“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 10:54
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda jazoni ijro etish muassasalari turlarida o‘zgarish yuz berdi

29 avg, 14:50 3 400 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda jazoni ijro etish muassasalari turlarida o‘zgarish yuz berdi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi.

O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksiga quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi:

45-moddaning (Jazoni ijro etish muassasalarining turlari) ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etildi:

«Jazoni ijro etish muassasalari jumlasiga quyidagilar kiradi:
- jazoni ijro etish koloniyalari, shu jumladan davolash huquqi asosidagi koloniyalar;
- tarbiya koloniyalari;
- turmalar;
- mahkumlar uchun ixtisoslashgan kasalxonalar».

Shu vaqtgacha jazoni ijro etish muassasalariga quyidagilar kirgan:
- jazoni ijro etish koloniyalari;
- tarbiya koloniyalari;
- turmalar.

Quyidagi mazmundagi 52-1-modda bilan to‘ldirildi:

«52-1-modda. Mahkumlar uchun ixtisoslashgan kasalxonalar
Mahkumlar uchun ixtisoslashgan kasalxonalar bemor mahkumlarni saqlash va ularga malakali tibbiy yordam ko‘rsatish uchun mo‘ljallangandir»;

54-modda (Mahkumlarni jazoni o‘tash uchun jo‘natish):
quyidagi mazmundagi ikkinchi - to‘rtinchi qismlar bilan to‘ldirildi:

«Ushbu muddat davomida mahkum:
- qarindoshlari yoki boshqa shaxslar bilan bir marta qisqa muddatli uchrashish;
- o‘z shaxsiy mablag‘lari hisobidan to‘lanadigan, o‘n besh daqiqa davom etadigan bir marta telefon orqali so‘zlashish huquqiga ega.

Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar sud hukmi bilan belgilangan rejimning turiga muvofiq jazoni ijro etish muassasalariga jo‘natiladi.

- Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarni jo‘natish ushbu Kodeksning 58-moddasi talablariga rioya etgan holda amalga oshiriladi»;
- ikkinchi qismi beshinchi qism deb hisoblanadi;
- 59-moddaning birinchi qismidagi «Ixtisoslashgan davolash muassasalarida» degan so‘zlar «Davolash huquqi asosidagi koloniyalarda va mahkumlar uchun ixtisoslashgan kasalxonalarda» degan so‘zlar bilan almashtirildi;

60-modda (Mahkumlarni ko‘chirish) quyidagi mazmundagi sakkizinchi qism bilan to‘ldirildi:
«Jazoni o‘tash joyiga borayotgan yoki bir jazoni ijro etish muassasasidan boshqa jazoni ijro etish muassasasiga ko‘chirilayotgan mahkumlarni vaqtincha saqlash uchun jazoni ijro etish muassasalari va tergov hibsxonalari huzurida tranzit-jo‘natish uchastkalari tashkil etilishi mumkin. Mahkumlar tranzit-jo‘natish uchastkalarida rejimining turi sud hukmi bilan belgilangan jazoni ijro etish muassasasida o‘zining jazoni o‘tashiga oid shartlar asosida, ushbu Kodeksning 58-moddasi talablariga rioya etgan holda saqlanadi. Mahkumlarni tranzit-jo‘natish uchastkalarida saqlashning eng ko‘p muddati ko‘pi bilan 20 sutkani tashkil etadi»;

69-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etildi:
«Jismoniy kuch ishlatilishi natijasida mahkumning hayoti va sog‘lig‘iga zarar yetkazilgan har bir holat to‘g‘risida prokurorga darhol xabar beriladi».




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekiston AQSHning “kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”dan chiqarildi 26 apr, 10:49 0
  • Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi 26 apr, 08:33 12
  • Faollar Toshkentda yana ikkita bog‘ investorga berilganidan norozi bo‘lishmoqda 26 apr, 08:03 33
  • Buxoroda 4 dona qadimiy tangani xorijga olib chiqmoqchi bo‘lganlar aniqlandi 26 apr, 07:11 25
  • Toshkentda odam o‘ldirishda gumonlangan shaxsni ushlashda yordamlashgan talaba yigit taqdirlandi 26 apr, 06:20 98
  • O‘zbekistondagi bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumot berildi 25 apr, 20:12 113
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi 26 apr, 09:51 4
  • Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi 26 apr, 08:33 12
  • Faollar Toshkentda yana ikkita bog‘ investorga berilganidan norozi bo‘lishmoqda 26 apr, 08:03 33
  • “Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi 26 apr, 07:35 40
  • Buxoroda 4 dona qadimiy tangani xorijga olib chiqmoqchi bo‘lganlar aniqlandi 26 apr, 07:11 25
  • O‘zbek telekanallarida har shanba «Milliy kino kuni» o‘tkaziladi 26 apr, 06:46 17
  • Toshkentda odam o‘ldirishda gumonlangan shaxsni ushlashda yordamlashgan talaba yigit taqdirlandi 26 apr, 06:20 98
  • O‘zbekiston Saudiya to‘sig‘idan o‘tsa, yarim finalda qaysi terma jamoaga duch keladi? 26 apr, 05:55 235
  • U-23 Osiyo kubogi. Indoneziya Janubiy Koreyani yengib, yarim finalga yo‘l oldi! 26 apr, 05:43 125
  • Rossiyada iqtisodiyotni riovjlantirish uchun migrantlar zarurligi aytildi 26 apr, 00:22 247
  • Markaziy bank raisi oxirgi oylarda dollar kursi nisbatan tezroq oshganiga izoh berdi 26 apr, 00:22 118
  • Olimlar 15 daqiqada sun’iy olmos yetishtirish usulini ixtiro qildi 26 apr, 00:00 41
  • Bo‘limlar