kelganini aytdi 24 apr, 10:23 61
  • Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi 24 apr, 10:02 33
  • Osiyo kubogi U23. O‘zbekiston chorakfinalga guruh peshqadami sifatida yo‘l oldi 24 apr, 09:37 55
  • Eshkak eshuvchilar Parij Olimpiadasiga 5 ta litsenziya qo‘lga kiritishdi 24 apr, 09:09 23
  • Rossiya mudofaa vazirining pora olgani aytilayotgan o‘rinbosari aslida kim? 24 apr, 08:40 273
  • Ogohlantirishning yangi rangli shkalasi taqdim etildi 24 apr, 08:13 24
  • Rossiya mudofaa vazirining o‘rinbosari hibsga olindi 24 apr, 07:50 172
  • Organizmda tromb hosil bo‘lganining 10 ta belgisi 24 apr, 07:22 168
  • Bo‘limlar